Narziev Mirzo Sayidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moylari misellasini o‘tkir suv bug‘i bilan haydashda gidrodinamik, issiqlik va modda almashinish jarayonlarini takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T702.
Ilmiy maslahatchi: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor; Hamdamov Anvar Maxmudovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moylari misellasini o‘tkir suv bug‘i bilan haydashda gidrodinamik, issiqlik va modda almashinish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir suv bug‘i energiyasidan foydalanib misella umumiy oqimini tomchilarga purkashda taklif etilayotgan purkagichning konstruksion modelida “suyuqlik-o‘simlik moyi misellasi”va o‘tkir suv bug‘ini gaz fazasi oqimi harakati yo‘nalishida kiritilishidagi gidrodinamik hodisalari va jarayonlarini matematik modellari yaratilgan;
o‘tkir suv bug‘i energiyasi orqali misella umumiy oqimini tomchi shakliga aylantirib purkash jarayonida suv bug‘i oqimining tezligi 100 m/s va misella umumiy oqimining tezligi 0,9 m/sga teng maqbul parametrlari ishlab chiqilgan va buning natijasida o‘simlik moyi misellasini samarali purkashdagi ratsional gidrodinamik ko‘rsatgichlari: tomchi radiusi 24 mkm, tomchi oqishi tezligi 60 m/s, tomchilar oqimi kengayishi 250 mm ga tengligi ilmiy isbotlangan;
o‘tkir suv bug‘i energiyasidan foydalanib o‘simlik moyi misellasini tomchilarga purkash uchun yangi uskunananing konstruksion modeli yaratilgan;
o‘simlik moyi misellasini barbotajlashda barbotyordagi o‘tkir suv bug‘i chiqishida shakllanadigan pufakchalarni gidrodinamik parametrlari o‘tkir suv bug‘i tezligi 30 m/s dan boshlab, o‘tkir suv bug‘i fakelini kengayishi 40 mm, o‘tkir suv bug‘i chiqish teshiklarini kesik konus ko‘rinishida kichik diametrini 2 mm, katta diametrini 3 mm va barbotyor ustidagi misella qatlami balandligini 300-350 mm ligi bo‘lishi isbotlangan;
o‘simlik moyi misellasini o‘tkir suv bug‘i bilan purkashdan hosil bo‘lgan tomchilarda va o‘simlik moyi misella qatlamini o‘tkir suv bug‘i bilan barbotajlashda hosil bo‘lgan pufakchalarda sodir bo‘ladigan issiqlik va modda almashinuvi jarayonlarining matematik modellari va ular asosida kompyuter modellari ishlab chiqilgan, hamda bu model orqali jarayon harorati 90-120ºC, bosimi 100-20 kPa intervalida, fazalar sarflarini har xil qiymatlarida misellani haydashdagi engil uchuvchan komponent yakuniy konsentratsiyasi suyuq fazada 0,1 dan 0,0001% gacha kamayishi, gaz fazasida esa 0 dan 0,1 % gacha ortishi ilmiy asoslangan;
o‘simlik moylari misellasini o‘tkir suv bug‘i bilan haydash uchun gidrodinamik, issiqlik va modda almashinish jarayonlari takomillashtirilgan “purkash-barbotaj” tizimida ishlaydigan qurilmaning yangi konstruksiyali modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tkir suv bug‘i bilan o‘simlik moyi misellasini haydashdagi gidrodinamik, issiqlik va massa uzatish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simlik moyi misellasini ko‘p bosqichli purkash yakuniy distillash qurilmasi “Eurosnar” MChJ zavodida joriy etilgan (O‘zyog‘moysanoat uyushmasining 2024 yil 25 apreldagi KC/3-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan qora moy (O‘zDSt 816.2015) standart talablariga javob berishi hamda yakuniy distillash apparatining taklif etilayotgan loyihasining mavjud apparatlardan ba’zi afzalliklari ham aniqlangan, ya’ni konstruksiyasini oddiyligi, energiyani tejash va o‘tkir suv bug‘i sarfini 2 barobarga qisqarishiga erishilgsh imkonini bergan;
o‘simlik moyi misellasini yakuniy distillyasiyalash qurilmasi “Eurosnar” MChJ zavodida joriy etilgan (O‘zyog‘moysanoat uyushmasining 2024 yil 25 apreldagi KC/3-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, otkir suv bugi energiyasidan foydalangan holda osimlik moyining umumiy oqimini purkash uskunasidan foydalanish imkonini bergan;
o‘tkir suv bug‘lari energiyasidan foydalangan holda o‘simlik moyi misellasining umumiy oqimini purkash natijasida hosil bo‘lgan tomchilarda va barbotaj qatlamida pufakchalarda sodir bo‘ladigan issiqlik va massa almashinuvi boradigan yakuniy distillyatorning yangi konstruksiyasi “Eurosnar” MChJ zavodida joriy etilgan (O‘zyog‘moysanoat uyushmasining 2024 yil 25 apreldagi KC/3-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmaning soddalashtirilgan konstruksiyasi yaratilgan.