Mamasaliev Mirzoulug‘ Mirsaidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Postmodern jamiyatda o‘zgalarga toqatlilik deformatsiyasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/ Fall375
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Rustamov Ramz Rizoqulovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Ro‘zimurodov Siroj Madatovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Postmodern jamiyatda o‘zgalarga toqatlilik tamoyilining mazmuniy o‘zgarishlari va deformatsiyasining shaxs, jamiyat va umuminsoniy qadriyatlarga taʼsirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Postmodern jamiyatda o‘zgalarga toqatlilik konsepsiyasining muloqot va integratsiya, ijtimoiy adolat va teng huquqlilik, ochiqlik, multiperspektivlik kabi konseptual omillari asosida toqatlilik, chidamlilik, sabr-bardoshlilikni mustahkamlovchi (huquqiy tenglik, g‘oya va fikrlar xilma-xilligi, madaniy ong) mezonlari hamda uni emiruvchi (begonalashuv, diskriminatsiya, identiklik inqirozi) kabi illatlar ochib berilgan;
O‘zgalarga toqatlilik mohiyatini belgilovchi epistemik ochiqlik, axloqiy hurmat, ijtimoiy inklyuzivlik kabi tarkibiy komponentlari va ularni rivojlantiruvchi ta’lim madaniyati, huquqiy normalar, ijtimoiy tarbiya, OAV va san’at vositalari kabi determinantlarini barqarorlashtirishda kontekstual moslik, tizimli yondashuv, axloqiy muvozanat tamoyillarni hisobga olish zarurati isbotlangan;
Jamiyatda qadriyatlar nisbiyligi, gibrid madaniyat, identiklik inqirozi va ijtimoiy ong segmentatsiyasi kabi deformatsion jarayonlar tahlili asosida o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan chidamli bo‘lish majburiyatlarining ontologik (plyuralizm nazariyalari, antropologik realizm), sotsiologik (xavf jamiyati konsepsiyalari) va aksiologik-axloqiy (inson qadri, inson – maqsad) asoslari dalillangan;
Zamonaviy jamiyatda kechayotgan axloqiy qadriyatlarning deformatsiyasiga xos nisbiylik, dezorientatsiya, gipertolerantlik kabi tendensiyalar o‘zgalarga toqatlilikning haqiqiy (ongli, empatik) ko‘rinishidan indifferentlikka (loqaydlik) olib kelishi hamda ularni baholashning toqatlilik sifati, aksiologik barqarorlik, normativlik va erkinlik balansi, toqatlilik va loqaydlik tafovuti kabi mezonlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Postmodern jamiyatda o‘zgalarga toqatlilik deformatsiyasining shaxs ma’naviy barqarorlikni ta’minlash hamda ijtimoiy munosabatlarda adolatlilikni ta’minlashdagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Postmodern jamiyatda o‘zgalarga toqatlilik konsepsiyasining muloqot va integratsiya, ijtimoiy adolat va teng huquqlilik, ochiqlik, multiperspektivlik kabi konseptual omillari asosida toqatlilik, chidamlilik, sabr-bardoshlilikni mustahkamlovchi (huquqiy tenglik, g‘oya va fikrlar xilma-xilligi, madaniy ong) mezonlari hamda uni emiruvchi (begonalashuv, diskriminatsiya, identiklik inqirozi) kabi illatlarga doir xulosa va tavsiyalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2017-2020 yy) amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 10-dekabrdagi 04/7298-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy tadqiqot loyihasining ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirishga va mazkur yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqiqotlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zgalarga toqatlilik mohiyatini belgilovchi epistemologik ochiqlik, axloqiy hurmat, ijtimoiy inklyuzivlik kabi tarkibiy komponentlari va ularni rivojlantiruvchi ta’lim madaniyati, huquqiy normalar, ijtimoiy tarbiya, OAV va san’at vositalari kabi determinantlarini barqarorlashtirishda kontekstual moslik, tizimli yondashuv, axloqiy muvozanat tamoyillariga doir yangiliklar, taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 2-apreldagi 10/168-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda bag‘rikenglikni shakllantirishga doir tadbirlari, targ‘ibot ishlari va boshqa faoliyatining nazariy asoslari rivojlantirishga hamda postmodern jamiyatda o‘zgalarga toqatlilik deformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etishga xizmat qilgan;
Jamiyatda qadriyatlar nisbiyligi, gibrid madaniyat, identiklik inqirozi va ijtimoiy ong segmentatsiyasi kabi deformatsion jarayonlar tahlili asosida o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan chidamli bo‘lish majburiyatlarining ontologik (plyuralizm nazariyalari, antropologik realizm), sotsiologik (xavf jamiyati konsepsiyalari) va aksiologik-axloqiy (inson qadri, inson – maqsad) asoslariga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 19-noyabrdagi 01-44-447-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarning ijtimoiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatini yuksalishiga, koʻp millatli muhitda milliy hamjihatlikni oshirishga xizmat qilgan;
Zamonaviy jamiyatda kechayotgan axloqiy qadriyatlarning deformatsiyasiga xos nisbiylik, dezorientatsiya, gipertolerantlik kabi tendensiyalar o‘zgalarga toqatlilikning haqiqiy (ongli, empatik) ko‘rinishidan indifferentlikka (loqaydlik) olib kelishi hamda ularni baholashning toqatlilik sifati, aksiologik barqarorlik, normativlik va erkinlik balansi, toqatlilik va loqaydlik tafovuti kabi mezonlariga doir xulosalar va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” nomli II bandida belgilangan “Jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Bag‘rikenglik va daxldorlik tuyg‘usi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining 2025-yil 1-apreldagi 04-13/264-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida g‘oyaviy birlashuvning zamonaviy konsepsiyasini ishlab chiqish va ijtimoiy birdamlik tamoyillarini shakllantirish orqali ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash yo‘llarini asoslashga xizmat qilgan.