Xakimov Dil`yor Zafarovichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mamlakatda turizm samaradorligini oshirishda etnografik resurslardan foydalanishning strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.Phd/Iqt1858.
Ilmiy rahbar: Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatulla Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Hamdamov Amriddin Hamdam o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizning turizm samaradorligini oshirishda etnografik resurslardan foydalanishning strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy uslubiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra «etnoturizm» tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahalliy aholining turmush tarzi, madaniy an’analari, milliy hunarmandchiligi va urf-odatlari kabi etnografik resurslarni sayyohlik mahsuloti sifatida iqtisodiy aylanmaga jalb qilish orqali iqtisodiy foyda olish jarayonida aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, milliy mahsulot va xizmatlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini kuchaytirish jihatidan takomillashtirilgan.
O‘zbekistonda an’anaviy hayot tarzi saqlangan qishloqlarda etno-uylar tashkil etish va sayyohlarga milliy urf-odatlar bilan bevosita tanishish imkonini yaratishdan (1-bosqich) mahalliy hunarmandchilik, milliy oshxona va madaniy tadbirlarni qamrab oluvchi «etno-ovullar» tashkil etish (2-bosqich) hamda maxsus dasturlar orqali etno-qishloq turizmini rivojlantirishga (3-bosqich) o‘tishning ko‘p bosqichli strategiyasini takomillashtirilgan.
Qoraqalpog‘istonda etno-turizmni rivojlantirish uchun bir qator o‘zaro tarmoqlar va hududlararo masalalarni hal qilishda yoshlar va sayyohlar uchun mahalliy aholi ishtirokida an’anaviy madaniyat, til va san’at bo‘yicha ta’lim beruvchi markazlar yaratish orqali madaniy muloqot va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash taklifi asoslangan.
O‘zbekistonda etnografik turizm resurslaridan samarali foydalanishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida turizm faoliyatining 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning turizm samaradorligini oshirishda etnografik resurslardan foydalanishning strategik yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «etnoturizm» tushunchasining iqtisodiy mazmunini mahalliy aholining turmush tarzi, madaniy an’analari, milliy hunarmandchiligi va urf-odatlari kabi etnografik resurslarni sayyohlik mahsuloti sifatida iqtisodiy aylanmaga jalb qilish orqali iqtisodiy foyda olish jarayoni aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, milliy mahsulot va xizmatlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini kuchaytirish jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari uchun tavsiya etilgan «Jahon ziyorat turizm ob’ektlari» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-yil 29-fevraldagi 45-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida magistratura mutaxassisligi talabalarida etnoturizm tushunchasining mohiyati boshqa turizm turlari farqlari jihatidan turistlarning ehtiyojlari va maqsadlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda an’anaviy hayot tarzi saqlangan qishloqlarda etno-uylar tashkil etish va sayyohlarga milliy urf-odatlar bilan bevosita tanishish imkonini yaratishdan (1-bosqich) mahalliy hunarmandchilik, milliy oshxona va madaniy tadbirlarni qamrab oluvchi «etno-ovullar» tashkil etish (2-bosqich) hamda maxsus dasturlar orqali etno-qishloq turizmini rivojlantirishga (3-bosqich) o‘tishning ko‘p bosqichli strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil, 18 apreldagi 03-10-17-3365-son Ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqorida qayd etilgan Farmon ilovasidagi «Etnoqishloq» maqomini berish va mazkur qishloqlarni Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga kiritishda mezonlarni ishlab chiqish, huquqiy bazani ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
Qoraqalpog‘istonda etno-turizmni rivojlantirish uchun bir qator o‘zaro tarmoqlar va hududlararo masalalarni hal qilishda yoshlar va sayyohlar uchun mahalliy aholi ishtirokida an’anaviy madaniyat, til va san’at bo‘yicha ta’lim beruvchi markazlar yaratish orqali madaniy muloqot va madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentyabrdagi «Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 588-son qaroriga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil, 18 apreldagi 03-10-17-3365-son Ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, bilan birgalikda yangilangan 2025-2027-yillarda Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda etnografik turizm resurslaridan samarali foydalanishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida turizm faoliyatining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil, 18 apreldagi 03-10-17-3365-son Ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda etnografik turizm resurslaridan samarali foydalanish asosiy parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish