Mirzaev Axrorjon Azamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
    

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibn al-Arabiy tasavvufiy qarashlarining falsafiy-antropologik tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal892
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyos Baxromovich, falsafa fanlari doktori, dotsent
Rasmiy opponentlar: Boltaev Abdurahim Amonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Xolmo‘minov Jaʼfar Muhammadievich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.    
II.Tadqiqotning maqsadi Ibn al-Arabiy tasavvufiy qarashlarini falsafiy-antropologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn al-Arabiy falsafiy-antropologik ta’limotida inson tabiati voqeiy va hayotiy asosda tasniflanishi (faol ijtimoiy subekt), unga xos shaxsiy fazilat va qobiliyatlarning (jism, aql va ruh birligi), tabiatida ixtiyor, tanlash, ma’rifat va o‘zini anglash kabi hayotiy funksiyalarning ijtimoiy asoslari hamda asosiy maqsad (ma’rifat, haqiqatni anglash va komillikka etish) va vazifalari (faol ma’naviy vazifa va mas’ul va maqsadli mavjudot) konseptual asoslangan; 
Ibn Arabiy tasavvufiy-irfoniy qarashlari asosida ilohiy ilmda barcha moddiy narsalarning g‘oyalari mavjudligi, ular ilohiy ilm negizidan kelib chiqishi (irfoniy bilimning aql bilan uyg‘unligi) hamda pirovardida unga qaytishi haqidagi tasavvufga xos tajribani (ilhom, kashf, yaqin) inson va borliq birligi uyg‘unlashuvi g‘oyasiga asoslangan falsafiy tizim ko‘rinishida ratsionallashtirgani ochib berilgan; 
Ibn al-Arabiy tasavvufiy qarashlarida “Alloh – odam – olam” birligi munosabatlarshning ontologik, irfoniy va ma’naviy o‘zaro bog‘lanishlar tizimiga asoslanishi hamda mutlaq haqiqatning mohiyatini anglash (ilm, fahm va kashf) va bilishda musulmon ilohiyotidagi yondashuvlarga munosabati “vahdat ul-vujud”, “insoni komil”, irfoniy tajriba, ruhiy poklanish va ma’naviy safar konsepsiyalari asosida aniqlashtirilgan;
Ibn Arabiyning tasavvufiy ta’limotidagi “inson tabiati”, “komil inson”, “qalb va nafs istaklari” tushunchalari asosida borliqning yaratilish sababi va oxirgi maqsadi konsepsiyasining mohiyati axloqiy ideal, faol subekt sifatida ochib berilgan hamda olamning kosmogon xaritasini tushunishga doir yondashuvi ilohiy ilm, ruhiy olam, real olam, moddiy olam xususiyatlari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibn al-Arabiy tasavvufiy qarashlarining falsafiy-antropologik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Ibn al-Arabiy falsafiy-antropologik ta’limotida inson tabiati voqeiy va hayotiy asosda tasniflanishi (faol ijtimoiy subekt), unga xos shaxsiy fazilat va qobiliyatlarning (jism, aql va ruh birligi), tabiatida ixtiyor, tanlash, ma’rifat va o‘zini anglash kabi hayotiy funksiyalarning ijtimoiy asoslari hamda asosiy maqsad (ma’rifat, haqiqatni anglash va komillikka etish) va vazifalari (faol ma’naviy vazifa va mas’ul va maqsadli mavjudot)ga oid ilmiy xulosa va yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlash hamda buuurtma asosida “O’rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy falsafiy merosi” nomli ensiklopedik kitobni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 10-fevraldagi 02/60-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn al-Arabiy ta’limotidagi “komil inson” konsepsiyasi mamlakatimizda tasavvufiy ta’limotlarni falsafiy-antropologik yondashuv asosida tahlil qilishda muhim manba va manbashunoslik, falsafa tarixi, islom dini tarixi va ta’limoti kabi fan sohalari bo‘yicha tayyorlangan ilmiy to‘plam, monografiya va kitoblarni boyitishga xizmat qilgan;
Ibn Arabiy tasavvufiy-irfoniy qarashlari asosida ilohiy ilmda barcha moddiy narsalarning g‘oyalari mavjudligi, ular ilohiy ilm negizidan kelib chiqishi (irfoniy bilimning aql bilan uyg‘unligi) hamda pirovardida unga qaytishi haqidagi tasavvufga xos tajribani (ilhom, kashf, yaqin) inson va borliq birligi uyg‘unlashuvi g‘oyasiga asoslangan falsafiy tizim ko‘rinishida ratsionallashtirganiga oid ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar Respublika va ma’naviyat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 7-iyundagi 218/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Arabiy tasavvufiy qarashlari asosida konfessiyalararo va millatlararo bag‘rikenglikni mustahkamlash, jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasidagi hamjihatlik madaniyatini yuksaltirish va m ma’naviy-ma’rifiy vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
Ibn al-Arabiy tasavvufiy qarashlarida “Alloh – odam – olam” birligi munosabatlarshning ontologik, irfoniy va ma’naviy o‘zaro bog‘lanishlar tizimiga asoslanishi hamda mutlaq haqiqatning mohiyatini anglash (ilm, fahm va kashf) va bilishda musulmon ilohiyotidagi yondashuvlarga munosabati “Vahdat ul-vujud”, “Insoni komil”, irfoniy tajriba, ruhiy poklanish va ma’naviy safar konsepsiyalari asosida aniqlashtirilganligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 29-martdagi 02-06-431-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Arabiy falsafiy-antropologik qarashlari, xususan “komil inson”, “qalb va nafs istaklari” kabi tushunchalari ilmiy-ma’rifiy kontentning boyitilishiga, yoshlar ongini mustahkamlashga, tasavvufga oid bilimlarni ommalashtirish va uni zamonaviy kontekstda tushunishga, fikrlash va tahlil qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
Ibn Arabiyning tasavvufiy ta’limotidagi “inson tabiati”, “komil inson”, “qalb va nafs istaklari” tushunchalari asosida borliqning yaratilish sababi va oxirgi maqsadi konsepsiyasining mohiyati axloqiy ideal, faol subekt sifatida ochib berilgan hamda olamning kosmogon xaritasini tushunishga doir yondashuvi ilohiy ilm, ruhiy olam, real olam, moddiy olam xususiyatlari doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining g‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 29-martdagi 04/11-2370-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn al-Arabiy tasavvufiy qarashlari asosida irfon va Vahdat al-vujud falsafasining mohiyati, “Komil inson g‘oyasi” hamda diniy bilimlarning zamonaviy shaxs tarbiyasi va imon butligini ta’minlashdagi ahamiyatini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish