Kenjaev Aziz Abitqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simliklarning abiotik omillarga chidamliligini ekologik-fiziologik xususiyatlari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/B406.
Ilmiy rahbarlar: Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor; Qo‘shiev Habibjon Hojibonoevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, huzuridagi PhD.03/30.12.2019.V.72.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Dilbar Normo‘minovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik resurslarining abiotik omillarga chidamliligini, ularning ekologik-fiziologik xususiyatlarini aniqlash hamda tur va navlarga stress omillar ta’sir ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik genotirlariga suv tanqisligi va tuproq  sho‘rlanishining ta’sir ko‘rsatkichlari barglaridagi umumiy suv miqdori, barglardagi kunduzgi suv tanqisligi, hujayra shirasining quyuqlik darajasi, barg hujayralarining turgotsentlik darajasi optimal va cheklangan namlik sharoitlarida baholangan;
o‘simliklar turlari kesimida genotirlarning chidamlilik darajalari solishtirma baholanib, seleksion jarayonda tanlov ishlarini olib borish hamda boshlang‘ich manbalarni tanlash uchun noqulay abiotik omillarga bardoshlilik va mahsuldorlik darajasi yuqori bo‘lgan genotiplar fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida aniqlangan;
ilk bor ekologik stressorlar va boshqa ekstremal omillarga nisbatan majmuaviy chidamlilik hamda mahsuldorlik darajasi ilmiy asoslangan holda o‘simlik turlari va genotiplar kesimida besh ballik shkala asosida baholangan;
sho‘rlangan ekin maydonlarini o‘simliklar resurslari yordamida ekologik qayta tiklashning agroekologik asoslari ishlab chiqilgan va stress omillarga chidamli bo‘lgan navlarni tanlash orqali suv tanqisligi hamda sho‘rlangan ekin maydonlariga mos o‘simlik tur va navlarini tanlash tizimi ishlab chqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simliklarni abiotik omillarga chidamliligining ekologik-fiziologik xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘rganilgan o‘simliklar navlarining tuproq  sho‘rlanishi va suv tanqisligi omillariga nisbatan aniqlanilgan chidamlilik belgilaridan O‘zbekiston Resrublikasi Fanlar akademiyasi G‘allachilik ilmiy tadqiqot institutida abiotik omillarga chidamli navlarni yaratishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 iyundagi 08/05/2964-son ma’lumotnomasi). Natijada, abiotik stress omillarning salbiy ta’siri kuzatiladigan maydonlarga mos navlarni tanlash va joylashtirish imkonini bergan;
abiotik omillarga chidamli o‘simlik turlarining aniqlanilgan genotirlaridan Sirdaryo viloyati sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan “O‘simlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-amaliy markazi” laboratoriyasida sho‘rga va suv tanqisligiga chidamli navlarni tanlash hamda yaratishda boshlang‘ich manba sifatida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 iyundagi 08/05/2964-son ma’lumotnomasi). Natijada, stress sharoitlarda o‘simliklar mahsuldorligini oshirish texnologiyalarini yaratish imkonini bergan;
shirinmiya o‘simligi ekish asosida tuproqlarning sho‘rlanish darajasini kamaytirish va unumdorligini oshirish (3 yilda 0-50 sm qatlamda gumus 0,68-0,92%, azot 22-45 mg/kg, fosfor 13,6-18,4 mg/kg va kaliy 138-148 mg/kg gacha oshirish) texnologiyasidan Sirdaryo viloyat Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 19 arreldagi 03-01/21-415-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shirinmiya ildizlarining biologik xususiyatlariga ko‘ra azot to‘rlovchi bakteriyalarning rivojlanishi hisobiga tuproqni 2-2,5 martagacha organik komplekslar bilan boyitish imkonini bergan;
o‘simlik resurslari yordamida sho‘rlangan erlarni ekologik qayta tiklash texnologiyasi Boyovut tumanidagi “Boyovutlik zahmatkash eri” fermer xo‘jaligida ikkilamchi sho‘rlanish tufayli ishlab chiqarishda foydalanishdan chiqib ketgan 50 gektar sug‘oriladigan erda sharoitga mos tanlangan o‘simliklarni ekish asosida joriy etilgan (Tabiat resurslari vazirligining 2023 yil 19 arreldagi 03-01/21-415-son ma’lumotnomasi). Natijada, 25 yil davomida sho‘rlanish tufayli ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan 50 gektar ekin maydonini sho‘rlanish darajasi kamayishi va tuprog‘i unumdorligini oshirish hisobiga amaliyotda foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish