Xodjiev Shuxrat Maxmudovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moylari yog‘ kislotalarini nikel-mis asosli qo‘shimchali katalizatorlarda gidrogenlash jarayonini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T276. 
Ilmiy maslahatchi: Majidov Qahramon Halimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatxanov Ahmadxon Umarxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Yo‘lchiev Asilbek Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moylari yog‘ kislotalarini nikel-mis asosli qo‘shimchali katalizatorlarda gidrogenlash jarayononini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katalizatorlarning gidrogenlash xususiyatlarini shakllantirishda eng maqbul va samarali promotorlar hamda qo‘shimchalar sifatida palladiy, rodiy, ruteniy, reniy, germaniy, qalay va vanadiylarni qotishma massasining 0,05-2,50% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ekanligi ilmiy asoslangan va eksperimental jihatdan isbotlangan;
nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida paxta moyining yog‘ kislotalarini gidrogenlash uchun katalizatorni tanlash va samaradorligini baholash tizimi ishlab chiqilgan, paxta moyidagi uchgliseridlarning to‘yinmagan yog‘ kislotalarini to‘yintirish kinetik o‘zgarishlari tenglamalari asos qilib olingan, natijada maqsadli gidrogenlangan yog‘larni ishlab chiqarishning texnologik optimal parametrlari ilmiy asoslangan;  
yuqori sifatli katalitik gidrogenlangan yog‘larni ishlab chiqarish uchun eng maqbul texnologik sharoitlar: harorat 180 °C, bosim 100 kPa va xomashyoning hajmiy tezligi 1,2-1,5 soat-1 ekanligi isbotlangan;
trans-izomerlangan yog‘ kislotalarining minimal miqdori (5,0-7,0 %) va dito‘yinmagan kislotalarining miqdoriy tarkibi 25,0-27,0 % bo‘lgan oziq-ovqat yog‘laridan foydalanishda mahsulotlarning yuqori sifat va ozuqaviy qiymatini ta’minlashi ilmiy asoslangan;
nikel-mis asosidagi qo‘shimchali katalizatorlarda o‘simlik moylari yog‘ kislotalarini gidrogenlashning texnologik sharoitlarini optimallashtirish jarayonlari asoslangan, natijada yog‘ va moylarning yog‘ kislotalarini gidrogenlash texnologiyasining jarayonlari va katalizatorlari modeli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik moylari yog‘ kislotalarini nikel-mis asosli qo‘shimchali katalizatorlarda gidrogenlash jarayononini takomillash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta moyini kukunsimon katalizatorida gidrogenlash texnologiyasi “Sardoba oil group” MChJ ishlab chiqarish korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 6 iyundagi KC/3-1184-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi texnologik ishlanmalar asosida gidrogenlangan paxta moyining sifati va ozuqaviy xavfsizligini  ta’minlanish imkonini bergan;
paxta moyini gidrogenlash uchun qo‘shimchalar sifatida rodiy, vanadiy, ruteniy, palladiy, reniy, germaniy va qalay qo‘shilgan turg‘un nikel-mis-alyuminiy qotishmali katalizatorlar “Xonrod invest” MChJ ishlab chiqarish korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 6 iyundagi KC/3-1184-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta moyini gidrogenlash texnologiyasida dastlabki katalizatorlarning faolligi va gidrogenlash xususiyatlarini 75-85% ga oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqarish sharoitida turg‘un kukunsimon katalizatori ishtirokida, tarkibida 5,0-7,0% trans-izomerlangan yog‘ kislotalarini saqlagan oziq-ovqat va yuqori qattiqlikda gidrogenlangan yog‘larni ishlab chiqarish texnologiyasi “Sardoba oil group” MChJ ishlab chiqarish korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 6 iyundagi KC/3-1184-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sifatli katalitik gidrogenlangan yog‘larni ishlab chiqarish uchun eng maqbul texnologik sharoitlari (harorat 180 °C, bosim 100 kPa va xomashyoning hajmiy tezligi 1,2-1,5 soat-1) ga erishish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish