Numonjonov Shoxzodbek Dilshodjon o‘g‘li
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4525
Ilmiy rahbar: Shaxodjaev Maxmudjon Axmedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash
Rasmiy opponentlar: Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muxammadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. pedagogika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitish mazmuni pedagogik jarayonda umumkasbiy ta’limning barcha bosqichlarimaqsadli paramertlarning amaliy-funksionalligiga uyg‘un holda ustuvorlik berilishiga ko‘ra boyitilgan;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarda kasbiy-adaptiv malakani baholashning faoliyatli-texnologik va shaxsiy-natijaviy darajalari qayta aloqaga kirishuvining bosqichma-bosqich intensivligini uyg‘un holda ta’minlashga ko‘ra aniqlashtirilgan;
“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi asoslari” kursini o‘qitishning metodik ta’minoti kasbiy faoliyat mazmunini pedagogik loyihalarni implemintatsiyalash hamda ratsional dualizatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida texnik-texnologik xavfsizlik qoidalari anglash, kasbiy mas’uliyatni rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlari orqali samaradorlik darajasini emperik baholash imkoniyatlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirishning nazariy asoslari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitish mazmuni pedagogik jarayonda umumkasbiy ta’limning barcha bosqichlari maqsadli paramertlarning amaliy-funksionalligiga uyg‘un holda ustuvorlik berilishiga ko‘ra boyitish bo‘yicha taklifdan “Elektrotexnika fanini o‘qitishda talabalarga texnika xavfsizligini o‘qitish metodikasi” nomli elektron dastur ishlab chiqishda hamda “6102022 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirishda va “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlar senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2023-yil 8 noyabrdagi 02/02-02-153-sonli ma’lumotnomasi; “O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 28 apreldagi 04-36-646-son ma’lumotnomasi). Taklif oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishning nazariy-metodik asoslari yuksalishiga xizmat qilgan;
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarda kasbiy-adaptiv malakani baholashning faoliyatli-texnologik va shaxsiy-natijaviy darajalari qayta aloqaga kirishuvining bosqichma-bosqich intensivligini uyg‘un holda ta’minlashga ko‘ra aniqlashtirish bo‘yicha tavsiyalardan “Elektrotexnika fanini o‘qitishda talabalarga texnika xavfsizligini o‘qitish metodikasi” nomli elektron dastur ishlab chiqishda hamda “6102022 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirishda va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2023-yilning iyun oyida o‘tkazilgan “Mehnat muhofazasi haftaligi”ni samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2023-yil 8 noyabrdagi 02/02-02-153-sonli ma’lumotnomasi; Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2023-yil 11 sentyabrdagi 02-22/938-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat muhofazasini samarali tashkil etish va texnika xavfsizligi qoidalarini zamonaviy modullar asosida o‘qitish orqali talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini yuksalishiga xizmat qilgan;
“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi asoslari” kursini o‘qitishning metodik ta’minoti kasbiy faoliyat mazmunini pedagogik loyihalarni implemintatsiyalash hamda ratsional dualizatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid taklif Erasmus+ dasturining 5-sonli tanlov natijalari asosida 2019 - 2022 yillarda bajarilgan 609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP raqamli SPACECOM: “Kosmik tizimlari va aloqa bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” (New study program in space systems and communications engineering) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2023-yil 6 noyabrdagi 4/17-4/4-10431-son ma’lumotnomasi). Ilmiy taklif bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini tadqiqot mazmuniga moslashtirish texnologiyalarini takomillashtirish uchun muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy texnika ta’limida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi asosida texnik-texnologik xavfsizlik qoidalari anglash, kasbiy mas’uliyatni rivojlantirish mezonlari va ko‘rsatkichlari orqali samaradorlik darajasini emperik baholash imkoniyatlari aniqlashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalaridan “Elektrotexnika fanini o‘qitishda talabalarga texnika xavfsizligini o‘qitish metodikasi” nomli elektron dastur ishlab chiqishda hamda “6102022 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2023-yil 8 noyabrdagi 02/02-02-153-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi, ularni kasbga yo‘naltirish va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish mahoratini rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan.