Abdikarimov Kanat Alimjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediasavodxonlik dezinformatsiyaga qarshi kurash vositasi sifatida”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2681.
Ilmiy rahbar: Muratova Nazima, filologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: K.Ismailova, filologiya fanlari doktori, Djumanova Sanobar, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi turli tadqiqotchilarning dezinformatsiyaga qarshi kurash kontekstida O‘zbekiston aholisining mediasavodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalarini umumlashtirishdan iborat. O‘z navbatida, mediasavodxonlik darajasini oshirishning asosiy mexanizmi foydalanuvchilarning turli media manbalaridan, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan media xabarlar va axborotlarni tahlil qilish va tekshirish imkoniyatidir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
"mediasavodxonlik," "dezinformatsiya," "media," "axborot," "savodxonlik," "dipfeyk" tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlashda xorijiy va milliy tadqiqotchilarning nazariy va amaliy yondashuvlari hamda mediasavodxonlik dezinformatsiyaga qarshi kurash vositasi sifatida qo‘llash imkoniyatlari tavsiflangan va tahlil qilingan
O‘zbekistonda mediasavodxonlik bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda mediasavodxonlikni o‘rganishda pedagogik va lingvistik yondashuvlar ustuvor ekanligi isbotlandi. Asosan mediasavodxonlikning jurnalistika tarkibiy qismi pedagogika sohasidagi ilmiy fan orqali o‘rganiladi;
mediasavodxonlik ko‘p qirrali fan bo‘lib, uni targ‘ib qilishda jurnalistikada va boshqa yo‘nalishlardagi olimlar tomonidan kompleks yondashuv dolzarbligi aniqlandi. Tadqiqotlarning samaradorligini oshirish va O‘zbekistonda mediasavodxonlikni amaliyotga joriy etish uchun ushbu mavzuni tadbiq etishda fanlararo yondashuvni ko‘rib chiqilgan;
sifatli va ishonchli axborotdan foydalanish aholining mediasavodxonligini shakllantirishning asosiy elementi ekanligi aniqlandi. Axborotdan foydalanish bilan bog‘liq muammolar mediasavodxonlik darajasiga va aholining media resurslari bilan samarali muloqot qilish qobiliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy media muhit sharoitida O‘zbekiston aholisining mediasavodxonligini oshirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi.
Dissertatsiyaning nazariy qoidalarini amaliyotda hisobga olgan holda O‘zbekiston jamoatchiligi uchun mediasavodxonligi bo‘yicha videoroliklar yaratildi. Ommabop ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida aholining onlayn xavfsizligini ta’minlash doirasida muallif tomonidan tegishli davlat tashkilotlari bilan birgalikda fuqarolarni turli ijtimoiy media platformalaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, 2023 yil noyabridan 2023 yil dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining rasmiy Telegram kanalida 10 dan ortiq ijtimoiy videoroliklar tayyorlandi va chop etildi. 5 ta nashr etilgan videolarning umumiy ko‘ruv soni 1 milliondan oshdi. Xususan, quyidagi mavzularda videolar tayyorlandi:
«Telegramda samarali blog yuritish uchun 5 layfxak»; «Instagram-da verifikatsiya belgisini olish uchun nima qilish kerak?»; «Layfxak: facebookda qanday qilib maqsadli reklama qilish mumkin»; «Facebook qanday holatlarda verifikatsiya (tasdiq) belgisini bermaydi?»; «Ikki faktorli autentifikatsiya nima va undan qanday foydalanish kerak?»; «Ijtimoiy tarmoqlardagi jamoa standartlari qanday»; «Internet xavfsizligi: bu nima va internetda qanday qilib xavfsiz bo‘lish kerak?»; «Kiberbulling nima va unga qanday qurish keladi»; «Mediasavodxonlik nima va u nega kerak?»; «Fishing va skamming: qanday qilib firibgarlarga aldanib qolmaslik mumkin»; «Faktlarni tekshirish va yolg‘on ma’lumotlarga qarshi ishlash»; «Telegramda haqoratomuz gaplar haqida qanday shikoyat qilish mumkin»; «Facebookda shikoyatni qanday jo‘natsa bo‘ladi»; «Noqonuniy ma’lumotlarni internetda qayta joylashtirish xavfi».
Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosidagi “Mediasavodxonlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari va O‘zbekistonda 2022-2024 yillarda onlayn-xavfsizlikni ta’minlash rejasi” 1-son bayonnomasini amaliyotga joriy etish yuzasidan ishlar olib borildi (2023 yil 15- noyabrdagi 05/3-5925-son joriy qilish akti) Mediasavodxonlik bo‘yicha AOKAning hududiy boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi vazirilk va idoralari matbuot kotiblari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Jumladan, matbuot kotiblarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati va idoralarning ommabop ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini verifikatsiyalash bo‘yicha kasbiy jihatlari qamrab olindi. Shuningdek, mediasavodxonlikni oshirish, fuqarolarning onlayn xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan infografik materiallar va videoroliklar tayyorlanib, matbuot kotiblari va jamoatchilik o‘rtasida keng tarqatildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisining mediasavodxonligini yana-da oshirish bo‘yicha asosiy xulosa va tavsiyalar tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari agentligiga (2023 yil 22 dekabrdagi 4-13-21-3900-son akti), AOKA tizimidagi A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga (2023 yil 29 noyabrdagi 01-02/1512-son akt), O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazi DUKga (2024 yil 23 maydagi 16/K5-5894-sonli akt) taqdim etildi.