Xudayarova Zaynab Rajabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek milliy musiqali teatr aktyorining shakllanishida xalq badiiy ijodiyotining o‘rni”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/San151.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Oltinoy Qosimovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmetjanova Muqaddas Vahobovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Abdurasulov Shoxrux Abdunaimovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy musiqali drama aktyorlik san’ati shakllanishida xalq badiiy ijodkorligining o‘rni, roli va ahamiyati masalalarini an’analar va yangi tamoyillar kontekstida  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalq badiiy poetik ijodi hamda og‘zaki teatri shaklan musiqali drama san’ati bilan ifoda vositalari ko‘lami, ijrochilik yo‘llari, uslubiy sifatlariga ko‘ra yaqinligi, an’analar mazmunidagi xalq badiiy ijodkorligi hamda ijrochilik uyg‘unligi zamonaviy musiqali drama teatri aktyorligi takomilida ustuvor ahamiyat kasb etishi asoslangan;
an’anaviy teatrning xalfalik, qiziqchi, masxarabozlik turlaridagi teatr zahirasi Onajon Sobirova, Onabibi Otajonova (Ojiza), Sultonposhsha Rahimova, Onabibi Ochilova, Bibijon Iskandarova kabi xalfa va xalfa-aktyorlar, Abror Hidoyatov, Maryam Yoqubova, Soyib Xo‘jaev, Qalandar Boyjonov, Otamurod Bobojonov kabi xalq ijodkorligidan etishib chiqqan sahna ustalari ijodi misolida tadqiq etilib, ulardagi sinkretizm, badihago‘ylik, quvvai hofiza, kinesika vositalaridan foydalanish, kechinma san’ati bilan uyg‘unlashuv, uslubiy rang-baranglik, san’atlararo o‘zaro ta’sirlanish va diffuziya jarayonlari o‘zbek musiqali drama aktyorligi shakllanishida ahamiyat kasb etganligi isbotlangan. 
1940-yillarning oxiri – 1950-yillarda to‘liq shakllangan o‘zbek aktyorlik san’ati maktabi va undagi uch asosiy – qahramonona-romantik, lirik-poetik va xarakterli-komedik yo‘nalishlar shakllanishida xalq poetik ijodkorligidan ta’sirlanish hamda kechinma san’ati qonuniyatlariga tayanish ustuvor o‘rin tutganligi aniqlangan; 
o‘zbek musiqali drama teatri aktyorligi istiqboli milliy qadriyatlarga asoslangan mumtoz spektakllarga e’tiborni kuchaytirish, dramatik ijroda sinkretizm, mahobatli talqin, so‘z qudratini oshirish, vokalda esa milliy ohangni titratma, qochirim, nola kabi ijro usullarida takomillashtirish hamda zamonaviy teatr san’atining ilg‘or uslub va vositalariga uyg‘unlashishga bog‘liq ekanligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek milliy musiqali teatr aktyorining shakllanishida xalq badiiy ijodiyotining o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek xalq badiiy poetik ijodi hamda og‘zaki teatri shaklan musiqali drama san’ati bilan ifoda vositalari ko‘lami, ijrochilik yo‘llari, uslubiy sifatlariga ko‘ra yaqinligi, an’analar mazmunidagi xalq badiiy ijodkorligi hamda ijrochilik uyg‘unligi zamonaviy musiqali drama teatri aktyorligi takomilida ustuvor ahamiyat kasb etishini isbotlovchi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi poytaxt va viloyat teatrlari faoliyatini kompleks o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 1-maydagi 02-12-05-339-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatr san’atidagi tashkiliy-ijodiy jarayonlarda milliy meros ahamiyatini oshirish, repertuar tanlash, mavzular ko‘lamiga doir tushuncha va tasavvurlarni kengaytirishga muvaffaq bo‘lingan;
an’anaviy teatrning xalfalik, qiziqchi, masxarabozlik turlaridagi teatr zahirasi Onajon Sobirova, Onabibi Otajonova (Ojiza), Sultonposhsha Rahimova, Onabibi Ochilova, Bibijon Iskandarova kabi xalfa va xalfa-aktyorlar, Abror Hidoyatov, Maryam Yoqubova, Soyib Xo‘jaev, Qalandar Boyjonov, Otamurod Bobojonov kabi xalq ijodkorligidan etishib chiqqan sahna ustalari ijodi misolida tadqiq etilib, ulardagi sinkretizm, badihago‘ylik, quvvai hofiza, kinesika vositalaridan foydalanish, kechinma san’ati bilan uyg‘unlashuv, uslubiy rang-baranglik, san’atlararo o‘zaro ta’sirlanish va diffuziya jarayonlari o‘zbek musiqali drama aktyorligi shakllanishi isbotlangan ilmiy xulosalardan “Mahalla” telekanalida efirga uzatilgan “O‘shal damlar”, “Xushvaqt”, “Shoh Life” kabi teatr arboblari ijodini yoritgan ko‘rsatuvlar ssenariysini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali DUKning 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-15-616-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhim faktik ma’lumotlarga asoslangan ko‘rsatuvlar orqali teatr san’ati va yirik san’atkorlar faoliyati keng targ‘ib etilgan;
1940-yillarning oxiri – 1950-yillarda to‘liq shakllangan o‘zbek aktyorlik san’ati maktabi va undagi uch asosiy – qahramonona-romantik, lirik-poetik va xarakterli-komedik yo‘nalishlar shakllanishida xalq poetik ijodkorligidan ta’sirlanish hamda kechinma san’ati qonuniyatlariga tayanish ustuvor o‘rin tutganligi aniqlanganini tasdiqlovchi ilmiy xulosalardan “Ochiq namoyish”, “Telexiyobon” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2024-yil 27-apreldagi 02-40-1011-son ma’lumotnomasi). Natijada, spektakl tahlili, obraz ustida ishlash, teatr aktyorligi san’ati borasidagi yangi manbalar vositasida tomoshabinlar estetik didiga ta’sir ko‘rsatishga erishilgan; 
o‘zbek musiqali drama teatri aktyorligi istiqboli milliy qadriyatlarga asoslangan mumtoz spektakllarga e’tiborni kuchaytirish, dramatik ijroda sinkretizm, mahobatli talqin, so‘z qudratini oshirish, vokalda esa milliy ohangni titratma, qochirim, nola kabi ijro usullarida takomillashtirish hamda zamonaviy teatr san’atining ilg‘or uslub va vositalariga uyg‘unlashishga bog‘liq ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi poytaxt va viloyat teatrlari faoliyatini kompleks o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 1-maydagi 02-12-05-339-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatrda spektakllar sahnalashtirish amaliyotini nazariya bilan uyg‘unligini ta’minlash, aktyorlik izlanishlarida badiiy an’analarga vorisiylik asoslarini yanada mustahkamlashga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish