Majidova Guzal Dadajonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ferula moschata o‘simligi ekstraktining qiyosiy kimyoviy tarkibi va uning jismoniy ish faoliyatga ta’sirini o‘rganish (eksperimental izlanish)», 03.00.17 – Sport fiziologiyasi, farmakologiyasi va genetikasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/V897.
Ilmiy rahbar: Soliev A’zamjon Bahodirovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi huzuridagi PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaeva Feruza Muradovna, biologiya fanlari doktori, professor; Sharipov Avez Tuyg‘unovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buhoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ferula moschata dorivor o‘simligi ekstraktining jismoniy yuklamalarga moslashish jarayoniga ta’sirini tadqiq etish hamda uning asosida sportchilarning jismoniy ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan mahalliy fitoterapevtik vositalar yaratish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ferula moschata ekstraktining in vivo sharoitida tajriba hayvonlari (sichqonlar va kalamushlar) jismoniy faolligiga ta’siri aniqlanib, u hayvonlarda jismoniy chidamlilik va motor faollik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir qilishi hamda ularning jismoniy ish qobiliyatini oshirishi aniqlangan;
ilk bor Ferula moschata o‘simligining ildizpoya qismidan tayyorlangan ekstrakt tarkibini mass-spektrometrik xromatografiya kabi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlanib, o‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalar (flavonoidlar, saponinlar, uglevodlar, aminokislotalar, organik kislotalar va terpenlar) xalqaro NIST ma’lumotlar bazasi orqali isbotlangan;
Ferula moschata ekstraktining ayrim farmako-toksikologik xususiyatlari tajriba hayvonlarida baholanishi natijasida, u xavfsiz dozada toksik ta’sir ko‘rsatmasligi hamda fiziologik normalar doirasida qolishi aniqlangan;
jismoniy yuklamalar sharoitida Ferula moschata o‘simligi ekstraktining kalamushlar motor-muvozanat faolligi, fe’l-atvor reaksiyasi hamda stressga nisbatan reaktivlik darajasiga tiklovchi ta’siri hamda kognitiv va neyrofiziologik holatlarda ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlar keltirib chiqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ferula moschata o‘simligi ekstraktining qiyosiy kimyoviy tarkibi va uning jismoniy ish faoliyatga ta’sirini aniqlash (eksperimental izlanish) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ferula moschata ekstraktining in vivo sharoitida tajriba hayvonlari jismoniy faolligiga ijobiy ta’siri, ulardagi jismoniy chidamlilik va motor faollik ko‘rsatkichlarining ortishini aks ettirgan «Ferulla moschata dorivor o‘simligini jismoniy faollikni oshirishda qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutining “Farmakologiya va toksikologiya laboratoriyasi”ning amaliyotiga joriy etilgan (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi huzuridagi Ilmiy kengashning 2024 yil 16 apreldagi 10/74-son xulosasi). Natijada, laboratoriya sharoitida hayvonlarda in vivo jismoniy faollikni oshiruvchi yangi fitopreparatlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkonini yaratgan;
Ferula moschata ekstraktining ayrim farmako-toksikologik xususiyatlarini eksperimental modelda baholash, uning xavfsizlik profili, tahlil qilingan dozalarda toksik ta’sir ko‘rsatmasligi va fiziologik normalar doirasida qolishligi, tajriba hayvonlarida motor-muvozanat, fe’l-atvor va stressga bo‘lgan reaktivlik darajalariga ta’sirini baholash orqali ekstrakt qo‘llangan guruhlarda kognitiv va nevrofiziologik holatlarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etilganligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasining 02.08.2024 yildagi 5-sonli buyrug‘i asosida “Biotibbiy texnologiyalar markazi” laboratoriyasi amaliyotiga joriy etilgan (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi huzuridagi Ilmiy kengashning 2024 yil 16 apreldagi 10/74-son xulosasi). Natijada, laboratoriya sharoitida hayvonlarda farmako-toksikologik xususiyatlarini eksperimental modelda baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish