Ametova Nargiza Idirisovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nukus shahri qushlari faunasi, ekologiyasi va ahamiyati”, 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B727.
Ilmiy rahbar: Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Xolboev Faxriddin Raxmonkulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Koshanov Dauletbay Erejepovich, biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nukus shahri qushlar faunasi va ekologiyasini zamonaviy holatini asoslash, ularni yashash muhitiga moslashish yo‘llarini aniqlash hamda kamyob turlarini muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Nukus shahrida qushlarning 18 turkum va 46 oilaga mansub 198 turdan tarkib topgan zamonaviy tur xilma-xilligi aniqlangan;
shahar statsiyalaridagi qushlarning xarakterli turlarining soni va ularning mavsumiy o‘zgarishlari aniqlangan; 
Nukus shahri hududida tarqalgan qushlarning xarakterli 8 ta turining biologik va ekologik xususiyatlari ochib berilgan; 
qushlarning shahar muhiti sharoitlariga ekologik moslashuv mexanizmlari aniqlangan;
qushlarni jalb qilish, sonini boshqarish va kamyob turlarini muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashash muhitining o‘zgaruvchan sharoitida Nukus shahri qushlari faunasi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
noyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan qushlarning bosh sonini aniqlash, ularni salbiy ekologik, ayniqsa antropogen omillardan muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalar, dissertatsiya ilmiy natijalari Nukus shahri va Nukus tumani bioxilma-xillikni muhofaza qilish amaliyotiga 2023 yildan boshlab joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 19 martdagi 01/18-2-872-son ma’lumotnomasi). Natijada 2023 yilda Nukus shahri hududida uchraydigan noyob qushlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan pushti va jingalak saqoqush, kichik qoravoy, qoravoy, oqqush, oqbosh o‘rdak, oq dumli suvburguti va boshqa qushlarning bosh sonini aniqlash va ularni yo‘qolib ketish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
shahar qushlarining hatti-harakatlarini boshqarish orqali ularning biozararlanishlardagi ishtirokini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalar 2023 yil boshidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining Nukus shahar va Nukus tuman bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 25 martdagi 33/01-05-251-son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar qushlarining populyasiyasini boshqarish va ular tomonidan keltiriladigan biozararlanishlarning oldini olish imkonini bergan;
Nukus shahri atrofida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan dalalarda va bog‘larda yashaydigan qushlarning bosh sonini aniqlash va ularni jalb qilish bo‘yicha dissertatsiya ilmiy natijalari, ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalar Nukus shahri va Nukus tumani qishloq xo‘jaligi amaliyotiga 2023 yildan boshlab joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 apreldagi 01/026-1414-son ma’lumotnomasi). Natijada 2023 yilda zararkunanda hasharotlarni yo‘q qiluvchi qushlarning, shu jumladan, sassiq popishak, oqqanotli qizilishton, buxoro chittagi, zag‘izg‘on, dala chumchug‘i va boshqa qushlarning bosh soni aniqlangan va ularning soni ma’lum darajada ko‘paygan hamda bog‘ va poliz ekinlari ekilgan dalalarning ekologik holatining yaqshilanishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish