Karomatov Sharofidin Sharifovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning hosildorlik va viltga bardoshlilik seleksiyasi”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Saidzoda Saidjamol Todjidin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston Dehqonchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Avtonomov Viktor Aleksandrovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Temirbekova Suluxan Kudayberdievna, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmonkulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning yovvoyi, yarim yovvoyi va madaniy shakllariini jalb etish orqali tur ichi, juft, geografik jihatdan uzoq navlararo duragaylash usullaridan foydalangan holda g‘o‘za seleksiyasini takomillashtirish, fotosintetik test belgilari va ko‘saklarning attraktatsiya qobiliyatini tahlil qilish asosida yuqori sifatli va hosilli eng yaxshi o‘simliklarni chatishtirish va tanlash yo‘li bilan olingan o‘rta tolali g‘o‘za genotiplarini baholash va tanlash uchun “urug‘pallabarg maydoni” test belgisini qo‘llashni ishlab chiqish, shuningdek, genetik jihatdan yangi qimmatli manbalarni o‘zlashtirish, ular asosida vertikilli viltga chidamli, ertapisharligi, yuqori mahsuldorligi, hosildorligi va tolasi sifati bilan ajralib turadigan g‘o‘za navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor analitik va sintetik seleksiya jarayonida o‘sishning dastlabki bosqichlarida va vegetatsiya oxirida yuqori mahsuldorlikka va yaxshi tola sifatiga ega bo‘lgan genotiplarni baholash va tanlash uchun “urug‘pallabarg maydoni” va “ko‘saklarning attraktatsiya qobiliyati” sinov belgilaridan foydalanish imkoniyati aniqlangan;
iqtisodiy jihatdan qimmatli belgilarning zarur miqdoriy va sifat majmui bilan Verticillium vilti (V. dahliae Kleb.) ga chidamliligi uchun yovvoyi va ruderal shakllarni o‘z ichiga olgan geografik jihatdan uzoq tur ichidagi va turlararo duragaylash uchun tanlash usullari takomillashtirilgan;
duragay o‘simliklarni ishlab chiqish jarayonining ikkinchi avlodida (F2) uchinchi avloddan boshlab (F3) maqsadida introgressiv genotiplarni o‘z ichiga olgan an’anaviy seleksiya usuli asosida bekkrosssiz yoki bekkross bilan aniqlashda seleksiya jarayonini faollashtirish zarur iqtisodiy qimmatli belgilar to‘plamiga ega alohida oilalarni aniqlash imkoniyati ilmiy asoslangan; 
uzoq va navlararo duragaylash asosida 2013 va 2015-yillarda Davlat reestriga kiritilgan “Zarafshon-1” va “Xulbuk” navlari hamda hosildorlik va tola sifati bo‘yicha standart navlardan ustun bo‘lgan bir qancha istiqbolli paxta navlari yaratilgan, ulardan Shodmon-35 navi 2023 yildan beri Tojikiston Respublikasi davlat sinoviga o‘tmoqda.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hosildorlik va viltga chidamlilik seleksiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida:
ertapishar, yuqori mahsuldor va tola uzunligi hamda vilt qo‘zg‘atuvchisiga chidamli “Zarafshon-1” va “Xulbuk” navlari yaratilgan va Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2013 yil 25 apreldagi 1-sonli va 2015-yil 15-apreldagi 1-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan davlat sinovlari hamda ishlab chiqarish sinovlari asosida istiqbolli navlar sifatida 2013-yilda 250 gektar, 2014-yilda 600 gektar, 2021-yilda 2050 gektar maydonga joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 24 aprel 2025 yildagi 1/255-sonli  ma’lumotnomasi).  Natijada, ertapishar, yuqori mahsuldorlik va tola uzunligi, vilt qo‘zg‘atuvchisiga chidamli navlar fermer xo‘jaliklarida va genetik seleksiya tadqiqotlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan;
Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinovdan o‘tkazish va navlarni muhofaza qilish davlat komissiyasi qarori bilan o‘rta tolali “Zarafshon-1” va “Xulbuk” g‘o‘za navlariga №92 va №113-sonli seleksiya yutug‘iga mualliflik guvohnomalari berilgan va bu navlar keng joriy qilingan. (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 21 aprel 2025 yildagi 2/8-1418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu navlar Respublika g‘o‘za genofondi kolleksiyasi fondini to‘ldirishga, genetik jihatdan boyitilgan, serhosil, ertapishar, stressli ekologik omillarga moslasha oladigan navlarning axborot-tahliliy tizimi bazasini shakllantirishga xizmat qilgan;
tuproq va iqlim sharoiti turlicha bo‘lgan Hisor, Ko‘lob, Vaxsh, Jayxun, Konibodam va Qubodiyon tumanlari dehqon xo‘jaliklarida “Zarafshon-1” va “Xulbuk” navlari joriy etilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 21 aprel 2025 yildagi 2/8-1418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu hududlarda navlarning umumiy hosildorligi gektariga 40,0 dan 55,0 s gacha bo‘lib, andoza navdan 5,0-15,0 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan;
Zarafshon-1 va Xulbuk O navlari barcha xo‘jalik uchun qimmatli belgi- xususiyatlariga ko‘ra ijobiy dinamikaga ega bo‘lib, Respublika bo‘yicha 5000 ga maydonda joriy qilingan ((Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 21 aprel 2025 yildagi 2/8-1418-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha 26 sentner paxta xom-ashyosi hosili olinib, respublika bo‘yicha o‘rtacha hosildorlikdan 4-5 sentnerga yuqori hosil etishtirishga imkon bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish