Axmedov Olimjon Sharipovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon 


I.  Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,  ixtisoslik  shifri (ilmiy daraja  beriladigan  fan tarmog'i nomi): “Temir yo‘l transportidagi harakatlanuvchan tarkib yuritmasining dinamikasini baholash uchun matematik model islab chiqish",  “01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi”, “01.02.02 – Mashinalar, asboblar va uskunalar dinamikasi va mustahkamligi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya  mavzusi ro'yxatga  olingan raqam : B2024.3.PhD/T4809.
Ilmiy rahbarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa nomi:  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan  muassasalar  nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy  opponentlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi  va unvoni: Matkarimov Faxriddin Jo‘raevich texnika fanlari doktori, professor. Mardonov Batirjan fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot  nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy va amaliy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning  maqsadi harakatlanuvchi tarkib tishli uzatmasining kinematik og‘ishi va qovushqoq dempferlashni hisobga olgan holda harakatlanuvchi tarkib yuritmasining matematik modellarini ishlab chiqish va dinamik parametrlarini baholash hamda tarkibnining ekspluatatsion parametrlarini aniqlashdan iborat.
III. Dissertatsiya  tadqiqotining  ilmiy yangiligi 
quyidagilardan  iborat:  temir yo‘l transportidagi harakatlanuvchan tarkib yuritmasining g‘ildirak juftligida sodir bo‘ladigan mexanik jarayonlarni, g‘ildirak juftligi valining tebranma harakatlarida valning elastik va qovuqshqoq elastik xususiyatlarini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan; 
temir yo‘l transportidagi harakatlanuvchan tarkib yuritmasi assinxron motorining, g‘ildirak juftligi vallarining va yuritmaning matematik modeli va uning harakat differensial tenglamalar sistemasi umumiy holda vallarning elastic hamda qovushqoq elastiklik xossalarini e’tiboga olgan holda keltirib chiqarilgan va yuritmaning dinamik xususiyatlari aoslangan;
harakatlanuvchi tarkib yuritmasining tishli uzatmasidagi ilashma deformasiyasi yuritmaning konstruktiv parametrlarga (tezlik va krip) bog‘liqligining analitik ifodasi Lagranj tenglamalariga asoslanib ishlab chiqilgan;
harakatlanuvchan tarkib yuritmasi tishli uzatmasining doimiy ilashmada bo‘lish xaritasi tishli g‘ildiraklarning ishlab chiqarish xatoligini inobatgan olgan holda va yuritmaning konstruktiv parametrlarga (tezlik va krip) bog‘langan holda aniqlangan;
harakatlanuvchan tarkib yuritmasi harakatiga tegishli xususiy holda
 (v= 100 km/s va s= 0.015) tishli ilashma deformasiyasining chekli vaqt oralig‘idagi o‘zgarishi Matlab dasturlash paketiga tegishli Runge Kutta sonli hisoblash usuli yordamida tekshirilgan va ushbu hol tishli uzatmaning yon bo‘shlig‘i (bokovoy zazor) doirasidagi tebranishlar ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot  natijalarining  joriy qilinishi. Temir yo‘l transportidagi harakatlanuvchan tarkib yuritmasining dinamikasini baholash uchun matematik model islab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
temir yo‘l transportidagi harakatlanuvchan tarkib yuritmasining dinamikasini baholash, yuritma tishli uzatmasidagi tebranishlarida sodir bo‘ladigan mexanik jarayonlarni matematik modellashtirish yordamida baholash algoritmlari Kogon shahrida joylashgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” lokomotiv yuritmasi va ushbu yuritmadagi tishli uzatmalarini takomillashtirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innivatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi № 02-12/7574 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuritmaning  dinamikasini tekshirish, yuritma konstruktiv parametrlarining turli qiymatlarida yuritma assinxron motori rotori hamda g‘ildirak juftligi vallarini tebranma harakatlarida valning elastik va qovushqoq-elastik xususiyatlarini inobatga olgan holda sonli tahlil etish imkoni yaratilgan. Shuningdek, harakatlanuvchan tarkib yuritmasidagi tishli uzatmaning doimiy ilashmada bo'lishning shartlari va optimal parametrlari aniqlangan keyin yuritmadagi tishli uzatmaning umrboqiyligini 1.30 marta oshirilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish