Roziqov Behzod Bahrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklarida moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3520
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Berdiyarov Bahriddin Tovasharovich, PhD. Zunnunova Xulkar Muxtorovna.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Toshkent Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarning moliyaviy xizmatlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining moliyaviy xizmatlarni transformatsiyalash asosida ichki va tashqi turizmni amalga oshiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar ajratishda bank mobil ilovasida sayyohlik xizmatlarini shakillantirish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan mijozlarga ish haqi va boshqa daromadlarini oldindan olish, ushbu daromadlarini masofadan turib boshqarish kabi qulayliklar yaratishda banklar mobil ilovasi orqali xizmatlar bo‘limida ish haqi va avans turi bo‘limini qo‘shish asoslangan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy xizmatlar turlarini diversifikatsiya qilish, bank xizmatlarining ommabopligini oshirishda muhim innovatsion echim sifatida bank mobil ilovalari orqali plastik karta talab etilmagan holda naqd pul mablag‘larini olish imkoniyati taklif etilgan;
bank moliyaviy xizmatlarini transformatsiya qilish orqali talabalar o‘rtasida ommabopligini oshirishda naqd pul olish va on-line mahalliy va xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish kabi imkoniyatlar taqdim etivchi Humo va MasterCard bilan integratsiya qilingan xalqaro talaba identifikasiya kartasini ishlab chiqish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari moliyaviy xizmatlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
tijorat banklarining moliyaviy xizmatlarni transformatsiyalash asosida ichki va tashqi turizmni amalga oshiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar ajratishda bank mobil ilovasida sayyohlik xizmatlarini shakillantirish taklifi AJ Asakabank faoliyatiga joriy etilgan. (“Asakabank” AJ boshqaruvining 2024-yil 21-maydagi №19-01/6052-son maʼlumotnomasi). Natijada, “Asakabank”ning mobil ilovasi orqali ichki va tashqi turizmni amalga oshiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar ajratildi va buning natijasida ushbu ilovadan foydalanuvchilarning soni 22% ko‘payishiga erishilgan; 
tijorat banklari tomonidan mijozlarga ish haqi va boshqa daromadlarini oldindan olish, ushbu daromadlarini masofadan turib boshqarish kabi qulayliklar yaratishda banklar mobil ilovasi orqali xizmatlar bo‘limida ish haqi va avans turi bo‘limini qo‘shishga doir taklifi AJ Asakabank faoliyatiga joriy etilgan. (“Asakabank” AJ boshqaruvining 2024-yil 21-maydagi №19-01/6052-son maʼlumotnomasi). Natijada, Asakabank mobil ilovasi orqali xizmatlar bo‘limida ish haqi va avans turi bo‘limlari qo‘shish orqali ishchilar ish haqi yoki boshqa daromadlarini oldindan olish, ish haqi va boshqa turdagi avanslarni osonlik bilan boshqarish kabi qulayliklar yaratish asosida ushbu xizmatdan foydalanuvchilar soni 7,2% ko‘payishiga erishilgan;
tijorat banklari tomonidan moliyaviy xizmatlar turlarini diversifikatsiya qilish, bank xizmatlarining ommabopligini oshirishda muhim innovatsion echim sifatida bank mobil ilovalari orqali plastik karta talab etilmagan holda naqd pul mablag‘larini olishga doir taklifi ATB Qishloqqurilishbank faoliyatiga joriy etilgan  (“Qishloqqurilishbank” ATB boshqaruvining 2023-yil 30-dekabrdagi №06/43-12-9230-son maʼlumotnomasi). Natijada, tijorat banki tomonidan “QUANT” ilovasi orqali xizmatlar boʼlimida naqd pul olish tugmasi qoʼshish asosida ATMlarda plastik kartasiz, QR-kodni skaner qilgan holda naqd pul olish xizmatini taklif etgan holda uchbu xizmatdan foydalanuvchilar sonini 5,1% ko‘payishiga olib kelgan; 
bank moliyaviy xizmatlarini transformatsiya qilish orqali talabalar o‘rtasida ommabopligini oshirishda naqd pul olish va on-line mahalliy va xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish kabi imkoniyatlar taqdim etivchi Humo va MasterCard bilan integratsiya qilingan xalqaro talaba identifikasiya kartasini ishlab chiqish taklifi AJ Garant bank faoliyatiga joriy etilgan (“Garant Bank” AJ boshqaruvining 2025-yil 7-yanvardagi №02/12-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, talabalik maqomini tasdiqlovchi yagona xalqaro karta xisoblangan, 130 dan ortiq mamlakatlarda talabalar uchun chegirmalar, bo‘nuslar va imtiyozlar taqdim etadigan, hamda naqd pul olish va onlayn to‘lovlar imkoniyatini yaratadigan barcha talabalari uchun mo‘ljallangan Humo va MasterCard bilan integratsiya qilingan xalqaro talaba identifikasiya kartasi (ISIC) ishlab chiqilgan, hamda ISIC talabalar kartasini ochish davomiyligi 15-30 minutni tashkil etishi hisobiga bu talabalar kartasi ochilishi 15,2 foizga ko‘payishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish