Xudaykulov Nuridin Djanizakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Geografik axborot tizimlari asosida o‘simlik dunyosi obektlari kadastrining kartografik-geodezik ta’minotini takomillashtirish” (Jizzax viloyati Forish tumani misolida), 11.00.07–“Geoinformatika” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4343.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Allanazarov Olimjon Raxmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, IK raqami: PhD.03/31.03.2023.T.03.06
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Shokirov Shuxrat Sobirovich, texnika fanlari doktori (DSc); Pardaboev Anvarjon Pardaboy o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geografik axborot tizimlari negizida o‘simlik dunyosi kadastr geoma’lumotlar bazasini yaratish, raqamli kartalarini tuzish va yangilash uchun aerokosmik tasvirlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik dunyosi kadastri ma’lumotlarini statistik guruhlashtirish hamda ularni kadastr geoma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinishi geografik axborot tizimlari kichik tizim algoritmi asosida takomillashtirilgan;
to‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan o‘simlik dunyosi kadastr obektlarini shakllantirish uchun amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan metodlarga kartografik va fotogrammetrik elementlarni qo‘shgan holda maxsus metodikasi ishlab chiqilgan;
masofadan zondlash materiallari ma’lumotlarni taqqoslash va  avtomatlashtirish orqali o‘simlik dunyosi kadastri obektlarini vizuallashtirish tamoyillari MZM, taqqoslash va avtomatlashtirish bosqichlarini qo‘shgan holda takomillashtirilgan;
o‘simliklar konturlarini generalizatsiya qilish darajasini miqdor jihatdan baholash uchun konturlarning cho‘zilishi va egri chiziqlar bo‘yicha tarqalishi polinom usuli yordamida hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik dunyosi kadastri ma’lumotlarini statistik guruhlashtirish hamda ularni kadastr geoma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinishi geografik axborot tizimlari kichik tizim algoritmi asosida takomillashtirilgan “O‘zdaverloyiha” DILI “Jizvilerloyiha” bo‘linmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan kadastr ishlarini yuritishda joriy qilingan 2024 yil 3 iyuldagi 05/06-02-500-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati Forish tumanining o‘simlik dunyosi kadastr ma’lumotlar bazasini geografik axborot tizimlari asosida ishlab chiqish samaradorligini 2% ga oshirish imkonini bergan;
o‘simlik dunyosi kadastr raqamli kartalarini yaratishda amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan metodlar to‘rt bosqichdan iborat bo‘lgan maxsus o‘simlik dunyosi kadastr raqamli kartalarini yaratish metodikasi kartografik, fotogrammetrik va geografik axborot tizimlari asosida ishlab chiqilgan Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax shahardagi 2024 yil 25 iyunagi 01-100-son hududlararo bo‘linmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan kadastr ishlarini yuritishda joriy qilingan 2024 yil 3 iyuldagi 05/06-02-500-son ma’lumotnomasi). Natijada, masofadan zondlash materiallari yordamida kadastr obektlarini vizuallashtirish orqali raqamli kartalarini tuzish, o‘simliklar hamda ekin turlarini aniqlash va ularning holatini geofazoviy o‘rganish natijadorligini 3% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish