Zairkulov Elyor Yoqubjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan to‘g‘ri chokli quvurlarni yuqori chastotali payvandlash texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1587
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi payvand chok metallining nuqsonlar miqdorini kamaytirish va mexanik xususiyatlarini yaxshilash uchun kam uglerodli po‘latdan tayyorlangan to‘g‘ri chokli quvurlarning yuqori chastotali payvandlash texnologiyasini ishlab chiqishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat: 
payvand birikmaning mustahkamlik xarakteristikalarini 6-8%ga oshiradigan, utgazgichda tokning taqsimlanishiga magnit utgazgich taʼsiri asosida to‘g‘ri chokli quvurlarni yuqori chastotali payvandlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yuqori chastotali payvandlashda yaqinlik effekti va yuza effekti hodisalari asosida yarimtayyor quvurning ichiga kiritiladigan magnit utgazgichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
payvand chok shaklini yaxshilab va cho‘kmaning mutlaq qiymatining 8-10%ga pasayishiga olib kelgan elektromagnit induksiya va to‘liq tok qonunlaridan foydalanib magnit o‘tkazgichning ferrit materialining tarkibi optimallashtirilgan;  
deformatsiyalanish nazariyasiga asosan quvur metallining qirralarida gofralarning hosil bo‘lishini kamayishini va payvand chokning chala erishligini 12-14%ga kamayishini ta’minlaydigan uzlyuksiz quvur payvandlash agregatlarining vallarini kalibrovkalashning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kam uglerodli po‘latlardan tayyorlanadigan to‘g‘ri chokli quvurlarni yuqori chastotali payvandlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan to‘g‘ri chokli quvurlarni yuqori chastotlai payvandlash texnologiyasi “Toshkent quvur zavodi” MChJ QKga joriy qilingan (2020-yil 16-iyuldagi 01/194-01-01 maʼlumotnoma, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJ)ga joriy qilingan. Natijada  payvand birikmalarning mustahkamlik xarakteristikalari 6-8%ga oshgan;
ishlab chiqilgan yuqori chastotali payvandlashda yarimtayyor quvur mahsulotining ichiga kiritiladigan magnit o‘tkazgichning konstruksiyasi “Toshkent quvur zavodi” MChJ QKga joriy qilingan (2020-yil 16-iyuldagi 01/194-01-01 maʼlumotnoma, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJ)ga joriy qilingan. Natijada shuntlanish induktivligi oshgan va payvand birikmaning nuqsonlari miqdori 12-14%ga kamaygan;  
taklif etilgan yuqori chastotali payvandlashda yarimtayyor quvur mahsulotining ichiga kiritiladigan magnit o‘tkazgichning ferrit materialining tarkibi “Toshkent quvur zavodi” MChJ QKga joriy qilingan (2020-yil 16-iyuldagi 01/194-01-01 ma’lumotnoma, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AJ)ga joriy qilingan. Natijada payvand chokning shakllanishi yaxshilandi va cho‘kmaning mutlaq qiymati 8-10%ga kamaygan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish