Sultanov Akram Abduxolikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Teri leyshmaniozini davolash va uning profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.2.PhD/Tib2753.
Ilmiy rahbar: Xaitov Qaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.; Nabiev Tal’at Abduvaxabovich, tibbiyot fanlari doktori,
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi immun-mikrobiologik tekshiruvlar natijalariga asoslanib, teri leyshmaniozini patogenetik davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teri leyshmaniozi kasalligida aksariyat hollarda teridagi patologik jarayonning tananing ochiq qismi yuz, qo‘l va oyoq sohalari terisida joylashishi, 69,4% yarali- nekrotik shakli hamda 30,6% tugunli-infil`trat shaklida kechishi isbotlangan;
teri leyshmaniozining yarali-nekrotik va tugunli-infil`trativ shakli bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobida IL-2 va IL-8 sitokinlari konsentratsiyasining nazorat guruhi ma’lumotlariga nisbatan sezilarli darajada oshishi (mos ravishda 4,56 ± 0,09 pg/ml va 39,46 ± 1,03 pg/ml) hamda bemorlarning ushbu guruhlarida IL-4 sitokini konsentratsiyasining nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada pasayganligi (mos ravishda 1,58 ± 0,02 pg/ml) isbotlangan;
teri leyshmaniozining tugunli-infil`trativ va yarali-nekrotik klinik shakllarida patologik o‘choqlarda Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Microcococae yo‘ldosh mikroorganizmlari teri leyshmaniozining rivojlanishi va kechishining og‘irlashuviga olibkeladigan asosiy omillardan bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
teri leyshmaniozini an’anaviy davolashga nisbatan Baneotsin preparati bilan kompleks davolash bemorlarda IL-2, IL-8 va IL-4 sitokinlari miqdorini me’yor darajasiga kelishi, patologik o‘choqlarning mikroorganizmlardan tozalanishi, klinik o‘zgarishlarning sezilarli yaxshilanish va yaxshilanish orqali kasallikning yarali-nekrotik shaklida davolash muddati davomiyligini 1,3 barobarga, tugunli-infil`trativ shaklida 1,2 barobarga qisqartirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Teri leyshmaniozini davolash va uning profilaktik chora-tadbirlarini takomillashtirish, kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda patogenetik asoslangan davolash usullarini takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: «Teri leyshmaniozini mahalliy davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi (Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspertlar kengashining 21.06.2024 yil 06/24-342x-sonli xulosasi). Ushbu uslubiy tavsiya teri leyshmaniozini tashxislash va davolash algoritmini takomillashtirish imkonini berdi.
birinchi ilmiy yangilik: teri leyshmaniozi kasalligida aksariyat hollarda teridagi patologik jarayonning tananing ochiq qismi yuz, qo‘l va oyoq sohalari terisida joylashishi, 69,4% yarali-nekrotik shakli hamda 30,6% tugunli-infil`trativ shaklida kechishi. Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.07.2024-yildagi № 25-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Jizzax viloyati hududiy filiali 14.09.2024-yildagi № 214-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi zoonoz teri leyshmaniozini erta tashxislash erta davolanishga imkon beradi, bu ko‘pchilik bemorlarda chuqur va aniq yaralar hosil bo‘lishiga olib kelmaydi, ayniqsa jarohatlar asosan terining ochiq soxalarida joylashganligi uchun bu o‘z navbatida kosmetik chandiqli nuqsonlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy samaradorligi leyshmaniyani aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda tashkil etilgan laboratoriya tekshiruvlarini hisobga olgan holda diagnostika bosqichini o‘rtacha 2 baravar kamaytiradi, bu yotoq kunlariga qarab 2 yotoq kunini tashkil qiladi. 1 yotoq-kun narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, samaradorlik 72 bemorga 11880000 so‘mni tashkil qiladi. An’anaviy tekshirish va davolash usullaridan foydalangan holda xarajatlar har bir bemor uchun 3300000 so‘mni tashkil etadi, ishlab chiqilgan usul esa statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish imkonini beradi, bu har bir bemor uchun 2145000 so‘m iqtisodiy ekvivalentda ifodalanadi. Xulosa: zoonoz teri leyshmanioziga chalingan bemorlarni davolash takomillashtirilib, bu byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini har bir bemorga 1155000 so‘m miqdorida tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: teri leyshmaniozining yarali-nekrotik va tugunli-infil`trativ shakli bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobida IL-2 va IL-8 sitokinlari konsentratsiyasining nazorat guruhi ma’lumotlariga nisbatan sezilarli darajada oshishi (mos ravishda 4,56 ± 0,09 pg/ml va 39,46 ± 1,03 pg/ml) hamda bemorlarning ushbu guruhlarida IL-4 sitokini konsentratsiyasining nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada pasayganligi (mos ravishda 1,58 ± 0,02 pg/ml) Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.07.2024-yildagi № 25-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Jizzax viloyati hududiy filiali 14.09.2024-yildagi № 214-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi o‘tkazilgan tadqiqotlar dermatozning erta bosqichlarida ma’lum mavsumiylikni hisobga olgan holda terining ochiq joylarida o‘ziga xos shakllanishlar paydo bo‘lganda dermatovenerologik xizmatda bemorlarni erta davolash zarurligini ko‘rsatadi, bu esa tegishli davolanishga imkon berib, kosmetik nuqsonlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy samaradorligi leyshmaniyani aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda tashkil etilgan laboratoriya tekshiruvlarini hisobga olgan holda diagnostika bosqichini o‘rtacha 2 baravar kamaytiradi, bu yotoq kunlariga qarab 2 yotoq kunini tashkil qiladi. 1 yotoq-kun narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, samaradorlik 72 bemorga 11880000 so‘mni tashkil qiladi. An’anaviy tekshirish va davolash usullaridan foydalangan holda xarajatlar har bir bemor uchun 3300000 so‘mni tashkil etadi, ishlab chiqilgan usul esa statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish imkonini beradi, bu har bir bemor uchun 2145000 so‘m iqtisodiy ekvivalentda ifodalanadi. Xulosa: zoonoz teri leyshmanioziga chalingan bemorlarni davolash takomillashtirilib, bu byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini har bir bemorga 1155000 so‘m miqdorida tejash imkonini berdi.
uchunchi ilmiy yangilik: teri leyshmaniozining tugunli-infil`trativ va yarali-nekrotik klinik shakllarida patologik o‘choqlarda Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Microcococae yo‘ldosh mikroorganizmlari teri leyshmaniozining rivojlanishi va kechishining og‘irlashuviga olibkeladigan asosiy omillardan bo‘lib xizmat qilishi Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.07.2024-yildagi № 25-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Jizzax viloyati hududiy filiali 14.09.2024-yildagi № 214-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi zoonoz teri leyshmaniozini o‘z vaqtida aniqlash va davolash yallig‘lanish hosil bo‘lishining og‘irligini kamaytirishga va ushbu dermatozning reabilitatsiya davrini sezilarli darajada engillashtirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi leyshmaniyani aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda tashkil etilgan laboratoriya tekshiruvlarini hisobga olgan holda diagnostika bosqichini o‘rtacha 2 baravar kamaytiradi, bu yotoq kunlariga qarab 2 yotoq kunini tashkil qiladi. 1 yotoq-kun narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, samaradorlik 72 bemorga 11880000 so‘mni tashkil qiladi. An’anaviy tekshirish va davolash usullaridan foydalangan holda xarajatlar har bir bemor uchun 3300000 so‘mni tashkil etadi, ishlab chiqilgan usul esa statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish imkonini beradi, bu har bir bemor uchun 2145000 so‘m iqtisodiy ekvivalentda ifodalanadi. Xulosa: Zoonoz teri leyshmanioziga chalingan bemorlarni davolash takomillashtirilib, bu byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini har bir bemorga 1 155000 so‘m miqdorida tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: teri leyshmaniozini an’anaviy davolashga nisbatan Baneotsin preparati bilan kompleks davolash bemorlarda IL-2, IL-8 va IL-4 sitokinlari miqdorini me’yor darajasiga kelishi, patologik o‘choqlarning mikroorganizmlardan tozalanishi, klinik o‘zgarishlarning sezilarli yaxshilanish va yaxshilanish orqali kasallikning yarali-nekrotik shaklida davolash muddati davomiyligini 1,3 barobarga, tugunli-infil`trativ shaklida 1,2 barobarga qisqartirishi Ilmiy tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filiali bo‘yicha 24.07.2024-yildagi № 25-sonli buyrug‘i hamda ushbu markazning Jizzax viloyati hududiy filiali 14.09.2024-yildagi № 214-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/37-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi o‘tkazilgan tadqiqotlar dermatozning erta bosqichlarida ma’lum mavsumiylikni hisobga olgan holda terining ochiq joylarida o‘ziga xos shakllanishlar paydo bo‘lganda dermatovenerologik xizmatda bemorlarni erta davolash zarurligini ko‘rsatadi, bu esa tegishli davolanishga imkon berib, kosmetik nuqsonlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy samaradorligi leyshmaniyani aniqlash uchun qo‘shimcha ravishda tashkil etilgan laboratoriya tekshiruvlarini hisobga olgan holda diagnostika bosqichini o‘rtacha 2 baravar kamaytiradi, bu yotoq kunlariga qarab 2 yotoq kunini tashkil qiladi. 1 yotoq-kun narxi 165000 so‘mdan kelib chiqqan holda, samaradorlik 72 bemorga 11880000 so‘mni tashkil qiladi. An’anaviy tekshirish va davolash usullaridan foydalangan holda xarajatlar har bir bemor uchun 3300000 so‘mni tashkil etadi, ishlab chiqilgan usul esa statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirish imkonini beradi, bu har bir bemor uchun 2145000 so‘m iqtisodiy ekvivalentda ifodalanadi. Xulosa: zoonoz teri leyshmanioziga chalingan bemorlarni davolash takomillashtirilib, bu byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini har bir bemorga 1155000 so‘m miqdorida tejash imkonini berdi.