Norbekova Madina Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili milliy korpusi uchun ilmiy-texnik matnlar bazasini”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5438.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Toirova Guli Ibragimovna filologiya fanlari doktori, professor, Abduraxmanova Nilufar Zaynobiddin qizi filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek tili milliy korpusi uchun ilmiy-texnik matnlar bazasini shakllantirishning nazariy va dasturiy asoslarini ishlab chiqish, ilmiy-texnik matnlardagi leksik birliklarni lingvistik teglash va o‘zbek tilidagi ilmiy-texnik matnlar bazasini tasniflashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korpus va uning lingvodidaktika va lingvistika sohalaridagi ma’lumotlarni markazlashtirish va qayta ishlash imkoniyatlari, shuningdek, korpusdan samarali foydalanishning ahamiyati asoslangan;
o‘zbek tili milliy korpusidagi ilmiy-texnik matnlarni teglashda ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash, siyosat, madaniyat, ob-havo, iqtisodiyot, texnologiya sohalaridagi ilmiy matnlarning LDA, LSA, NMF usullari va algoritmlari vositasida http://topicmodel.uz/ dasturiy ta’minoti ishlab chiqilganligi isbotlangan;
o‘zbek tili ilmiy-texnik matnlarini teglash usullaridan matnni tushunish, ma’lumot olish, hissiyotlarni tahlil qilish, imloni tekshirish, hujjatlarni umumlashtirish va mashina tarjimasi kabi NLP ilovalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi dalillangan;
matnlar bazasini shakllantirishda ilmiy-texnik matnga qo‘yiladigan talablar aniqlangan, ilmiy-texnik matnlarni korpusga joylashtirishda foydalaniladigan teglar ishlab chiqilgan va o‘zbek tili milliy korpusida semantik annotatsiyalash imkonini beruvchi ilmiy-texnik matnlardagi o‘ziga xosliklar tahlillar asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili milliy korpusi uchun ilmiy-texnik matnlar bazasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ilmiy texnik matnlarning tarjima variantlaridan foydalanishda bu tur matnlarning informatsion, yaxlitlik, izchillik, terminologik xususiyatlariga e’tibor qaratish xususidagi xulosalardan  PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada (2021–2023) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-dekabrdagi 04/1-4044-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platformaga oid ilmiy-texnik matnlar bazasi yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
    dissertatsiyani tayyorlash jarayonida shakllantirilgan dasturiy ta’minot ma’lumotlar bazasidan, teglash tizimidan, annotatsiyalash tamoyillarining xulosalaridan  AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada (2020-2023) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 10-dekabrdagi 04/1-4085-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda keltirilgan ilmiy-texnik materiallar, tematik modellashtirish algoritmlari, yashirin semantik tahlil haqidagi takliflar korpus mazmuni va amliy jihatini boyitishga xizmat qilgan.
-    tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati o‘zbek tili milliy korpusi uchun ilmiy-texnik matnlar bazasini yaratish, uning semantik va grammatik strukturasini aniqlash, shuningdek, matnni avtomatik ishlash va tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdagi xulosalardan 2024-yilning 24-dekabrdagi 06-28-845-sonli ma’lumotnoma asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” dasturi ssenariysini yozishda foydalanilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish