Xayitov Xushvaqt Saparbaevichning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qonun ijodkorligida ekspertiza o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02–«Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Yu67.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Xamedov Isa Axlimanovich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxamedjonov Omonulla Zokirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ruziev Zafar Rayimovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qonun ijodkorligi bosqichlarida turli ekspertizalar o‘tkazishning ilmiy-nazariy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonun loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilguniga qadar fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida tayyorlanishi qonunlarning xalqchil va mukammal qabul qilinishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ko‘rsatilishi qonunlarning sifatli ijro etilishiga hissa qo‘shishi asoslantirilgan;
qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi va ommaviy muhokama qilinishini jamoatchilik nazoratining alohida shakli sifatida belgilash qonun loyihalarini tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi asoslantirilgan;
jamoatchilik nazorati ob’ektiga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda jamoatchilik manfaatlari va fikrini hisobga olishga doir faoliyatni kiritish hamda uning xolislik prinsipi asosida o‘tkazilishi lozimligi asoslantirilgan;
qonun loyihalari matnlarida muayyan sohaga oid bo‘lgan va tor doiradagi mutaxassislargina tushunadigan atamalarning izohini ko‘rsatish, shuningdek, vakolatli davlat organlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini alohida belgilash zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qonun ijodkorligida ekspertiza o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qonun loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilguniga qadar fuqarolik jamiyati institutlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida tayyorlanishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi qonuniga (16-modda) o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 14 martdagi 06/1-05/2683 vx-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish qonun ijodkorligida jamoatchilik hamda ilmiy doira vakillari fikrini o‘rganish faoliyatini kuchaytirishga xizmat qilgan;
qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ko‘rsatilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonuniga (24-modda) o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 14 martdagi 06/1-05/2683 vx-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish qonundagi normalarni ijro etish va uni aholi o‘rtasida targ‘ib etish mexanizmini rivojlantirishga xizmat qilgan;
qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi va ommaviy muhokama qilinishini jamoatchilik nazoratining alohida shakli sifatida belgilash haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonuni (9, 12-moddalari) loyihasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 19 apreldagi 05/02-11-49-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish jamoatchilik nazoratining jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik muhokamasi kabi shakllarining huquqiy asoslanishiga hissa qo‘shgan;
jamoatchilik nazorati ob’ektiga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda jamoatchilik manfaatlari va fikrini hisobga olishga doir faoliyatni kiritish hamda uning xolislik prinsipi asosida o‘tkazilishi lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonuni (4, 5-modda) loyihasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 19 apreldagi 05/02-11-49-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish qabul qilinayotgan qonunlarda jamoatchilik manfaatlari va fikrini hisobga olishning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga va bunda xolislik prinsipining belgilanishiga hissa qo‘shgan;
qonun loyihalari matnlarida muayyan sohaga oid bo‘lgan va tor doiradagi mutaxassislargina tushunadigan atamalarning izohini ko‘rsatish, shuningdek, vakolatli davlat organlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini alohida belgilash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi qonuni (3, 12, 16, 17, 26-moddalari) loyihasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2018 yil 28 avgustdagi 06/02-05/615-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish qonun loyihasi matnida muayyan mutaxassislikka oid atamalardan foydalanish va vakolatli davlat organ vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilashning huquqiy mexanizmini mustahkamlashga xizmat qilgan.