Yunusova Malikaxon Saidxabibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Ortof-S” preparatining yallig‘lanishda farmakologik samaradorligini  baholash” 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1724.
Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02. 
Rasmiy opponentlar: Zufarov Pulat Saatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ortof-S kombinatsiyalangan preparatining yallig‘lanishga qarshi samaradorligini va an’anaviy nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan gastroprotektiv ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor diklofenak va omeprazoldan iborat yangi dori vositasining 7 mg/kg dozada karragenin, formalin, dekstranli o‘tkir yallig‘lanish kechishida va surunkali yallig‘lanishning antiekssudativ, proliferativ fazalariga yallig‘lanishga qarshi samaradorligining referens diklofenak preparatiga nisbatan ustunligi, uni diklofenakga al`ternativ dori vositasi sifatida qo‘llash imkoni aniqlangan;
Ortof-S qon zardobidagi interleykin–6 ni 53%, α-o‘sma nekrozi omili  (O‘NO-α) darajasini 27% ga (r<0,05), interleykin-1β ni 30 % ga kamaytirib, yallig‘lanishga qarshi sitokin  interleykin-10 esa 50%ga oshirib, yallig‘lanishga qarshi yuqori faollik namoyon etishi aniqlangan;
Ortof-S ning uksus kislota ta’siridagi og‘riq jarayonini 76,6% ga susaytirib anal`gin preparati singari og‘riq qoldriruvchi ta’sirga egaligi, pirogenal ta’siridagi ko‘tarilgan tana haroratini paratsetamol singari pasaytirishi va uning og‘riq qoldiruvchi samarasining antipiritik ta’siridan ustunligi isbotlangan;
monoterapiyada qo‘llanilgan diklofenak bilan solishtirganda, kombinatsiyalangan dori vositasi gastroprotektor samaraga egaligi tajribaviy gastropatiyada oshqozonning eroziv zararlanishlarini va me’da shirasi miqdorini kamaytirganligi (r<0,01) bilan izohlangan bo‘lib, bu kombinatsiyani NYaQDV ta’sirida kelib chiqqan gastropatiyada, surunkali revmatologik yallig‘lanish kasalliklarini davolashda va oldini olishda tavsiya qilishga asos bo‘lishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
diklofenak va omeprazoldan iborat yangi dori vositasining farmakologik samaradorligini baholash  buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor diklofenak va omeprazoldan iborat yangi dori vositasining 7 mg/kg dozada karragenin, formalin, dekstranli o‘tkir yallig‘lanish kechishida va surunkali yallig‘lanishning antiekssudativ, proliferativ fazalariga yallig‘lanishga qarshi samaradorligining referens diklofenak preparatiga nisbatan ustunligi, uni diklofenakga al`ternativ dori vositasi sifatida qo‘llash imkoni aniqlanganligi Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasi 2024 yil 25 noyabrdagi 669-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasi 29.11.2024 yildagi 630-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mahalliy yangi dori vositasining o‘tkir va surunkali yallig‘lanishda samaradorligi bemorlar orasida kasallikni erta tashhislash va davolash, asoratlarni oldini olish, nogironlar sonini va o‘lim darajasini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ortof-S dori vositasining yuqori  samaradorligi, uni o‘tkir va surunkali yallig‘lanish farmakoterapiyasining tannarxini pasaytirish, ambulator va statsionar davolanish kunining qisqarishi bilan izohlanadi. Xulosa: diklofenak va omeprazolning kombinatsiyalangan dori vositasining yallig‘lanishga qarshi samaradorligi NYaQDV larining tibbiyotda qo‘llash imkonini kengaytiradi va uni yallig‘lanishni davolashda va oldini olishda tavsiya qilishga asos yaratadi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: Ortof-S qon zardobidagi interleykin–6 ni 53%, α-o‘sma nekrozi omili  (O‘NO-α) darajasini 27% ga (r<0,05), interleykin-1β ni 30 % ga kamaytirib, yallig‘lanishga qarshi sitokin  interleykin-10 esa 50%ga oshirib, yallig‘lanishga qarshi yuqori faollik namoyon etishi aniqlanganligi Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasi 2024 yil 25 noyabrdagi 669-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasi 29.11.2024 yildagi 630-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ortof-S dori vositasini  surunkali yallig‘lanish kasalliklarini davolashga qaratilgan terapiya yo‘nalishlarida muhim amaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: Dori vositasining qon tomirlarni mustahkamlovchi, antipiritik, anal`getik samaradorligi nogironlar sonini kamaytirish, bemorlarning ish qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi. Xulosa: ortof-S  bilan revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondillit va boshqa surunkali yallig‘lanish bilan kechuvchi kasalliklarni konservativ davolash bemorlarda bo‘g‘imlardagi shishlarni kamayishiga, og‘riq sindromini engillashishiga, gastropatiya rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, hayot sifatini yaxshilanish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Ortof-S ning uksus kislota ta’siridagi og‘riq jarayonini 76,6% ga susaytirib anal`gin preparati singari og‘riq qoldriruvchi ta’sirga egaligi, pirogenal ta’siridagi ko‘tarilgan tana haroratini paratsetamol singari pasaytirishi va uning og‘riq qoldiruvchi samarasining antipiritik ta’siridan ustunligi isbotlanganligi Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasi 2024 yil 25 noyabrdagi 669-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasi 29.11.2024 yildagi 630-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ortof-S dori vositasining NYaQDV ta’sirida kelib chiqqan gastropatiyada, surunkali revmatoid yallig‘lanish kasalliklarini davolashda va oldini olishda tavsiya qilinishi nogironlar sonining kamayishiga asos hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mahalliy Ortof-S dori vositasining yuqori gastroprotektorlik samaradorligi, uni o‘tkir va surunkali yallig‘lanish farmakoterapiyasining tannarxini pasaytirish, ambulator va statsionar davolanish kunining qisqarishi bilan izohlanadi. Xulosa: diklofenak va omeprazolning kombinatsiyalangan  dori vositasining tibbiyotda qo‘llanilishi  NYaQDV ta’sirida kelib chiqqan gastropatiyada, surunkali revmatoid yallig‘lanish kasalliklarini davolashda va oldini olishda tavsiya qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: monoterapiyada qo‘llanilgan diklofenak bilan solishtirganda, kombinatsiyalangan dori vositasi gastroprotektor samaraga egaligi tajribaviy gastropatiyada oshqozonning eroziv zararlanishlarini va me’da shirasi miqdorini kamaytirganligi (r<0,01) bilan izohlangan bo‘lib, bu kombinatsiyani NYaQDV ta’sirida kelib chiqqan gastropatiyada, surunkali revmatologik yallig‘lanish kasalliklarini davolashda va oldini olishda tavsiya qilishga asos bo‘lishi isbotlanganligi Toshkent Farmatsevtika instituti “Innovatsion farmatsevtik birikmalar” ilmiy laboratoriyasi 2024 yil 25 noyabrdagi 669-sonli buyrug‘i hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti biokimyo ilmiy laboratoriyasi 29.11.2024 yildagi 630-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/33-sonli xulosasi).   Ijtimoiy samaradorligi: ortof-S dori vositasini  surunkali yallig‘lanish kasalliklarini davolash va kasallik asoratlarini rivojlanish xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: diklofenak va omeprazolni alohida  tavsiya etish xarajatlarini Ortof-S farmakoterapiyasida kamayishi aniqlandi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimida resurslarni tejash, uzoq muddatli davolash xarajatlarini kamaytirish va yallig‘lanishga qarshi mahalliy dori vositalarining arsenalini kengayishiga imkon yaratadi. Xulosa: ortof-S ning import dori vositalari o‘rnini bosuvchi mahalliy preparat sifatida tavsiya etilishi va klinik amaliyotga joriy qilinishi yallig‘lanish kasalliklarini davolashning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ortof-S dori vositasiga TSt 42-01:2002 standarti asosida farmakopeya maqolasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi  markazi» Davlat muassasasi tomonidan ro‘yxatga olingan (Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma raqami  DV/M 03831/06/21).

Yangiliklarga obuna bo‘lish