Maxkamova Gulnora Abilkasimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX-XXI asrlar Samarqand kashtachiligidagi badiiy jarayonlar”, 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/San154.
Ilmiy rahbar: Fatxullaev Ravshan Sa’dullaevich,san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Binafsha Nodir, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)doktori, Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX-XXI asrlar Samarqand kashtachiligik markazi rivojlanishining tamoyillari: badiiy jarayonlarining asosiy xususiyatlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr Samarqand kashta naqshlari to‘rtta guruhga: samoviy naqshlar, zoomorf naqshlar, o‘simliksimon va maishiy buyumlar naqshlari, epigrafik naqshlarga ajratilib, ulardagi realistik tasvirlar sobiq ittifoq davri mafkurasi ta’sirida paydo bo‘lgani, ramziy motivlarda esa an’anaviy chiziqli nusxaga xos tantanavorlik, mahobatlilik aks etgani dalillangan;
XX asr Urgut markazi kashtachiligi Samarqandning oq-sarg‘ish matoga jigarrang, yirik doirali, qalin barglar bilan o‘ralgan kashta uslubini etnoijtimoiy sabablar tufayli o‘zlashtirgani, Chelak, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om tumanlarida mazkur uslubdagi qora rangga nisbatan “qayg‘u”, “motam” tushunchalari bo‘lgani sababli rang-baranglik yetakchilik qilgani, an’anaviy “tigli”, “yulduz” naqshlari chevarlar ongiga chuqur o‘rnashgani uchun saqlangani aniqlangan;
XXI asr Samarqand viloyati Jomboy tumani kashtado‘zlari qadimiy naqshlar haqida ma’lumotga ega emasliklari sababli ularning ijodida birgina uslib – oq matoga jigarrang, yirik doyirali, qalin barglar bilan o‘ralgan kashta ko‘rinishi yetakchilik qilayotgani, urgutlik kashtado‘zlar ijodiga lokal xususiyat singib ketganligi sababli “qalampir”, “bodom”, “anor”, “kordi osh”, “taqa” kabi qadimgi naqshlar, ularga xos badiiylik va sifat darajasini saqlab kelayotgani aniqlangan;
XXI asr Samarqand shahar kashtachiligida qadimgi an’anaviy naqshlar: “abri-bahor”, “tigli”, “yulduz”, “chor chiroq”, “S” ko‘rinishli, “sanduqa”, “Jannat daraxti”, “bedi majnun” kabilari bilan chevarlarning notanishligi va iqtisodiy talablar sababli keskin qisqargani, kashta matosi uchun ipak qog‘ozdan foydalanish va qisman tabiiy ashyolarni tayyorlash saqlanib kelayotgaligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX-XXI asrlar Samarqand kashtachiligidagi badiiy jarayonlarni talqin qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
XX asr Samarqand kashta naqshlari to‘rtta guruhga: samoviy naqshlar, zoomorf naqshlar, o‘simliksimon va maishiy buyumlar naqshlari, epigrafik naqshlarga ajratilib, ulardagi realistik tasvirlar sobiq ittifoq davri mafkurasi ta’sirida paydo bo‘lgani, ramziy motivlarda esa an’anaviy chiziqli nusxaga xos tantanavorlik, mahobatlilik aks etgani, XX asr Urgut markazi kashtachiligi Samarqandning oq-sarg‘ish matoga jigarrang, yirik doirali, qalin barglar bilan o‘ralgan kashta uslubini etnoijtimoiy sabablar tufayli o‘zlashtirgani, Chelak, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om tumanlarida mazkur uslubdagi qora rangga nisbatan “qayg‘u”, “motam” tushunchalari bo‘lgani sababli rang-baranglik yetakchilik qilgani, an’anaviy “tigli”, “yulduz” naqshlari chevarlar ongiga chuqur o‘rnashgani uchun saqlangani xaqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy telerediokompaniyasi “O‘zbekiston tarxi” telekanalida namoyish qilingan “Tarixiy savol” teleko‘rsatuvining “Samarqand –me’morlik gultoji” nomli dasturini namoyish qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi davlat muassasining 2024-yil 11-iyundagi 06-31-731-son ma’lumotnomasi). Natijada keng ommani o‘zbek madaniy merosining biq qismi bo‘lgan Samarqand kashtachiligidagi badiiy xususiyatlar xaqidagi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan va Samarqand kashtachiligiga xos mulohazalarini kengaytirishga xizmat qilgan;
XXI asr Samarqand viloyati Jomboy tumani kashtado‘zlari qadimiy naqshlar haqida ma’lumotga ega emasliklari sababli ularning ijodida birgina uslib – oq matoga jigarrang, yirik doyirali, qalin barglar bilan o‘ralgan kashta ko‘rinishi yetakchilik qilayotgani, urgutlik kashtado‘zlar ijodiga lokal xususiyat singib ketganligi sababli “qalampir”, “bodom”, “anor”, “kordi osh”, “taqa” kabi qadimgi naqshlari fotolaridan, Samarqand shahar kashtachiligida qadimgi an’anaviy naqshlar: “abri-bahor”, “tigli”, “yulduz”, “chor chiroq”, “S” ko‘rinishli, “sanduqa”, “Jannat daraxti”, “bedi majnun” kabilari bilan chevarlarning notanishligi va iqtisodiy talablar sababli keskin qisqargani, kashta matosi uchun ipak qog‘ozdan foydalanish va qisman tabiiy ashyolarni tayyorlash saqlanib kelayotgaligi xaqidagi ilmiy ma’lumotlardan III Toshkent xalqaro amaliy bezak san’ati Biennalesining “Zamonaviy amaliy bezak san’ati: bezak va uslub” nomli Bosh ko‘rgazma hamda Toshkent fotosuratlar uyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston amaliy san’ati tarixidan” nomli fotoko‘rgazmalarining ilmiy konsepsiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2025-yil 28-fevraldagi 01-17/180-359-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand kashtalari va kashtado‘zlari haqidagi ma’lumotlar ko‘rgazmaning badiiy ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilgan va keng ommaga Samarqand kashtalarining ilgari namoyish qilinmagan fotolari, eskizlari bilan tanishtirish imkonini bergan va qalamkashlar ijodi bilan tanishish orqali ularning ma’naviy olamini va estetik didini o‘stirish imkonini bergan;
kashtachilikdagi “ustoz-shogir” an’analarining mavjudligi, Samarqandlik kashtado‘zlar ijodidagi an’analar tarixi, ularning kashta tikish texnikasi va naqsh chizish uslubi haqidagi ma’lumotlardan Oliy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Metodika obucheniya izobrazitel`nogo iskusstvo” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i 677143-son guvohomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmada amaliy san’at turlari qatorida kashtachilik, jumladan Samarqand kashtachiligidagi kashtado‘zlar va qalamkashlar ijodi va naqsh nusxalari bilan tanishib, bilimlariniing boyishiga xizmat qilgan.