Irsaliev Furqatjon Sherali o‘g‘linig
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “SMART ta’lim muhitida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi  (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4653.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Elmurzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yaxyayev Sobir Jumakulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi SMART ta’lim muhitida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SMART ta’lim muhitida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarda kasbiy kompetentlik darajasining motivatsion, kommunikativ, tashkiliy, gnostik, kreativ, refleksiv, tahliliy komponentlari integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda o‘zini o‘zi baholash va kasbiy faoliyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
SMART ta’lim muhitida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish metodik ta’minoti ta’limning zaruriy ehtiyojlari va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda AutoPlay Media Studio, Macromedia Flash, Movavi Video Editor Plus dasturiy vositalarni ta’limiy maqsadlarga muvofiq o‘zaro uyg‘un optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
SMART ta’lim muhitida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modeli fanni o‘qitish dasturiy-metodik ta’minoti samaradorligini belgilovchi komponentlarning reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlarini ta’limni tashkil etish traektoriyasiga proporsionalligini ta’minlash hamda maqsadga erishtiruvchi yondashuvlarni faktorli tahlil o‘tkazish asosida takomillashtirilgan;
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish jarayoni www.smart-talim.uz veb sayti vositasida kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlarining kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlash hamda ta’lim subektlari faoliyatini natijasiga ko‘ra manzilli tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarga SMART ta’lim muhitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
SMART ta’lim muhitida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari talabalarda kasbiy kompetentlik darajasining motivasion, kommunikativ, tashkiliy, gnostik, kreativ, refleksiv, tahliliy komponentlari integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda o‘zini o‘zi baholash va kasbiy faoliyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Raqamli axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5858/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid malakalari rivojlantirilgan va ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
SMART ta’lim muhitida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish metodik ta’minoti ta’limning zaruriy ehtiyojlari va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda AutoPlay Media Studio, Macromedia Flash, Movavi Video Editor Plus dasturiy vositalarni ta’limiy maqsadlarga muvofiq o‘zaro uyg‘un optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Masofaviy ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5858/04-son dalolatnomasi). Natijada, tegishli o‘quv fanlarining o‘quv dasturi va o‘quv metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
SMART ta’lim muhitida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modeli fanni o‘qitish dasturiy-metodik ta’minoti samaradorligini belgilovchi komponentlarning reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlarini ta’limni tashkil etish traektoriyasiga proporsionalligini ta’minlash hamda maqsadga erishtiruvchi yondashuvlarni faktorli tahlil o‘tkazish asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Raqamli axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5858/04-son dalolatnomasi). Natijada, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanining o‘qitish sifati oshirilgan va talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga erishilgan;
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish jarayoni www.smart-talim.uz veb sayti vositasida kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlarining kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlash hamda ta’lim subektlari faoliyatini natijasiga ko‘ra manzilli tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Masofaviy ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 12-oktyabrdagi 11-05-5858/04-son dalolatnomasi). Natijada, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanining mazmuni, talabalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitish va baholash metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish