Rahmonov Jaloliddin Akmalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ensuring the righs and obligations of investors in international law: current problems and development prospecs” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Yu1201.
Ilmiy rahbar: Ismailova Gulnoza Saidiganikhodjaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04. 
Rasmiy opponentlar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori, professor; Yakubxodjaev Umid Anvarxodjaevich yuridik fanlar doktori.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.   
II. Tadqiqotning maqsadi global miqyosda investorlar manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashni, shuningdek, ushbu sohadagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishni nazarda tutadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Investisiya loyihalarida ijtimoiy mas’uliyat va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilish lozimligi, bu esa ularning atrof-muhit va jamiyatga salbiy ta’sirini kamaytirishga yordam berishi asoslantirilgan; 
yanada qulay qonunchilik va investisiya muhitini yaratish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarni barqaror rivojlanishiga yo‘naltirilgan investisiyalarini ko‘paytirishda qo‘llab-quvvatlash lozimligi kerakligi asoslantirilgan; 
rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fan, texnika va innovatsiyalarga investisiyalarni jalb etish hamda qo‘llab-quvvatlash orqali hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, investisiyalar va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, mahalliy innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston milliy qonunchiligi va xalqaro huquq o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan xorijiy investisiya faoliyatini tartibga solishga kompleks huquqiy yondashuvni belgilash, milliy qonunchilik normalariga rioya qilish, xalqaro majburiyatlar bilan uyg‘unlashtirish va investisiya faoliyati ishtirokchilari uchun huquqiy muammolarni minimallashtirish uchun huquqiy asos yaratish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilash zarurati asoslantirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
ijtimoiy masʼuliyat va barqaror rivojlanish standartlariga rioya qilish to‘gʻrisidagi taklif BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2024-yil 22-sentyabrda qabul qilingan "Kelajak uchun pakt"ning 58-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2024-yil 7-noyabrdagi dalolatnomasi). Ijtimoiy masʼuliyat va barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish investisiya loyihalarining atrof-muhitga va jamiyatga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirishga yordam bergan. Bu ham investorlar, ham qabul qiluvchi davlatlar uchun uzoq muddatli manfaatlar asosini yaratishga xizmat qilgan;
barqaror rivojlanishda investisiyalarni oshirishni ragʻbatlantirish borasida rivojlanayotgan mamlakatlarni, jumladan, yanada qulay normativ-huquqiy va investisiya muhitini yaratish orqali qo‘llab-quvvatlash to‘gʻrisidagi taklif BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2024-yil 22-sentyabrda qabul qilingan "Kelajak uchun pakt"ning 4-harakatidagi (k) bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2024-yil 7-noyabrdagi dalolatnomasi). Bu rivojlanayotgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar va rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga turtki beradi. Bu esa tajriba almashish, moliyaviy ko‘mak va texnik yordam ko‘rsatishni osonlashtirishda xizmat qilgan;
rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fan, texnika va innovatsiyalarga investisiyalarni jalb etish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, investisiyalar va tadbirkorlikka, mahalliy innovatsion ekotizimlarni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha taklif  2024-yil 22-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Kelajak uchun pakt"ning 29-harakatining (f) bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Doimiy vakolatxonasining 2024-yil 7-noyabrdagi dalolatnomasi dalolatnomasi). Bu xorijiy investisiyalarni himoya qilishga qaratilgan bitimlar tuzish orqali ko‘p tomonlama va ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, davlatlarning innovatsiyalarni rag‘batlantirish va investisiya faoliyatini soddalashtirish majburiyatlarini o‘z ichiga olgan maxsus bitimlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
xorijiy davlatlar hududida investisiyalarni yo‘naltirishni tartibga solish ushbu qonunga, investisiya faoliyati amalga oshirilayotgan davlatning qonunchiligiga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilishi to‘gʻrisidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘gʻrisida”gi O‘RQ–598-sonli Qonuni 57-moddasining ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining 2024-yil 15-oktyabrdagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi milliy qonunchilik va xalqaro huquq o‘rtasida muvozanatni ta’minlashga xizmat qildi. Xorijiy davlatlarda investisiya faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston milliy qonunchiligiga rioya qilish, shuningdek, xalqaro huquq va shartnomalar bilan uygʻunlikda ishlash talab etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish