Bozorova Dilbar Toshtemirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ba’zi protonli va aproton erituvchilarda strukturaviy o‘zgarishlarning optik xususiyatlari”, 01.04.05 - Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM1192.
Ilmiy maslahatchi: Ismailova Oksana Baxtiyarovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Abdugappar Koxarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Shaymardanov Zafar Shapaatovich, fizika-matematika fanlari PhD, kat.i.x.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:Protonli va aproton eritmalarni turli komponent konsentratsiyalarida molekulalararo komplekslar va geteromolekulyar tuzlimalar strukturasi va ularning optik xarakteristikalarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta molekulyar dinamika va refraktometriya usullaridan foydalangan holda, etil spirtli eritmalarida dimetilformamid va siklogeksan 0.02 mol ulushli konsentratsiyalarida vodorod bog‘lanishlar orqali strukturaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi aniqlandi va ayni shu konsentratsiyada vodorod bog‘lanishlar sof holdagi etil spirtidagi vodorod bog‘lanishlardan kuchli ekanligi ko‘rsatildi;
molekulyar spektroskopiya usullari bilan refraktometriya yordamida etanolning suvli eritmalarida geteromolekulyar tuzlimalar etil spirtining 0-0.1 mol ulushli konsentratsiya oralig‘ida suv molekulalaring klatrat strukturalar hosil qilishi aniqlandi;
dimetilfarmamid, tetragidrofuran, asetonitrilning suvli binar eritmlarida 0.3 mol ulushli konsentratsiyasida eritmalarining ortiqcha nur sindirish ko‘rsatkichining parabolik shaklidan chetlanishi OH bog‘lanishlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi refraktometriya yordamida aniqlandi;
birinchi marta suv/sirt faol moddalar konsentratsiyasi nisbati 5-7 oralig‘ida ularning molekulalari o‘rtasida kuchli o‘zaro ta’sirlar orqali sirt faol moddalarning strukturaviy o‘ram hosil qilishida o‘zgarish sodir bo‘lishi ko‘rsatildi va bu suv dinamikasi va misellalar shakllarining o‘zgarishiga olib kelishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Geksan, dimetilformamid, asetonitilning binar eritmalaridagi vodorod bog‘larining maksimal shakllanish konsentratsiyasini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalardan Hindiston Respublikasi, Mizoram universiteti, fizika bo‘limidagi ’’Sulvanit birikmalarining paydo bo‘layotgan ko‘p funksiyali xossalarining nazariy va eksperiment sintezi va tavsifi” (2021-2023) № INT/UZBEK/P-07 sonli loyiha foydalanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish sulvanit nanozarrachalarini sintez qilishda nanozarrachalar o‘lchamini boshqarish imkonini bergan.
Dissertatsiya ishida olingan natijalar suvli binar aralashmalarning xossalarini kompleks tarzda tadqiq qilish imkoni beruvchi Raman va FTIR spektroskopiya, refraktometriya hamda molekulyar dinamika usullarini o‘zida mujassam qilgan metodologiya taklif qilingan. Taklif etilgan metodologiya Chexiya Respublikasi, Chexiya Fanlar akademiyasi, Makromolekulyar kimyo institutidagi ’’Gibrid kordinatsion-organik sopolimerlarning oksidlanish-qaytarilish faol nanozarralari” № LM2023053 sonli loyihada qo‘llanilgan. Ushbu metodologiyadan foydalanish gibrid kordinatsion-organik sopolimerlarning oksidlanish-qaytarilish faol nanozarralarini olishda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida molekulalararo o‘zaro bog‘lanishlarni chuqurroq tushuntirish imkonini bergan.