Xayrullaev Sirojiddin Axmadullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda konsolidatsiya omili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1173
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Dexkanov Narimon Burxonjonovich, Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat barqarorligida konsolidatsiya jarayonining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat barqarorligini ta’minlashda ijtimoiy konsolidatsiyani ijtimoiy-falsafiy omillarini mazmun jihatdan yangilanganligini ochib berilgan;
ijtimoiy konsolidatsiyani o‘rganish uchun analitik vosita sifatida omilli yondashuvning evristik qiymatini ilmiy asoslari aniqlangan;
zamonaviy jamiyatning ijtimoiy konsolidatsiya jarayonlariga ijtimoiy-iqtisodiy omilning ta’sirining mohiyati, davlatning ijtimoiy siyosati va ijtimoiy mas’uliyatlilik omillari ratsional jihatdan aniqlangan;
ijtimoiy-iqtisodiy omilga aralashadigan va zamonaviy jamiyatning konsolidatsiya jarayonlarini belgilaydigan ijtimoiy tabaqalanishi va konsolidatsiya jarayonlarini kambag‘allikka qarshi kurash vositasi ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat barqarorligini ta’minlashda konsolidatsiya omillarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Jamiyat barqarorligini ta’minlashda ijtimoiy konsolidatsiyani ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarini refleksiv mazmuniga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2023-yil 14-dekabrdagi 102-son farmoyishiga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida 2024-yilda harbiy xizmatchi (xodim)larning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, harbiy intizom hamda huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ijtimoiy-huquqiy himoyani amalga oshirish bo‘yicha kompleks reja”ning I.Tashkiliy-amaliy tadbirlar bandining “Shaxsiy tarkibni huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish nomli 3-bo‘limida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining 2024-yil 20-apreldagi №11/3449/B-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi targ‘ibot tadbirlari qatnashchilarida jamiyatdagi strategik o‘zgarishlar natijasida konsolidatsiya va ijtimoiy konsolidatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni boyitishga xizmat qilgan.
Ijtimoiy konsolidatsiyani o‘rganish uchun analitik vosita sifatida omilli yondashuvning evristik qiymatini ilmiy asoslanish kerakligiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14- bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 12-maydagi №184/1-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatdagi strategik o‘zgarishlar natijasida konsolidatsiya va ijtimoiy konsolidatsiyaga bo‘lgan ehtiyoji jamiyat uchun samaradorlik darajasini ilmiy tadqiq etish imkoniyatlariga doir targ‘ibot materiallari, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy konsolidatsiya jarayonlariga ijtimoiy-iqtisodiy omilning ta’sirining mohiyati, davlatning ijtimoiy siyosati va ijtimoiy mas’uliyat ekanligi ratsional omil ekanligi aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2023-yil 14-dekabrdagi 102-son farmoyishiga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida 2024-yilda harbiy xizmatchi (xodim)larning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, harbiy intizom hamda huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ijtimoiy-huquqiy himoyani amalga oshirish bo‘yicha kompleks reja”ning I.Tashkiliy-amaliy tadbirlar bandining “Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash” g‘oyalarini targ‘ib qilish” nomli 2-bo‘limi hamda “Harbiy xizmatchi (xodim)lar o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, har bir harbiy xizmatchi (xodim)da davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga dahldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirish” nomli vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining 2024-yil 20-apreldagi №11/3449/B-son Ma’lumotnomasi). Natijalarning jamiyatdagi strategik o‘zgarishlarni ijtimoiy konsolidatsiyaga bo‘lgan ehtiyoji hamda ijtimoiy birdamlikni ta’minlashning muhim omili ekanligiga xizmat qilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy omilga aralashadigan va zamonaviy jamiyatning konsolidatsiya jarayonlarini belgilaydigan ijtimoiy tabaqalanishi va konsolidatsiya jarayonlarini kambag‘allikka qarshi kurash vositasi ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14- bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 12-maydagi №184/1-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatdagi strategik o‘zgarishlar natijasida konsolidatsiya va ijtimoiy konsolidatsiyaga bo‘lgan ehtiyoji jamiyat uchun samaradorlik darajasini ilmiy tadqiq etish imkoniyatlariga doir targ‘ibot materiallari, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.