Matrizaeva Gul`nara Djumaniyazovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi mintaqasida yashaydigan ayollarda homiladorlikning birinchi uch oyligida odatiy homilani ko‘tara olmaslikning immunogistokimyoviy jihatlari», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib827.
Ilmiy maslahatchi: Ixtiyarova Gul`chexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xudayarova Dildora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi odatiy homila ko‘tara olmaslik shakllanishining ayrim patogenetik mexanizmlarini o‘rganish va shu asosida ushbu patologiya uchrash chastotasini kamaytirishga yo‘naltirilgan chora tadbirlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homila ko‘tara olmasligi bor ayollarda gormonal, immunologik va patomorfologik tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan kompleks diagnostika, shuningdek, immunogistokimyoviy tahlil orqali desidual qobiqda V-limfotsitar antigen (CD20), progesteron, HGG, estradiol reseptorlari, hujayralararo adgeziya molekulasi (CD34) va proliferativ faollik markeri (Ki-67) darajalarini aniqlashning implantatsiya jarayonidagi roli isbotlangan;
qonda gormonlar darajasi va immunogistokimyoviy markerlar o‘rtasidagi korrelyasiyani baholash orqali endometriy reseptivligining buzilishi homila ko‘tara olmaslikda yuqori prognoz qiymatiga ega ekanligi asoslangan;
Orolbo‘yi hududida odam xorion gonadotropiniga qarshi antitanachalarni aniqlash bilan immunologik qon tahlillari o‘tkazilgan va homiladorlik kechishida HGG, TPO, fosfolipidga qarshi antitanachalar mavjudligi, qonda lupus antikoagulyanti darajasining oshishi va IFR-1, VEGF, interleykin-18 ko‘rsatkichlari pasayishining salbiy roli aniqlangan;
odatiy homila ko‘tara olmaslikni davolashda endometriy reseptorlarining jinsiy steroidlarga sezuvchanligini oshiruvchi vaginal ozonoterapiya va bachadon ichiga plazmolifting usuli ishlab chiqilgan;
aniqlangan buzilishlarni hisobga olgan holda kompleks pregravidar tayyorgarlik homiladorlik natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va klinik samaradorligi isbotlangan, hamda odatdagi homila ko‘tara olmasligi bor ayollarni pregravidar tayyorgarlik bosqichida va homiladorlikning birinchi uch oyligida yuritish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homila ko‘tara olmaslikda desidual to‘qimaning immunogistokimyoviy xususiyatlarini tavsiflash, shuningdek, immunologik jarayonlar, qon tomir va gormonal buzilishlarning kasallik shakllanishidagi o‘zaro bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbig‘i haqida SSV Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/24-sonli yig‘ilish bayonnomasi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: homila ko‘tara olmasligi bor ayollarda gormonal, immunologik va patomorfologik tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan kompleks diagnostika, shuningdek, immunogistokimyoviy tahlil orqali desidual qobiqda V-limfotsitar antigen (CD20), progesteron, HGG, estradiol reseptorlari, hujayralararo adgeziya molekulasi (CD34) va proliferativ faollik markeri (Ki-67) darajalarini aniqlashning implantatsiya jarayonidagi roli isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotning klinik ilmiy natijalari va ishlab chiqilgan yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan tavsiyalar asosida homila ko‘tara olmaslik sabablari aniqlanib, ko‘pgina kerak emas tekshiruv va davolanishlardan bemorlarni xalos qiladi, bu o‘z navbatida iqtisodiy xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan tekshiruv rejasi tufayli homila ko‘tara olmaslikni prognozlash va diagnostika usullarini takomillashtirish yo‘li orqali 1 nafar bemor uchun 120000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: endometriyning immunogistokimyoviy tahlilini o‘rganish diagnostika samaradorligini oshirish va odatiy homila ko‘tara olmasligi bor ayollarni davolash usullarini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qonda gormonlar darajasi va immunogistokimyoviy markerlar o‘rtasidagi korrelyasiyani baholash orqali endometriy reseptivligining buzilishi homila ko‘tara olmaslikda yuqori prognoz qiymatiga ega ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: amaliyotga tatbiq etilgan natijalar homila ko‘tara olmaslikni davolash va tashhislash sifatini yaxshilash, asoratlarning kamayishiga, hamda oila buzilishlarining sonini qisqartirishga va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlik vaqtida qondagi gormonlar miqdorini aniqlab, kerakli muolajalarni vaqtida ko‘rsatish orqali ayollarning homilani saqlab qolish, yoki tibbiy abortdan keyin kasalxonaga yotish kunining qisqarishi hisobiga bir kasal uchun bir kunlik byudjet pullari 180000 so‘mga (shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodimning bu kasalga sarflagan vaqti va ishlatilgan dorilar miqdoriga ko‘ra hisoblangan) iqtisod qilinadi. Xulosa: homila ko‘tara olmasligi bor ayollarda qonda gormonlar darajasi va immunogistokimyoviy markerlar o‘rtasidagi korrelyasiyani o‘rganish homiladorlik yuzaga kelgan ayollarda qondagi gormonlar miqdoridagi o‘zgarishlarni aniqlab, ularga kerakli muolajalarni vaqtida qilish orqali ayollarda homiladorlikni saqlab qolishga olib keladi.
uchinchi ilmiy yangilik: Orolbo‘yi hududida odam xorion gonadotropiniga qarshi antitanachalarni aniqlash bilan immunologik qon tahlillari o‘tkazilgan va homiladorlik kechishida HGG, TPO, fosfolipidga qarshi antitanachalar mavjudligi, qonda lupus antikoagulyanti darajasining oshishi va IFR-1, VEGF, interleykin-18 ko‘rsatkichlari pasayishining salbiy roli aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: farzandsizlik tufayli oilalarning buzilishini oldini olishga, aniq davo choralarini qo‘llashga ko‘maklashishga va reproduktiv yoshdagi ayollarning hayot sifatini yaxshilashga ko‘maklashgan. Iqtisodiy samaradorligi: immun holatning homila ko‘tara olmaslik patogenezidagi ahamiyatini bilish va standart davoga immunosupressorlarni qo‘shish natijasida 1 nafar bemor uchun bir kunlik davolanishida byudjetdan tashqari xarajatlar 50000 so‘mga kamaydi. Xulosa: autoimmun jarayonlarni erta aniqlash homiladorlikda implantatsiya va angiogenez jarayonlarini buzilishini oldini oladi va kelajakda kuzatilishi mumkin bo‘lgan akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: odatiy homila ko‘tara olmaslikni davolashda endometriy reseptorlarining jinsiy steroidlarga sezuvchanligini oshiruvchi vaginal ozonoterapiya va bachadon ichiga plazmolifting usuli tavsiya etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: homila ko‘tara olmaslikda qin va bachadonga qilingan muolajalar tez homilador bo‘lishga va homilani ko‘tara olish qobiliyatini kuchaytirgani sababli, ko‘pgina ayollarni ruhiy holatiga ijobiy ta’sir qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan davolash rejasi tufayli homila ko‘tara olmasligi bor ayollarda 1 nafar bemor uchun byudjetdan tashqari 75000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: vaginal ozonoterapiya va bachadon ichiga plazmolifting usuli endometriydagi yallig‘lanishni kamaytirib, infeksiyaga kurashuvchanlikni oshirishiga, angiogenezni kuchaytirishi hisobiga endometriy proliferatsiyasini yaxshilashishiga va steroid reseptorlarning sezuvchanligini oshirishga olib keladi.
beshinchi ilmiy yangilik: aniqlangan buzilishlarni hisobga olgan holda kompleks pregravidar tayyorgarlik homiladorlik natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va klinik samaradorligi isbotlangan, hamda odatdagi homila ko‘tara olmasligi bor ayollarni pregravidar tayyorgarlik bosqichida va homiladorlikning birinchi uch oyligida yuritish algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etilgach, quyidagi ijobiy natijalarga erishildi: homila ko‘tara olmasligi bor ayollarda diagnostika va davolash sifati yaxshilandi; kasallik asoratlari va oilaviy nizolar soni kamaydi; davolash xarajatlari qisqardi va bemorlarning hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: odatiy homila ko‘tara olmasligi bor bitta ayolni davolash uchun ishlab chiqilgan diagnostika va bir kunlik davolash tavsiyalarini joriy etish bo‘yicha davlat byudjeti va byudjetdan tashqari moliyaviy xarajatlar hisoblandi: 2 mln. 355 ming so‘m. CMA = TXN(tibbiy xizmatlar narxi) joriy etilgunga qadar – TXN joriy etilgandan keyin = 2780000 – 2355000 = 425000. Xulosa: tadqiqot natijasida har bir guruh uchun homila ko‘tara olmaslikning informativ markerlari ishlab chiqildi. Bu natijalar sog‘liqni saqlash tizimida profilaktika tadbirlarini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.