Xudoyberdiev Nurali Xudoyberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Beda seleksiyasida ozuqa miqdori yuqori va sho‘rga bardoshli boshlang‘ich ashyolarni tanlash”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1198
Ilmiy rahbar: Allashov Baxrom Davletbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Egamov Ilhomjon Urayimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamatkulov Tursunkul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi beda kolleksiyasidagi xorijiy va mahalliy nav, namunalarining urug‘ unuvchanligini aniqlash hamda ozuqaviyligi, o‘rta darajada sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitiga bardoshliligi hamda qimmatli xo‘jalik belgilarini tahlil qilgan holda asosiy belgilari yuqori namunalarni tanlash va boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor beda kolleksiyasi genofondida saqlanib kelinayotgan xorijiy nav, namunalar, jumladan Osiyo, Evropa, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, hamda Avstraliya qit’alaridan keltirilgan jami 72 ta nav, namunalar urug‘ unuvchanligi bo‘yicha tahlil qilingan va ko‘rsatkichlarning qimmatli xo‘jalik belgilarga ta’siri turlicha bo‘lganligi aniqlangan;
tadqiqotlarda beda nav, namunalarida bargdorligi bilan pichan ulushi mahsuldorligi orasidagi bog‘liqligi r=0,19 dan (k-6171 namunasida), r=0,52 gacha (k-6105 namunasida), andoza Toshkent-1 navida r=0,56 bo‘lganligi hamda ko‘k massa mahsuldorligi bilan bargdorligi belgisi bog‘liqliklari tahlillari bo‘yicha kuchsiz va o‘rta ijobiy holatni (r=0,17-0,59), andoza navida esa o‘rta ijobiy (r=0,57) holatda ekanligi asosida yuqori ko‘rsatkichli namunalarni tanlash samarador bo‘lishi asoslangan;
xorijiy va mahalliy nav, namunalarining ozuqa miqdorini aniqlash uchun laboratoriya sharoitida tahlillar o‘tkazilib, o‘simliklardagi moy miqdori bo‘yicha k-6100 namunasi va Emiliana (Italiya) navi, protein miqdori bo‘yicha k-6644 va k-6100 namunalari andoza naviga nisbatan yaqqol ustunligi aniqlangan;
bedaning qimmatli xo‘jalik belgilari va ozuqaviyligining ijobiy korrelyasiyasi natijasida k-6100, k-6194, k-6656, 6171, k-6650, k-6649, k-6200, k-6771, k-6640, k-6719 kabi nav, namunalarni boshlang‘ich ashyo sifatida tanlab olish va amaliy seleksiyada qo‘llash ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli mintaqalardan olib kelingan beda namunalarini tanlash asosida qimmatli seleksion ashyolarni tanlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
beda kolleksiyasidan olingan ekolo-geogafik uzoq va mahalliy nav, namunalar Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligida o‘rganilgan va amaliy seleksiyada foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 1 apreldagi 05/04-04-108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pichan mahsuldorligi k-6719 namunasida 43,3 %, k-6200 namunasida 46 %, k-6771 namunasida 44,7 %, k-6640 namunasida 43,7 %, bargdorlik ko‘rsatkichi esa k-6197, k-6804, k-6719, k-6100, k-6172, k-6163, k-6186, k-6771, k-6219, k-6633 va k-6640 namunalarida 50,0-56,3 % bo‘lib, ushbu belgilar bo‘yicha andoza Toshkent-1 naviga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar olingan;
bedaning qimmatli xo‘jalik belgilari yuqori nav, namunalarini PSUEAITIning Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasining 1 ga maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 1 apreldagi 05/04-04-108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, andoza Toshkent-1 navidan k-6660 namunasi bosh poya balandligi 14,4 sm, 6649 namunasi ko‘k massa mahsuldorligi 474 g, k-6100 namunasi bargdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 16 % ga, k-6197 namunasi esa 14% yuqori, k-6194 namunasi gullash muddati bo‘yicha 3,1 kunga erta, k-6200 namunasi pichanbopligi bo‘yicha 15% gacha yuqori bo‘lishi aniqlanib, umumiy hosildoriligi yuqoridagi nav, namunalar andoza naviga nisbatan 1,5-2,5 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan;
turli xil seleksion tanlovlar asosida bedaning xorijiy va mahalliy nav, namunalaridan ajratib olingan ekolo-geografik uzoq bo‘lgan k-6649, k-6100, k-6660, k-6197 nav, namunalari Jizzax viloyatida 0,50 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 1 apreldagi 05/04-04-108-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu nav, namunalar orasidagi nazorat naviga nisbatan k-6660 namunasi bosh poya balandligi 14 sm balandlikni, k-6649 namunasi ko‘k massa bo‘yicha 629 gram yuqori mahsuldorlikni, k-6100 namunasi bargdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 12 %, k-6197 namunasi esa 14 % gacha yuqori bo‘lganligi aniqlanib, umimiy hosildorligi bo‘yicha esa andoza naviga nisbatan 1,5-3,0 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.