Saydaqulova Dilrabo Validjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduktiv yoshdagi ayollarda genital prolapsning profilaktikasi va davolashni takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.2.PhD/Tib818.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilchexra Yusufxonovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Baxodir Bobirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reproduktiv yoshdagi ayollarda genital a’zolar prolapsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi klinik, funksional va kollagen genlar polimorfizmi omillarini o‘rganish, qin trenajerlari bilan davolashning samaradorligini baholash va profilaktikasi hamda davolash strategiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik va anamnestik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ayollarda tos a’zolari prolapsi (TAP)ning shakllanishidagi muhim tibbiy xavf omillari ta’sirini, jumladan, hayz funksiyasining buzilishi – 29 (19,4 %), 4-6 tagacha homiladorlik – 65 (54,2 %), 3 yoki undan ortiq tug‘ruq – 81 (67,5 %), abortlar – 75 (62,5 %), semizlikning II-III darajasi – 84 (70 %), epiziotomiya va perineorafiya esa 64 (53,3 %) nafar ayolda hamda ijtimoiy xavf omillari ta’sirini 27 dan 35 yoshgacha – 69 (57,5 %), og‘ir jismoniy faoliyat – 53 (64 %) nafar ayolda isbotlangan;
PFID-20 (samarasi 1-guruhda 1,7 marotabagacha, 2-guruhda 1,3 marotabagacha) va 
PFIQ-7 (samarasi 1-guruhda 3,2 marotabagacha, 2-guruhda 2,4 marotabagacha) shkalasi yordamida reproduktiv yoshdagi TAP bo‘lgan ayollarning hayot sifati va sub’ektiv shikoyatlarini baholashning prognostik ahamiyati isbotlangan;
ayollarda pro-α1(I) deb ataluvchi I tip kollagen komponenti COL1A1 gen (χ²=1,7; p=0,0006; OR=4,0; 95% CI: 1,764–9,322) metabolizmida ishtirok etadigan fermentlarning genetik polimorfizmining roli va trenajerlarni qo‘llab, ishlab chiqilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi isbotlangan;
ayollarda TAP bosqichlari kechishi, og‘irlik darajalari rivojlanishi hamda biriktiruvchi to‘qima determenant genlari (COL1A1 rs1107946 geni va COL1A1 rs605143 geni) o‘rtasidigi korrelyasiya isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda genital prolapsning profilaktikasi va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik va anamnestik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida ayollarda TAP ning shakllanishidagi muhim tibbiy xavf omillari ta’sirini, jumladan, hayz funksiyasining buzilishi – 29 (19,4 %), 4-6 tagacha homiladorlik – 65 (54,2 %), 3 yoki undan ortiq tug‘ruq – 81 (67,5 %), abortlar – 75 (62,5 %), semizlikning II-III darajasi – 84 (70 %), epiziotomiya va perineorafiya esa 64 (53,3 %) nafar ayolda hamda ijtimoiy xavf omillari ta’sirini 27 dan 35 yoshgacha – 69 (57,5 %), og‘ir jismoniy faoliyat – 53 (64 %) nafar ayolda yaxshilash bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 29 maydagi 03-23/10-t-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Jinsiy aʼzolar prolapsi: muammoning hozirgi holati” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 21 sentyabrdagi 42-son buyrug‘i va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 27 sentyabrdagi 288-A/F-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 08/72-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: birlamchi tibbiy yordam darajasida TAP bilan reproduktiv yoshdagi ayollarni boshqarish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilaydi, vaziyatli xavf va shaxsiy xavf darajasini aniqlash qulay va samarali diagnostika usuli bo‘lib xizmat qiladi va davolashning samaradorlik ko‘rsatkichi maqsadida qo‘llaniladi va to‘g‘ri profilaktika yo‘nalishini tanlash vaqtini qisqartirishga, tanlangan davolash yo‘nalishining samaradorligi xisobiga bemor xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtosidiy samaradorligi: stimulyatorlar yordamida trenajyor mashqlar bilan shug‘ullanish shifoxonaga yotqizishdan voz kechish va har bir bemorning 10 kunlik jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 8601000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 40 nafar bemor uchun esa 344040000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam darajasida prolaps genitaliy bo‘lgan ayollarda stimulyatorlar bilan trenajyor shug‘ullanish bo‘yicha taklif etilgan algoritm, kasallikni erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini yaxshilagan, shuningdek, 1 nafar reproduktiv yoshdagi ayollarni 10 kunlik shifoxonada jarroxlik amaliyoti o‘tkazish va davolanish vaqti uchun 8601000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: PFID-20 (samarasi 1-guruhda 1,7 marotabagacha, 2-guruhda 1,3 marotabagacha) va PFIQ-7 (samarasi 1-guruhda 3,2 marotabagacha, 2-guruhda 2,4 marotabagacha) shkalasi yordamida reproduktiv yoshdagi TAP bo‘lgan ayollarning hayot sifati va sub’ektiv shikoyatlarini baholashning prognostik ahamiyati bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 29 maydagi 03-23/10-t-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Jinsiy aʼzolar prolapsi: muammoning hozirgi holati” nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2023 yil 21 sentyabrdagi 42-son buyrug‘i va Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2023 yil 27 sentyabrdagi 288-A/F-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 08/72-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: TAP takrorlanishi kamayganligi, klinik natijalarning yaxshilanishi, qin kasalliklari va ular bilan bog‘liq asoratlar darajasining pasayishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi ayollarni TAP bilan birlamchi tibbiy yordam darajasida tashxis qo‘yish va boshqarish kasallikni erta aniqlash va uning natijalarini bashorat qilish sifatini oshirishga yordam bergan, taglik stimulyatorlaridan foydalanish kasalxonaga yotqizishdagi o‘rtacha xarajatni, bir nafar ayol uchun 1 kunlik byudjet mablag‘laridan 415000 so‘mgacha tejab qolgan va 40 nafar bemorni davolashda yillik iqtisodiy samarasi 16600000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam darajasida jinsiy a’zolar prolapsi bo‘lgan ayollarda stimulyator yordamida mashqlar algoritmi kasallikning oqibatlarini erta aniqlash va bashorat qilish sifatini oshirishga yordam bergan va 10 kunlik statsionar davolanish uchun 8601000 so‘m tejash va davolanish vaqtini qisqartirish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ayollarda pro-α1(I) deb ataluvchi I tip kollagen komponenti COL1A1 gen (χ²=1,7; p=0,0006; OR=4,0; 95% CI: 1,764–9,322) metabolizmida ishtirok etadigan fermentlarning genetik polimorfizmining roli va trenajerlarni qo‘llab, ishlab chiqilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 29 maydagi 03-23/11-t-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Gential prolapsning rivojlanish xavfini oʻrganish boʻyicha genetik tadqiqotlar” nomli uslubiy tavsiyanomada ifodalangan. Toshkent shahar 2-son tug‘ruq kompleksining 2023 yil 28 sentyabrdagi 37-son buyrug‘i, Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 29 sentyabrdagi 435-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 08/72-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolanishdan so‘ng ushbu ko‘rsatkichlarning 2,5 dan 3,2 martagacha sezilarli darajada pasayishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi ayollarni TAP bilan birlamchi tibbiy yordam darajasida tashxis qo‘yish va boshqarish kasallikni erta aniqlash va uning natijalarini bashorat qilish sifatini oshirishga qaratilgan, taglik trenajyorlaridan foydalanish kasalxonaga yotqizishni oldini olgan, 40 nafar bemorni davolashda har bir bemorning 10 kunlik jarrohlik amaliyoti va kasalxonaga yotqizilishi uchun sarflanadigan xarajatni yillik iqtisodiy samarasi 344040000 tashkil etgan. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam darajasida jinsiy a’zolar prolapsi bo‘lgan ayollarda taglik stimulyatorlari yordamida tavsiya etilgan mashqlar algoritmi kasallikning oqibatlarini erta aniqlash va bashorat qilish sifatini oshirishgan,reproduktiv yoshdagi bir ayol uchun byudjet mablag‘laridan 8601000 so‘m tejash va davolanish vaqtini qisqartirish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ayollarda TAP bosqichlari kechishi, og‘irlik darajalari rivojlanishi hamda biriktiruvchi to‘qima determenant genlari (COL1A1 rs1107946 geni va COL1A1 rs605143 geni) o‘rtasidigi korrelyasiya bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 29 maydagi 03-23/11-t-son xulosasi bilan tasdiqlangan “Gential prolapsning rivojlanish xavfini oʻrganish boʻyicha genetik tadqiqotlar” nomli uslubiy tavsiyanomada ifodalangan. Toshkent shahar 2-son tug‘ruq kompleksining 2023 yil 28 sentyabrdagi 37-son buyrug‘i, Namangan viloyati Pop tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 29 sentyabrdagi 435-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 08/72-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taglik stimulyatorlari yordamida trenajyor mashqlarni olib borishga qaratilgan, hayot sifatini yaxshilash va genital prolapsning oldini olish uchun psixometrik yordam va kasallikni profilaktikasini imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reproduktiv yoshdagi ayollarni TAP bilan birlamchi tibbiy yordam darajasida tashxis qo‘yish va boshqarish kasallikni erta aniqlash va uning natijalarini bashorat qilish sifatini oshirishga yordam bergan va taglik stimulyatorlaridan foydalanish kasalxonaga yotqizishni oldini olgan va har bir bemorning 10 kunlik jarrohlik amaliyoti va kasalxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 8601000 so‘mgacha tejab, 40 nafar bemorni davolashda yillik iqtisodiy samarasi 344040000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: prolapsaning dastlabki bosqichlarida jinsiy a’zolar prolapsi bo‘lgan ayollarda stimulyatorli trenajyorlar yordamida tavsiya etilgan mashqlar algoritmi tos mushaklarini jarrohliksiz barqarorlashtirishi, tos mushaklari stimulyatorlari bilan mashqlar bajarishi, kasallikni tuzatishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashi, takroriy jarrohlik va operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirishi shuningdek, 10 kunlik statsionar davolanish uchun 8601000 so‘m tejash va davolanish vaqtini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish