Baxodirova Shaxlo Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qodiriy asarlaridagi arxaik va lakunar birliklar tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3258
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberievna, filologiya fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Alisher Abdusalomovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriy asarlaridagi arxaik va lakunar birliklarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabatini belgilash, tushunchani aks ettirish, ta’sirchanlik, badiiylikni ta’minlash imkoniyatini yoritish, ijodkorning so‘z qo‘llash mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 Abdulla Qodiriy asarlaridagi ichki  lakunar birliklar  tizimlashtirilgan, arxaik birliklarga munosabati izohlangan, tarixiy-etimologik,  lingvostatistik jihatdan tahlil qilinib, yuzaga kelish omillari aniqlangan;
arxaik va lakunar birliklar semantik, struktur-grammatik jihatdan tasniflangan,  arxaik va lakunar leksemalar, frazemalar ajratilgan, arxaik va  lakunar semalar aniqlangan, semantik-uslubiy jihatdan dalillanib, tushuncha, belgini darajalab, harakat-holatni turli  usullarda ko‘rsatish xususiyatlari ochib berilgan;
narsa-buyum, belgi-xususiyat, harakat-holat, hajm-o‘lchov ma’nolarini bildiruvchi  arxaik va lakunar birliklar ajratilib, qo‘llanish darajasi aniqlangan, hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati belgilangan; tushunchani ifodalash xususiyatlari hamda lingvomadaniy belgilari  ko‘rsatilgan;
arxaik va lakunar leksema, frazemalarning semantik-uslubiy, lingvokulturologik  o‘ziga xosliklari isbotlanib, arxaizmga aylangan lakunar birliklar aniqlangan, adabiy tilni boyitish, ta’sirchanlik, badiiylikni ta’minlash imkoniyatlari asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Qodiriy  asarlaridagi arxaik va lakunar birliklar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
dissertatsiyada keltirilgan chipxo‘rlik “ovqatni tanlab eydigan”, targ‘il “rang”, chuchmal “ta’m”, murt “yuz qismi” kabi lakunar birliklarning aksariyati adabiy til doirasida arxaiklashgani, nomlanmagan tushuncha haqida axborot berishiga oid tahlillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  2022-2023- yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-martdagi 01/6-728-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy qatlamga mansub arxaik va lakunar birliklarning izohlari elektron platforma materialining davr nuqtayi nazaridan xilma-xilligini ta’minlagan;
adabiy tilda uchramaydigan arxaik va lakunar birliklarning shevalar tarkibida saqlanib qolgani, badiiy asarlar matnida semantik-uslubiy funksiya bajarishiga  oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  2022-2023- yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 26-martdagi 01/6-728-son ma’lumotnomasi). Natijada arxaik va lakunar birliklarning o‘zbek shevalari va turkiy tillar leksikasi o‘rtasidagi mushtaraklikni aks ettiruvchi xususiyatlari  elektron platforma materiallari mazmunini boyitgan.
O‘zbek tili lug‘at boyligini turkiy leksemalar hisobiga oshirish, semantik lug‘atlarni shakllantirish, tarjima matnlarning asliyatga muvofiqligini ta’minlash va tarjima lug‘atlarni takomillashtirish haqidagi  xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022- yillarda bajarilgan PZ–2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 3-oktyabrdagi 01/6-2689-son ma’lumotnomasi). Natijada lakunar birliklarning konseptni to‘liq ifodalash xususiyati, o‘z qatlamga oid so‘zlarni keng qo‘llash maqsadi arxaik va lakunar birliklardan keng miqyosda foydalanish imkoniyatini yaratgani haqidagi ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining mazmunan boyitilishini  ta’minlagan;
til va madaniyat, lingvokulturologiya, lakunalar, lakunar birliklar va ularga yondosh tushunchalar, arxaik birliklar,  realiyalar munosabati haqidagi tahlillardan,  Abdulla Qodiriy asarlaridagi arxaik va lakunar birliklar tavsifi, tasnifi, belgi, harakat-holat bildiruvchi leksemalarning semantik, tarixiy-etimologik xususiyatlari, tilni ichki omillar asosida boyitish imkoniyatlari, adabiy tilda uchramaydigan serkulki  “ko‘p kuladigan”, cho‘guri  “qovun turi”,  sholpar “mato turi”, chuvak  “ko‘rimsiz”,  uqa “jiyak”,  siyakinmoq “taranglashmoq” kabi bir qator lakunar birliklarning arxaizmlar va sheva so‘zlariga ajralishi haqidagi  ilmiy xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil  7-oktyabrdagi 06-28-944-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ssenariylari  XX asr boshlaridagi lisoniy vaziyat, o‘zbek tili taraqqiyoti, ichki omil, adabiy til va sheva munosabati, o‘zbek adabiy tili tarixiy taraqqiyot bosqichlaridagi lakunar birliklarning saqlanib qolishi va keyingi avlodga etkazilishida tarixiy-badiiy manbalarning, ijodkor so‘z qo‘llash  mahoratining ahamiyati, lakunar birliklarga yondosh tushunchalar izohi haqidagi materiallar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish