Olimjonova Odina Hasanxon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Strukturaviy boshqaruv asosida maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5335
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo’latovich pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna pedagogika fanlari doktori, professor; Abdusamatova Nargiza Jamoldinovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi strukturaviy boshqaruv asosida maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlash mexanizmlari maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida strukturaviy boshqarish tizimi komponentlarini ko‘rib chiqish, strukturaviy boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlashda strukturaviy boshqaruvning pedagogik imkoniyatlari strukturaviy boshqaruvning tashkiliy (chiziqli; chiziqli-shtabli; funksional; chiziqli-funksional va dasturli-maqsadli) turlarining uzviy aloqadorligini ta’minlash, strukturaviy boshqaruvda tizimli, vaziyatli, funsional yondashish strategiyalarini qo‘llash orqali aniqlashtirilgan;
maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklar tarkibida ichki funsional bo‘linmalar integratsiyasi, resurslardan samarali foydalanish, kadrlar salohiyati, innovasion ta’lim muhiti, ta’lim sifati va tarbiyalanuvchilarning rivojlanish ko‘rsatkichlarini tizimli tashhislashni yo‘lga qo‘yish orqali strukturaviy boshqaruv asosida maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlash modeli takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligi monitoringini amalga oshirishning diagnostik texnologiyalari(nazorat, ekspert baholash, o‘zini-o‘zi baholash) asosida strukturaviy boshqarish jarayonini prognozlashda boshqaruv subektlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish tizimini ishlab chiqish, ta’lim subektlari faoliyatini strategik va taktik rejalashtirish, uning samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish yo‘llarini tanlash mexanizmlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Strukturaviy boshqaruv asosida maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlash mexanizmlari maktabgacha ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida strukturaviy boshqarish tizimi komponentlarini ko‘rib chiqish, strukturaviy boshqarishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari” darsligi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 19- iyuldagi 233-son buyrug‘i buyrug‘i bilan berilgan 233-0323-son guvohnoma) mazmuniga singdirilgan. Natijada strukturaviy boshqaruv asosida maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlashda strukturaviy boshqaruvning pedagogik imkoniyatlari strukturaviy boshqaruvning tashkiliy turlarining uzviy aloqadorligini ta’minlash, strukturaviy boshqaruvda tizimli, vaziyatli, funsional yondashish strategiyalarini qo‘llash orqali aniqlashtirishga oid taklif va mulohazalardan Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish pre-school-PDP nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining 2025-yil 24-yanvardagi №04/11-1607 ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligi monitoringini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklar tarkibida ichki funsional bo‘linmalar integratsiyasi, resurslardan samarali foydalanish, kadrlar salohiyati, innovasion ta’lim muhiti, ta’lim sifati va tarbiyalanuvchilarning rivojlanish ko‘rsatkichlarini tizimli tashhislashni yo‘lga qo‘yish orqali strukturaviy boshqaruv asosida maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalari Namangan, Farg‘ona viloyati MTTlar va MTTDMQT va MO institutlarida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 27-martdagi 03-33-908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyachi-pedagoglarning innovatsion faoliyatini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim jarayonlari samaradorligi monitoringini amalga oshirishning diagnostik texnologiyalari asosida strukturaviy boshqarish jarayonini prognozlashda boshqaruv subektlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish tizimini ishlab chiqish, ta’lim subektlari faoliyatini strategik va taktik rejalashtirish, uning samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish yo‘llarini tanlash mexanizmlariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 27-martdagi 03-33-908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim menejmentida strukturaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.