Sherqulov Qodir Usmonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rektal oqmalarni tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3075.
Ilmiy rahbar: Davlatov Salim Sulaymonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmetov Nurlan Raxmetovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: I.K. Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
oqma yo‘lini kesishning texnik jihatlarini takomillashtirish orqali to‘g‘ri ichak oqmalari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
to‘g‘ri ichak oqmasi bo‘lgan bemorlarda ichki kanalni aniq ko‘rsatish va oqma yo‘lining anal sfinkter tolalariga nisbatini aniqlash uchun pararektal kletchatkaning ul`tratovush tekshiruvi, kichik chanoqning magnit-rezonans tomografiyasi hamda oqmani sifatli kontrastlashni ta’minlaydigan maxsus qurilma ishlab chiqilgan;
jarrohlik amaliyotining radikalligini ta’minlashda anal sfinkterining butunligini saqlab qolishga qaratilgan anal oqmalarni kesib olishning texnik va taktik jihatlari operatsiyadan keyingi dastlabki asoratlar chastotasini 8,9% dan 2,6% gacha kamaytirishi asoslangan;
to‘g‘ri ichak murakkab oqmalarini jarrohlik davolashda anal sfinkter mushak tolalarini shikastlamaydigan va jarrohlik davolash uchun kamroq vaqt talab qiladigan modifikatsiyalangan tugmali zond va zaytunli egiluvchan silindrsimon o‘tkazgichdan foydalanish texnik jihatdan asoslangan;
operatsiyadan keyingi davrning kechishiga ta’sir qiluvchi omillarni, anal sfinkter etishmovchiligi ehtimolini va kasallikning qaytalanish xavfini patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda, anal oqmasida amaliyot bajarilgan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun maxsus shkala takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Rektal oqmalarni tashxislash va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 26.11.2024 y. 09/37-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: to‘g‘ri ichak oqmasi bo‘lgan bemorlarda ichki kanalni aniq ko‘rsatish va oqma yo‘lining anal sfinkter tolalariga nisbatini aniqlash uchun pararektal kletchatkaning ul`tratovush tekshiruvi, kichik chanoqning magnit-rezonans tomografiyasi hamda oqmani sifatli kontrastlashni ta’minlaydigan maxsus qurilma ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3818-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.10.2024 y. 152-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: to‘g‘ri ichak oqmalarining murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarda oqma yo‘lining joylashuvini aniqlash va optimal jarrohlik davolashni tanlash maqsadida fistulografiya, to‘g‘ri ichak va pararektal kletchatkaning ul`tratovush tekshiruvi, kichik chanoqning magnit-rezonans tomografiyasini o‘z ichiga olgan kompleks tekshiruv majburiy ekanligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: to‘g‘ri ichak oqmalarining murakkab shakllari bo‘lgan bemorlarda oqma yo‘lining joylashuvini aniqlash va optimal jarrohlik davolashni tanlash taktikasi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 5 kun uchun 1945220 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855550 so‘m sarflanadi. Xulosa: to‘g‘ri ichak oqmasi bo‘lgan bemorlarda to‘g‘ri ichak va pararektal kletchatkaning ul`tratovush tekshiruvi, kichik chanoqning magnit-rezonans tomografiyasi hamda oqmani sifatli kontrastlashni ta’minlaydigan maxsus ishlab chiqilgan qurilmalardan foydalangan holda fistulografiyani o‘z ichiga olgan nurli diagnostika usullari, ichki teshikni aniq ko‘rsatish va oqma yo‘lining anal sfinkter tolalariga nisbatini aniqlash imkonini beradi. Bu esa operatsiyadan oldingi adekvat tashxisni ta’minlaydi va jarrohlik taktikasini tanlashni osonlashtiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jarrohlik amaliyotining radikalligini ta’minlashda anal sfinkterining butunligini saqlab qolishga qaratilgan anal oqmalarni kesib olishning texnik va taktik jihatlari operatsiyadan keyingi dastlabki asoratlar chastotasini 8,9% dan 2,6% gacha kamaytirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3818-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.10.2024 y. 152-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichak oqmalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda operatsiya jarayonini soddalashtiradigan modifikatsiyalangan tugmachali zond va zaytunli egiluvchan silindrsimon o‘tkazgich ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: modifikatsiyalangan tugmachali zond va zaytunli egiluvchan silindrsimon o‘tkazgich bilan ishlanganda operatsiya oldi qo‘shimcha tekshiruv usullariga extiyoj kuzatilmaydi. Bu esa o‘z navbatida bemorlarning ko‘shimcha o‘z xisobidan mablag‘ to‘lanmaydi. Xulosa: to‘g‘ri ichak oqmalari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm, ko‘rsatilayotgan yordam sifatini yaxshilashga imkon berdi. Bu operatsiyadan keyingi dastlabki asoratlar chastotasini 8,9% dan 2,6% gacha (χ2 mezoni bo‘yicha r=0,027), kasallikning qaytalanishini 6,4% dan 1,8% gacha (χ2 mezoni bo‘yicha r=0,031) pasaytirish va anal sfinkter etishmovchiligini 8,5% dan nolga tushirish orqali amalga oshirildi. 
uchinchi ilmiy yangilik: to‘g‘ri ichak murakkab oqmalarini jarrohlik davolashda anal sfinkter mushak tolalarini shikastlamaydigan va jarrohlik davolash uchun kamroq vaqt talab qiladigan modifikatsiyalangan tugmali zond va zaytunli egiluvchan silindrsimon o‘tkazgichdan foydalanish texnik jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3818-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.10.2024 y. 152-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: anal sfinkter mushak tolalarini shikastlamaydigan va jarrohlik davolash uchun kamroq vaqt talab qiladigan modifikatsiyalangan tugmali zond va zaytunli egiluvchan silindrsimon qurilma bilan ishlashda ichki kanalni aniqlash va operatsiyadan keyingi erta asoratlarni oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu joriy qilingan modifikatsiyalangan tugmali zonddan foydalanish yordamida bemorlar uchun umumiy iqtisodiy samaradorlik 20% gacha qisqarishi kuzatiladi. Xulosa: murakkab to‘g‘ri ichak oqmalarini jarrohlik davolashda modifikatsiyalangan tugmali zond va zaytunli egiluvchan silindrsimon o‘tkazgichdan foydalanish texnik jihatdan osonroq, anal sfinkter mushak tolalarini shikastlamaydi va jarrohlik davolash uchun 80,5±7,3 daqiqadan 44,2±5,1 daqiqagacha vaqt talab qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi davrning kechishiga ta’sir qiluvchi omillarni, anal sfinkter etishmovchiligi ehtimolini va kasallikning qaytalanish xavfini patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda, anal oqmasida amaliyot bajarilgan bemorlarning hayot sifatini baholash uchun maxsus shkala takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 17.10.2024 y. 3818-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 26.10.2024 y. 152-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: to‘g‘ri ichak oqmasi kesilgan bemorlarning hayot sifatini baholash shkalasi bemorlarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy kundalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionar sharoitda davolanishining 3 kungacha qisqarishini inobatga olsak, jami asosiy guruxdagi bemorlarning iqtisodiy ko‘rsatkich o‘z navbatida taqqoslash guruxidan 30% gacha byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari 858000 so‘m (SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi preyskurantiga ko‘ra) tejashga olib keldi. Xulosa: asosiy guruhda qo‘llanilgan sfinkter saqlovchi jarrohlik aralashuvlar an’anaviy sfinkter choki bilan oqmani kesish jarrohlik aralashuvlariga nisbatan kamroq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatini talab qiladi, operatsiyadan keyingi davrning yanada qulay kechishi, og‘riq sindromining kamroq ifodalanishi - 6,0±0,2 ballga qarshi 1,6±0,3 ball; kasalxonada yotish muddatining qisqaligi - 17,4±3,1 kunga qarshi 10,1±2,2 kun va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatining kamroq bo‘lishi bemorlarning hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, davolashning ijobiy natijalariga erishish uchun moliyaviy xarajatlarni kamaytiradi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish