Mamataliev Nozim Nimadjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Montmorillonitsimon tabiiy va sintetik qatlamli materiallarning interkalyasiyasi: tuzilishi va xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik» 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/K217.
Ilmiy maslahatchi: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sintetik montmorillonitsimon qatlamli materiallarni yaratish hamda Cr va Cr+Al polioksokationlarining tabiiy va sintetik montmorillonit tuzilmasiga interkalyasiyasi orqali hosil bo‘lgan materiallarning tuzilmasi va xossalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zol`-gel` usulida atmosfera sharoitida (L1) va avtoklav sharoitida (L2) rN = 8,5–9,0 oralig‘ida laponit sintez qilinganda unum muvofiq ravishda 81,2 va 88,5 % ni tashkil etishi, rN ≤ 7 va rN > 9,5 sharoitida esa komponentlarning qatlamli faza tuzilmasiga to‘liq interkalyasiyalanmasligi sababli unum kamayishi aniqlangan;
avtoklav sharoitida zol`-gel` usulida rN = 8,5 da sintez qilingan laponit (L2) eng rivojlangan mezog‘ovakli tuzilishga ega bo‘lib, uning solishtirma yuzasi 121,2 m²/g, umumiy g‘ovak hajmi 0,2532 sm³/g va o‘rtacha gidravlik radiusi 5,47 nm ni tashkil etishi, bu esa tuzilmaning gomogenlik darajasi va teksturasining yuqori rivojlanganligi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Cr³⁺ va Cr³⁺/Al³⁺ polioksokationlari interkalyasiyasi natijasida montmorillonitning nol` zaryad nuqtasi rN ≈ 10,0 dan rN ≈ 4,3–4,4 gacha siljishi, bu jarayon gidratlangan Na⁺ kationlarining qatlamlararo tuzilmadagi manfiy zaryad zichligini kamaytiruvchi va koordinatsion to‘yinganlikni oshiruvchi poliyadroviy komplekslarga almashinishi orqali sirt kislotaligining kamayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
L2 namunasiga Cr³⁺ va Cr³⁺/Al³⁺ polioksokationlar interkalyasiyasi 150–400 °C harorat oralig‘ida massa yo‘qotilishining ortishi, termokimyoviy ta’sirlarning kuchayishi hamda yanada g‘ovakli, dispers tuzilmaning shakllanishiga olib kelishi qatlamli matrisada gidrofil tabiatli poliyadroviy komplekslarning birxil taqsimlanishi orqali qatlamlararo masofalarni barqarorlashtiruvchi ta’siri bilan asoslangan;
interkalirlangan montmorillonit (MM) va L2 namunasida metilen ko‘ki va Kongo qizili bo‘yoq moddalarining adsorbsiyasi kimyoviy sorbsiya mexanizmi bo‘yicha borishi va jarayonning psevdoikkinchi tartib modeliga (R² > 99,5 %) muvofiqligi, bunda maksimal adsorbsiya tezligi (k₂ = 47,11 g/mg·min) Cr+Al-L2 namunasida qayd kuzatilib, bu uning faol koordinatsiya markazlarini shakllantirishdagi samaradorligi va sorbsion o‘zaro ta’sirni tezlashtirish qobiliyatiga bog‘liqligi bilan isbotlangan;
tabiiy alyumosilikatlarda kation tabiatli bo‘yoq moddasining sorbsiya jarayoni Lengmyur modeliga muvofiq kelishi, interkalirlangan shakllarda va anion tabiatli bo‘yoq uchun esa Freyndlix modeli afzal ekanligi, bu holat Cr³⁺ va Cr³⁺/Al³⁺ polioksokationlari interkalyasiyasi natijasida koordinatsion faol markazlarga ega geterogen yuza shakllanishi bilan asoslangan;
bo‘yoq moddalarni nurlatish asosida parchalanishning maksimal fotokatalitik faolligi UF + H₂O₂ + Cr-L2 tizimida, ayniqsa yorqin qizil va alizarin qizil bo‘yoqlari uchun kuzatilib, bu interkalirlangan Cr³⁺ nanofazalarning yuqori konsentratsiyasi va •OH-radikallarning samarali generatsiyasi bilan bog‘liqligiga, shu bilan birga, Cr+Al-L2 namunasining alizarin sarig‘ini parchalashga ustunligigi sirt manfiy zichligining pasayishi orqali adsorbsiyaning yaxshilanishi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy va sun’iy montmorillonit asosida interkalirlangan materiallar hamda laponit olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
interkalirlangan montmorillonitda organik moddalar adsorbsiyasiga oid ma’lumot va xulosalar Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) mutaxasisligi magistrlariga mo‘ljallangan «Sirt yuzasi hodisalari va adsorbsiya» darsligi mazmunida o‘z aksini topgan (Guvohnoma, №491160). Natijada, oliy ta’lim muassasalari magistrlarning adsorbentlarda eritmadan adsorbsiya mexanizmlari sohasida bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan;
Cr ionlari bilan modifikatsiya qilingan laponit asosidagi sorbentlarni olish usuli «Uzwoolentex» MChJ QKda  amaliyotga joriy etilgan («Uzwoolentex» MChJ QKning 2025 yil 2 apreldagi 20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnibosar analoglar bilan solishtirilganda, Cr-modifikatsiyalangan laponitlar suvdagi bo‘yoq moddalar miqdorini 5 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
sanoat oqova suvlarini, jumladan, bo‘yoq moddalar va boshqa organik ifloslantiruvchilarni kompleks tozalash texnologiyasi «Uzwoolentex» MChJ QKning “2026–2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Uzwoolentex» MChJ QKning 2025 yil 2 apreldagi 20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, vodorod peroksidi va interkalirlangan laponitni o‘z ichiga olgan katalitik tizim asosida ishlab chiqilgan ushbu texnologiya 20–150 daqiqa ichida organik ifloslantiruvchilarning 98 % gacha zararsizlantirish imkonini beradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish