Donaev Abduqodir Haydarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qurilishi tugallanmagan obektlarning fuqarolik-huquqiy rejimi”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1291.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nasriev Ilhom Ismoilovich – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.37.27.02:2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich yuridik fanlar doktori, professor; Baratov Mirodiljon Xomudjonovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi qurilishi tugallanmagan obektlar huquqiy rejimiga oid munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ajratilgan er uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin ko‘rsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obektlar bo‘lishi asoslangan; 
qurilishi tugallanmagan obektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu obektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilishi, bunda binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topilishi asoslab berilgan;
yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investisiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhiga, hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyiha echimlari O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo‘shni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallab ishlab chiqilishi asoslab berilgan;
uyning va yordamchi imoratlarning ustiga, yoniga qo‘shimcha imoratlar qurish yoki ularni qayta qurish to‘g‘risidagi nizo, basharti bunga umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari e’tiroz bildirgan bo‘lsa, sudlarga taalluqli bo‘lishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
ajratilgan er uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq qurilishi boshlangan, lekin ko‘rsatilgan muddatda tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, biroq qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obektlar ekanligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ–803-sonli Qonuni 37-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 4-noyabrdagi №02/6-09-81-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflar qurilishni (rekonstruksiya qilinishni) qabul qilib olish dalolatnomasi (foydalanish uchun ruxsatnoma) asosida foydalanish uchun qabul qilib olinmagan binolar va inshootlar qurilishi tugallanmagan obektlar hisoblanishini belgilashga xizmat qilgan;
qurilishi tugallanmagan obektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar tegishli loyiha tashkiloti bu obektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilishi, bunda binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘lishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 
O‘RQ–803-sonli Qonuni 37-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 4-noyabrdagi №02/6-09-81-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar binoning va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilish boshlanganligini aniqlashga imkon bergan;
yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjudlarini rivojlantirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investisiyaviy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlariga, O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhiga, hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlariga hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlari hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish va qurish to‘g‘risidagi shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentyabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-960-sonli Qonuni 12-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi №25-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va investisiyaviy rivojlantirishning huquqiy asoslarini o‘rnatishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyiha echimlari O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi, shuningdek xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlari, qo‘shni davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hududiy dasturlari hamda jahon tamoyillari hisobga olingan holda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallab ishlab chiqilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 10-sentyabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-960-sonli qonuni 49-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi №25-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhidagi loyiha echimlarini ishlab chiqish asoslarini belgilashga imkon bergan;
uyning va yordamchi imoratlarning ustiga, yoniga qo‘shimcha imoratlar qurish yoki ularni qayta qurish to‘g‘risidagi nizo, basharti bunga umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari e’tiroz bildirgan bo‘lsa, sudlarga taalluqli ekanligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentyabrdagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 14-sonli qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori 2-bandi “v” kichik bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 30-apreldagi №08/433-24-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar qurilishlar bilan bog‘liq ayrim nizolarning sudga taalluqli hisoblanishini belgilashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish