Ziyadullaeva Xulkar Oblakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan chaqaloqlarda gemostaz holatining ba`zi ko‘rsatkichlari va tomir endoteliysi xususiyatlari» mavzusidagi 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2730.
Ilmiy raxbar: Dilmuradova Klara Ravshanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01. 
Rasmiy opponentlar: Bobomuradov Turdikul Akramovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Rabbimova Dilfuza Toshtimerovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: surunkali gipoksiya va o‘tkir asfiksiya bilan  tug‘ilgan chaqaloqlarda gemostaz holati va tomir endoteliysi xususiyatlarini baholash orqali asab tizimining perinatal zararlanishini erta aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali homila ichi gipoksiyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda qon yopishqoqligining oshishi harakterli bo‘lib, endotelial disfunksiya negizida trombotsitopeniya, trombotsitlar o‘rtacha o‘lchamining oshishi, hamda trombotsitlar aktivatsiya va agregatsiyasining kuchaishi isbotlangan;
ilk bor og‘irlashgan akusherlik anamneziga ega onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda endotelin-1 konsentratsiyasining ortishi bosh miya tomirlarida qon aylanish tezligining sekinlashishiga olib kelishi natijasida asab tizimi zararlanishi aniqlangan va endotelin-1 surunkali homila ichi gipoksiyasida qon tomirlarning zararlanish markeri sifatida qo‘llanishi asoslangan; 
surunkali gipoksiya negizida tug‘ilgan chaqaloqlar kindik qonidagi endotelin-1 ko‘rsatkichi bilan fibrinogen (r=+0,91) va markaziy asab tizimi doplerometriya parametrlari RI (O‘MA) (r=+0,82) orasida kuchli musbat xamda Galen venasidagi qon oqimi tezligi (r=-0,80) o‘rtasida esa manfiy korrelyasion  bog‘liqlik aniqlangan;
bosh miya qon tomirlarida qarshilik indeksining oshishi va Galen venasida qon oqimi tezligining kamayishi kabi ko‘rsatkichlar serebral gemodinamika buzilishini tasdiqlovchi mezon sifatida qo‘llash orqali asab tizimi perinatal zararlanishining  erta tashxisoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asab tizimining perinatal zararlanishi bo‘lgan chaqaloqlarda gemostaz holatining ba`zi ko‘rsatkichlari va tomir endoteliysi xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali homila ichi gipoksiyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda qon yopishqoqligining oshishi harakterli bo‘lib, endotelial disfunksiya negizida trombotsitopeniya, trombotsitlar o‘rtacha o‘lchamining oshishi, hamda trombotsitlar aktivatsiya va agregatsiyasining kuchaishi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 31 yanvardagi 6-son bilan tasdiqlangan “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda markaziy asab tizimini perinatal zararlanishi patogenezida Endotelin-1 ning roli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va Bola Salomatligi Ilmiy-Amaliy Tibbiet Markazi Samarkand Filialining 2024 yil 26 fevraldagi 143-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasining 2024 yil 20 fevraldagi 89-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali xomila ichi gipoksiyasi bilan tugilgan chakaloklarda gemostaz tizimidagi uzgarishlarnining erta diagnostikasi  orkali markaziy asab tizimidagi trombogemorragik asoratlarni erta aniklash maksadli terapiya urnatish va kasallikning asoratini kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: asab tizimining perinatal zararlanishlarida  gemostaz tizimidagi  buzilishlarni o‘z vaqtida va maqsadli terapiya amalga oshiriladi va bu chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limida 1 ta bemorning 4 kunlik harajatlarini 1793368 so‘mni tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor og‘irlashgan akusherlik anamneziga ega onalardan tug‘ilgan chaqaloqlarda endotelin-1 konsentratsiyasining ortishi bosh miya tomirlarida qon aylanish tezligining sekinlashishiga olib kelishi natijasida asab tizimi zararlanishi aniqlangan va endotelin-1 surunkali homila ichi gipoksiyasida qon tomirlarning zararlanish markeri sifatida qo‘llanishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va Bola Salomatligi Ilmiy-Amaliy Tibbiet Markazi Samarkand Filialining chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlari 2024 yil 26 fevraldagi 143-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasi neonatal bo‘limi 2024 yil 20 fevraldagi 89-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashgilgan 2024 l 26 noyabr 9-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bosh miyadagi qon tomir zararlanishlarining mahsus informativ biomarkerlaridan foydalanish orqali, asab tizimini perinatal zararlanishlarini asoratlarini erta prognoz qilish erta va o‘z vaqtida davolash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni kamaytirish, boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va neonatal reanimatsiya bo‘limida har bir chaqaloqning davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 5380844  so‘m tejaladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali gipoksiya negizida tug‘ilgan chaqaloqlar kindik qonidagi endotelin-1 ko‘rsatkichi bilan fibrinogen (r=+0,91) va markaziy asab tizimi doplerometriya parametrlari RI (O‘MA) (r=+0,82) orasida kuchli musbat xamda Galen venasidagi qon oqimi tezligi (r=-0,80) o‘rtasida esa manfiy korrelyasion  bog‘liqlik aniqlangan,ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 29 maydagi 10-soni bilan tasdiqlangan “Yangi tugilgan chakaloklarning asab tizimini perinatal zararlanishlarida ul`trtatovush tekshiruvi erdamida erta tashxis kuyishning axamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va Bola Salomatligi Ilmiy-Amaliy Tibbiet Markazi Samarkand Filialining chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlari 2024 yil 26 fevraldagi 143-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasi neonatal bo‘limi 2024 yil 20 fevraldagi 89-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bosh miya tuzilmalari va kon tomirlarida kon aylanishi xolati tugrisida  o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning erta bosqichlarida davolanishni boshlash orqali asoratlar va nogironlik xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usulni kundalik amaliyotga joriy etilishi iqtisodiy samarasi gipoksiya ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asab tizimining perinatal zararlanishining oldini olish orqali chaqaloqlar salomatligini yaxshilaydi va qimmat muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi xar bir bemorga taxminan 1 kunda davlat byudjetiga 1345211  so‘m foyda keltiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bosh miya qon tomirlarida qarshilik indeksining oshishi va Galen venasida qon oqimi tezligining kamayishi kabi ko‘rsatkichlar serebral gemodinamika buzilishini tasdiqlovchi mezon sifatida qo‘llash orqali asab tizimi perinatal zararlanishining  erta tashxisoti takomillashtirilgan va bu takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 29 maydagi 10-soni bilan tasdiqlangan “Yangi tugilgan chakaloklarning asab tizimini perinatalzararlanishlarida ul`trtatovush tekshiruvi erdamida erta tashxis kuyishning axamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika Ixtisoslashtirilgan Ona va Bola Salomatligi Ilmiy-Amaliy Tibbiet Markazi Samarkand Filialining chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi va chaqaloqlar patologiyasi bo‘limlari 2024 yil 26 fevraldagi 143-sonli buyrug‘i bilan, 1-son tug‘ruq majmuasi neonatal bo‘limi 2024 yil 20 fevraldagi 89-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabr 9-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: serebral gemodinamikani yaxshilash orqali bosh miyada yuzaga kelgan uzgarishlarni uz vaktida bartaraf kilishga erishiladi davolanish xarajatlarini kamaytiriladi, diagnostik muolajalar va shifokorga takroriy tashriflar zaruratini minimallashtiradi va tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi bolalar salomatligining yaxshilanishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga asoslangan va kasallikning prognozini yaxshilashga va bolalarning faol hayot davomiyligini oshirishga yordam beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish