Maqsud o‘g‘li Baxtiyorning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: Ko‘ndalang tekis egilishdagi po‘lat tolalari bilan kuchaytirilgan temirbeton to‘sinning kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati va mustahkamligi.
Ixtisoslik shifri: 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4012.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Razzakov Sobirjon Jo‘raevich, texnika fanlari dokrori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/01.04.2023.T.90.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Begaliev Ulug‘bek Turdalievich, texnika fanlari doktori, professor;  
Yunusaliev Elmurod Maxamatyakubovich, texnika fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Ko‘ndalang egilishdagi fibrotemirbeton to‘sin konstruksiyalarining mustahkamligini po‘lat tolalari bilan dispers armaturalash orqali oshirishdan iborat.
III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
po‘lat tolalar bilan dispers armaturalangan fibrotemirbeton to‘sinlarda beton qorishmasi tarkibiga qo‘shiladigan  po‘lat tolalarning maqbul miqdori beton massasiga nisbatan 1÷3 foizni, tolalar uzunligi esa 10÷20 mm ni tashkil etishi eksperimental usulda asoslangan va texnologik jarayon tartibi ishlab chiqilgan;
  po‘lat tolalar bilan dispers armaturalanganda fibrobetonning cho‘zilishdagi mustahkamligi oddiy betonga nisbatan 30÷40 foizga yuqori bo‘lishi aniqlangan va tajriba-sinov usuli yordamida asoslangan; 
kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holatini tadqiq qilish asosida fibrotemirbeton  to‘sinlarning  yuk ko‘tarish qobiliyati oddiy beton to‘sinlarga nisbatan 20÷30 foizga ortishi  ishonchli eksperimental usulda aniqlangan va nazariy jihatdan   asoslangan; 
po‘lat tolalari bilan dispers armaturalanganda to‘sinlarning darzbardoshligini oddiy temirbeton to‘sinlarga nisbatan 2÷3 marta yuqori bo‘lishiga po‘lat tolalarning miqdori va uzunliklarining maqbul qiymatlarini aniqlash va qo‘llash orqali erishilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘ndalang tekis egilishdagi po‘lat tolalari bilan kuchaytirilgan temirbeton to‘sinning kuchlanganlik-deformatsiyalanuvchanlik holati va mustahkamligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi tashkilotlar tomonidan joriy etilgan: 
po‘lat tolalar bilan dispers armaturalangan fibrotemirbeton to‘sinlarni mustahkamlikka hisoblash dasturi “Kommunalta’mirloyiha” MChJ tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabining hududida joylashgan 300 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosini loyihalashga joriy etilgan (O‘zR Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 31.10.2024-yildagi №24-06/11490-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 15% gacha iqtisodiy tejamkorlikka erishilgan;
po‘lat tolalar bilan dispers armaturalangan fibrobeton ishlab chiqarish “Bunyodkor-3” MChJda joriy etilgan (O‘zR Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 31.10.2024-yildagi №24-06/11490-sonli ma’lumotnoma). Natijada po‘lat tolalari bilan dispers armaturash orqali fibrobetonning siqilishdagi mustahkamligi 10÷40 foizga, cho‘chilishdagi mustahkamligi 30÷40 foizga,  egilishdagi mustahkamligi 20÷30 foizga ortishi hisobiga xom-ashyo materiallarining tejalishiga erishilgan;
po‘lat tolalar bilan dispers armaturalangan fibrotemirbeton to‘sinlarni hisoblash dasturi “Namangan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hududiy nazorat inspeksiyasi”da loyihalash ishlari uchun joriy etilgan (O‘zR Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 31.10.2024-yildagi №24-06/11490-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishlariga qo‘llash orqali ish sifatini va mehnat unumdorligini 15÷20 foizgacha oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish