Rasulova Muxlisa Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda klinik-neyroimmunologik va kognitiv buzilishlar» 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2476.
Ilmiy rahbar: Rasulova Xurshidaxon Abduborievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Nilufar Safaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axrorova Shaxlo Botirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SOVID-19 bilan assotsiirlashgan ishemik insul`tga chalingan bemorlarning immunologik va klinik-neyropsixologik ko‘rsatkichlarini kompleks baholashni amalga oshirish bilan neyrokognitiv buzilishlarni erta tashxislash va kasallikning og‘irligini prognozlash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan assotsiirlashgan II da kognitiv buzilishlarning turli shakllarining uchrash chastotasi taxlil qilinib, uning klinik-nevrologik va neyrokognitiv xususiyatlari aniqlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq II bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobida kasallikning dinamikasida S-100, GFAR, MAO, NF-200 oqsillari hamda glutamat, GAMK, dofamin, serotonin, xolin va vol`tajga bog‘liq Sa2+-kanali reseptorlariga tabiiy neyrotrop autoantitanachalarning miqdorini qiyosiy jihatdan tahlil qilish orqali neyroimmunologik siljishlar isbotlangan;
klinik-neyrokognitiv va neyroimmunologik o‘zaro munosabatlar asosida COVID-19 bilan assotsiirlashgan II va ushbu patologiyadagi kognitiv buzilishlar immunopatogenezining asosiy bo‘g‘ini aniqlangan;
kognitiv buzilishlarning prediktorlari sifatida klinik-neyroimmunologik belgilarning diagnostik qiymati, ularni COVID-19 bilan bilan assotsiirlashgan II ning og‘irligi va prognozini baholashda qo‘llash imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: COVID-19 bilan ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik, neyrokognitiv va tabiiy neyrotrop antitanachalarning miqdorini baholash orqali o‘tkazilgan neyroimmunologik tekshiruvlar yordamida olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan assotsiirlashgan II da kognitiv buzilishlarning turli shakllarini uchrash chastotasi aniqlangan va shu tariqa uning klinik-nevrologik va neyrokognitiv xususiyatlari o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: amalga oshirilgan neyropsixologik tekshiruvlar va statistik hisob-kitoblar COVID-19 bilan assotsiirlashgan II da kognitiv buzilishlarning turli shakllarini uchrash chastotasini yuqori aniqlik bilan aniqlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.02.2024 yildagi 35-T-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali (08.04.2024 yildagi 01/117-son buyrug‘i) tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali huzuridagi Ekspert kengashining 06.02.2024 yildagi 6-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi yuqmagan bemorlarga nisbatan COVID-19 bilan assotsiirlashgan II rivojlanishida asosiylaridan biri hisoblangan turli darajadagi neyrokognitiv buzilishlarning paydo bo‘lishida asab tizimidagi o‘zgarishlarning o‘ziga xos rolini aniqlashdan iborat, bu esa funksional o‘zgarishlarni yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarni amalga oshirish natijalari COVID-19 bilan assotsiirlashgan II ga chalingan bemorlarda kognitiv buzilishlar diagnostikasi va prognoziga tegishli yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam bergan, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga va xodimlar vaqtini qisqartirishga imkon bergan. Xulosa: COVID-19 bilan assotsiirlashgan II o‘tkazgan bemorlarda kognitiv buzilishlar rivojlanishini bartaraf etish uchun har bir bemor uchun 2813943 so‘mdan byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: SOVID-19 bilan assotsiirlashgan II o‘tkazgan bemorlarning qon zardobida S-100, GFAR, MAO, NF-200 oqsillari hamda glutamat, GABA, dofamin, serotonin, xolin va vol`tajga bog‘liq Sa2+-kanali reseptorlariga tabiiy neyrotrop autoantitanachalarning (t-AT) miqdori yuqori darajada ishlab chiqarilishi kuzatilgan, buni II ning og‘ir kechishi va kasallikning salbiy oqibati prediktori deb hisoblash mumkin. SOVID-19 bilan assotsiirlashgan II o‘tkazgan bemorlarda kasallikning dinamikasida t-AT miqdorini baholash 28-chi kuni S-100, NF-200 va MAO oqsillariga t-AT miqdorining eng yuqori ko‘payishidan dalolat bergan. Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.02.2024 yildagi 35-T-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali (08.04.2024 yildagi 01/117-son buyrug‘i) tomonidan amaliyotga joriy qilingan ). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish SOVID-19 bilan assotsiirlashgan II ning erta oqibatlarini prognozlash imkonini bergan, bu esa statsionar davolanish muddatini qisqartirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: SOVID-19 bilan assotsiirlashgan II ga chalingan bemorlarni kompleks tekshirishni tizimlashtirish kasallikning o‘tkir va erta reabilitatsiya davrida bemorlarni tashxislash va boshqarishga o‘z vaqtida tabaqalashtirilgan yondashuvga hamda erta o‘lim va statsionar davolanishni 4-5 kunga qisqartirishga yordam bergan, bu esa har bir bemor uchun 880000 – 1020000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: neyrokognitiv testlar bilan birga neyroimmunologik usullardan foydalanish bemorlarning omon qolish ko‘rsatkichlarini yaxshilagan va shu tariqa o‘lim, nogironlik, kasalxonada qolish va moliyaviy xarajatlarni kamaytirgan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan korrelyasion tahlil NINSS shkalasi bo‘yicha II og‘irlik darajasi va t-AT ning NF-200 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rtacha (r=0,62) va S-100 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sust (r=0,30) munosabatlardan dalolat bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlar guruhida NF-200 va S-100 ga t-AT darajasining ko‘tarilishi bir vaqtning o‘zida nevrologik etishmovchilik belgilarining ortishi bilan isbotlangan. Bu esa SOVID-19 pnevmoniyasi fonida II ning prognozida ushbu oqsillar uchun t-AT ko‘payishi muhimligidan dalolat berishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.02.2024 yildagi 35-T-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali (08.04.2024 yildagi 01/117-son buyrug‘i) tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali huzuridagi Ekspert kengashining 06.02.2024 yildagi 6-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: NF-200 va S-100 ga t-AT ni aniqlashning amaliyotga joriy etilishi COVID-19 bilan assotsiirlashgan II ning kechishi og‘irligini va oqibatini prognozlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: SOVID-19 bilan bog‘liq II kechishining og‘irligini aniqlashga kompleks diagnostik yondashuv kasallikning erta oqibatini prognozi va omon qolishni yaxshilash imkonini bergan, bu esa erta o‘lim, nogironlik, kasalxonada qolish va moliyaviy xarajatlarni har bir bemor uchun 950000 so‘mga kamaytirishga yordam bergan. Xulosa: NF-200 va S-100 qiymatlarining amaliy qo‘llanilishi bemorlarning o‘lim soni, nogironligi va kasalxonada qolish muddatini kamayishi shaklida SOVID-19 bilan assotsiirlashgan II ning klinik oqibatlarini prognozlash va yaxshilashni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 assotsiirlashgan II ga chalingan bemorlarda Cer-R ga t-AT darajasi va Kasalxonadagi depressiya shkalasi bo‘yicha ballar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli bog‘liqlik (r=0,78), Xol-R ga t-AT darajasi bilan FAB ballari (r=-0,7), SChT ballari (r=-0,62) o‘rtasida bilvosita kuchli bog‘lanishlar hamda MMSE ballari bilan (r=-0,52) bilvosita o‘rtacha bog‘lanishlar aniqlangan. MAO ga t-AT darajasi bilan SChT (r=-0,61) va MMSE ballari (r=-0,60) o‘rtasida bilvosita kuchli bog‘lanishlar o‘rnatilgan. Qolgan hollarda, GABA ga t-AT darajasi bilan SChT (r=-0,48), FAB (r=-0,44), MMSE ballari o‘rtasida (r=-0,43) hamda Dof-R ga t-AT darajasi bilan kasalxonadagi havotir shkalasi ballari o‘rtasida (r=-0,38) bilvosita kuchsiz bog‘lanishlar topilgan. Bundan tashqari, bilvosita kuchsiz munosabatlar GFAP ga t-AT darajasi va TMT-A (r=-0,41) va TMT-V ballari (r=-0,35) o‘rtasida hamda Sa2+-kanallariga t-AT darajasi va TMT-V ballari (r=-0,42) o‘rtasida qayd etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ser-R, Dof-R va Xol-R ga t-AT darajasining ko‘tarilishi bir vaqtning o‘zida kognitiv va havotir-depressiv buzilishlarning rivojlanishi bilan birga keladi, Xol-R va Dof-R ga t-AT darajasining ko‘tarilishi kognitiv tizimning funksiyalari buzilishi bilan, shu jumladan, ushbu toifadagi bemorlarda frontal demensiya rivojlanishi bilan ham o‘zaro bog‘liqdir. Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.02.2024 yildagi 35-T-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali (08.04.2024 yildagi 01/117-son buyrug‘i) tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali huzuridagi Ekspert kengashining 06.02.2024 yildagi 6-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqorida o‘rganilgan neyroimmunologik markerlarning amaliyotga tatbiq etilishi COVID-19 assotsiirlashgan II da kognitiv buzilishlarning turli shakllarini rivojlanishini prognoz qilish imkonini bergan, bu esa kelgusida bemorning hayot sifatiga va ijtimoiy moslashuvchanligiga ijobiy ta’sir qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: neyrokognitiv va neyroimmunologik usullarning amaliyotda qo‘llanilishi har bir klinik holatda eng maqbul yondashuvni aniqlashga, diagnostika va prognozlash taktikasini to‘g‘ri tanlash tufayli SOVID-19 bilan bog‘liq II da kognitiv buzilishlarning rivojlanish ehtimolini bartaraf etishga yordam beradi. Xulosa: SOVID-19 bilan assotsiirlashgan II ga chalingan bemorlarda neyroimmunologik va neyrokognitiv tashxislash usullarini multifaktorial tahlili, korrelyasion tahlili, shuningdek, ularning sezuvchanligi, informativligi va o‘ziga xosligi (spesifikligi) ni aniqlash asosida reanimatsiya, intensiv terapiya va nevrologiya bo‘limlarida qo‘llash byudjet mablag‘larini tejashga imkon bergan. COVID-19 bilan assotsiirlashgan II ga chalingan bemorlarda kognitiv buzilishlar rivojlanishini bartaraf etish uchun 2813943 so‘mdan byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan