Abdullaeva Asila Abdulhodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishning institusional tizimini takomillashtirish” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1127
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ismoilov Temurbek Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlari doktori professor, Azimov Ulug‘bek Abduxalilovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda talaba yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning institusional tizimlarini takomillashtirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda talaba yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning institusional tizimlarini takomillashtirish, jamiyatda konstruktiv munosabatlar birligini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar (birdamlik, tenglik, erkinlik), avlodlararo vorisiylikni belgilashda an’anaviylik va zamonaviylikning dixotomik yondashuvlar birligi ekanligi falsafiy asoslangan;
jamiyatda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish, sotsiomadaniy faoliyatning aksiologik ierarxiyasida jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy imperativlar (tafakkuri kuchi, idrok qobiliyati) yoshlarning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga dialektik bog‘liqligi sababli, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi konstruktiv munosabatlarni ifodalovchi barqaror taraqqiyot drayveri ekanligi aniqlangan;
jamiyatda yoshlar madaniy pozisiyasini rivojlantiruvchi (ta’lim, tarbiya, ijtimoiy muhit) mexanizmlar ulardagi ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi)ni oldini olib, global o‘zgarishlar sharoitida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi aksiologik munosabatning tizimli-integrativ tafakkurini rivojlantirish mezonlari an’anaviy qadriyatlar universallashuvini belgilovchi gomogen xususiyatlar ekanligi ochib berilgan;
jamiyatda kechayotgan ijtimoiy axborotlashuv jarayonining global xususiyat kasb etishi madaniy munosabatlar doirasida talaba yoshlar turmush tarzi bilan uzviy ravishda uyg‘unlashib, shaxs sotsializatsiyasi (madaniy me’yorlar va ijtimoiy hayot tarziga moslashuv) jarayonida ijtimoiy qadriyatlar (bilim, ko‘nikma, me’yor) hamda media yaratish va ishlab chiqarish (prosyumer) bilan axborotni qabul qilish (konsyumer) xususiyatlarini taraqqiy toptiruvchi muhim omil ekanligi qiyosiy tarzda dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishning institusional tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari, mazkur tizimning samaradorligini oshirishga qaratilgan qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘zbekistonda talaba yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning institusional tizimlarini takomillashtirish, jamiyatda konstruktiv munosabatlar birligini ta’minlovchi ratsional ko‘rsatkichlar ekanligiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 31-bandi “Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi ijtimoiy maʼnaviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 22-yanvardagi 10/36-sonli dalolatnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy omillarini ijtimoiyfalsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan;
jamiyatda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish, sotsiomadaniy faoliyatning aksiologik ierarxiyasida jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy imperativlar (tafakkuri kuchi, idrok qobiliyati) yoshlarning kreativ faolligi va intellektual salohiyatiga dialektik bog‘liqligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining “Istiqbol” yoshlar qanoti faoliyatini takomillashtirish hamda partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i KenGES, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi Saylovoldi dasturining “Biz yoshlarning sifatli ta’lim olishi tarafdorimiz” nomli bandini ishlab chiqishda yuqoridagi ilmiy yangilikdan foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisining 2025-yil 23-iyundagi 1-52-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston talaba yoshlarining ijtimoiy faolligini oshirishda muhim o‘rin tutgan yangi avlod yoshlarining ijtimoiy jihatdan faol, mamdakatning kelajagi uchun ma’suliyatli shaxslar sifatida shakllanishiga xizmat qilgan;
jamiyatda yoshlar madaniy pozisiyasini rivojlantiruvchi (ta’lim, tarbiya, ijtimoiy muhit) mexanizmlar ulardagi ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi)ni oldini olib, global o‘zgarishlar sharoitida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi aksiologik munosabatning tizimli-integrativ tafakkurini rivojlantirishiga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 31-bandi “Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi ijtimoiy maʼnaviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 22-yanvardagi 10/36-sonli dalolatnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy omillarini ijtimoiyfalsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan;
jamiyatda kechayotgan ijtimoiy axborotlashuv jarayonining global xususiyat kasb etishi madaniy munosabatlar doirasida talaba yoshlar turmush tarzi bilan uzviy ravishda uyg‘unlashib, shaxs sotsializatsiyasi (madaniy me’yorlar va ijtimoiy hayot tarziga moslashuv) jarayonida ijtimoiy qadriyatlar (bilim, ko‘nikma, me’yor) hamda media yaratish va ishlab chiqarish (prosyumer) bilan axborotni qabul qilish (konsyumer) xususiyatlarini taraqqiy toptiruvchi muhim omil ekanligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining bir qator teleko‘rsatuvlari (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Muvozanat”, “Telemushohada” teledasturlarida 2024-yil mart-aprel oylaridagi sonlari)da dastur va ssenariylar tayyorlandi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 04-fevraldagi 05-09-105-son maʼlumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini ishirishga ta’sir etuvchi huquqiy madaniyatning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.