Karimova Nilufar Boltaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Ped8534.
Ilmiy rahbar: Sharifzoda Sardorbek tabib o‘g‘li, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Rasmiy opponentlar: Panjiev Qurbonniyoz Berdievich, pedagogika fanlar doktori, professor; Azizova Qizlarxon Mashrabovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari sinergetik ta’sirga ega bo‘lgan raqamli pedagogik jarayonning moslashuvchanlik tamoyilini elektron ta’lim muhitini intensiv yaratish funksiyasi mazmuniga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonlarini qiyosiy tahlil qilishda manbalar bilan ishlash natijadorligini oshirishga qaratilgan real holatlarga mos keyslar tuzish, interaktiv metodlar va padkaslar mazmuniga ko‘ra axborot almashish hamda ma’lumotlarni tanqidiy baholash, hamkorlikda qayta ishlash, mashg‘ulot ssenariylariga mos maqsadli pedagogik infratuzilmani intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish modeli ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashga moslashtirilgan tashkiliy-metodik ta’minotni maqsadli loyihalashtirish hamda ishbilarmonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rolli o‘yinlarni oddiydan murakkabga qarab qo‘llash va didaktik va shaxsiy tayyorgarlikni muntazam hisobga olish asosida takomillashtirgan;
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligi diagnostik tartiblash, keysli mashg‘ulotlar loyihalarini ta’limiy mazmunga mos ravishda mustaqil vizuallashtirish hamda taqdim etish jarayonlari algoritmini prognostik loyihalash, manbalar bilan ishlash va ijodiy izlanishlarni shaxsiy refleksiya imkoniyatlariga intensiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari sinergetik ta’sirga ega bo‘lgan raqamli pedagogik jarayonning moslashuvchanlik tamoyilini elektron ta’lim muhitini intensiv yaratish funksiyasi mazmuniga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan № 429-390 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonlarini qiyosiy tahlil qilishda manbalar bilan ishlash natijadorligini oshirishga qaratilgan real holatlarga mos keyslar tuzish, interaktiv metodlar va padkaslar mazmuniga ko‘ra axborot almashish hamda ma’lumotlarni tanqidiy baholash, hamkorlikda qayta ishlash, mashg‘ulot ssenariylariga mos maqsadli pedagogik infratuzilmani intensivlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Umumiy pedagogika (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil “29” sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan 438515 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning axborot kompensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modelini shakllantirishga sharoit yaratilgan;
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish modeli ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashga moslashtirilgan tashkiliy-metodik ta’minotni maqsadli loyihalashtirish hamda ishbilarmonlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan rolli o‘yinlarni oddiydan murakkabga qarab qo‘llash va didaktik shaxsiy tayyorgarlikni muntazam hisobga olish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11- noyabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan 429-390 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish mazmuni boyitilgan;
raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish samaradorligini diagnostik tartiblash, keysli mashg‘ulotlar loyihalarini ta’limiy mazmunga mos ravishda mustaqil vizuallashtirish hamda taqdim etish jarayonlari algoritmini prognostik loyihalash, manbalar bilan ishlash va ijodiy izlanishlarni shaxsiy refleksiya imkoniyatlariga intensiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11- noyabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan 429-390 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish metodikasi samaradorligini aniqlashga erishilgan.