Teshabaev Zafarjon Alimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo va texnogen chiqindilar asosida katalizatorlar va himoya qatlamlar ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T877.
Ilmiy maslahatchi: Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Ulug‘bek Sultonovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy mineral xomashyo va texnogen alyuminiy saqlagan chiqindilar asosida neft va gazni qayta ishlash uchun katalizatorlar va himoya qatlamlari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta kaolin fosfat sementlarining kislota-asos, qaytaruvchi va katalitik xususiyatlarining s- va d-elementlar bilan ta’siri isbotlangan;
old gidrotozalash katalizatorlarining tuzilishi va sirt xususiyatlarini shakllantirish qonuniyatlari asoslangan;
chumoli kislota bilan dezaktivlangan Co-Mo-katalizatorlarning ekstraksiya yo‘li bilan regeneratsiyasi va ekstraksiya qilingan elementlarning (Mo, Co, Ni) old gidrotozalash katalizatorlarining gidrosulfurizatsiya va demetallizatsiya funksiyalariga ta’sir qonuniyatlari asoslangan;
old gidrotozalash katalizatorlarining himoya ta’sir vaqtining g‘ovaklarning samarali diametri va hajmiga bog‘liqligi isbotlangan;
Klaus katalizatorlarining sulfatlanishini oldini olish uchun texnogen chiqindilarda himoya qatlami katalizatori olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
texnogen chiqindilarni chuqur qayta ishlash orqali old gidrotozalash katalizatorlari uchun keng g‘ovakli tashuvchilar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen chiqindilar asosida neft og‘ir fraksiyalarini qayta ishlash uchun samarador katalizator va old katalizatorlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnogen chiqindilar asosida neft og‘ir fraksiyalarini qayta ishlash uchun samarador katalizator va old katalizatorlardan foydalanish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida joriy etilgan (SANEG «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XKning 2025 yil 11 martidagi 001-0332-0555-2025-sonli ma’lumtonomasi). Natijda, mexanik aralashmalar va korroziyadan kelib chiqadigan temir birikmalarini forkatakt bilan samarali tozalash, bosimning pasayishi tufayli reaktorda AKM gidrotozalash katalizatorini 2012-2023 yillarda to‘xtamasdan ishlashtish imkonini bergan;
KPG-43/AK12 yoki KPG-37/AO-1 shifr ostida old gidrotozalash katalizatorlaridan foydalanish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida joriy qilingan (SANEG «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XKning 2025 yil 11 martidagi 001-0332-0555-2025-sonli ma’lumtonomasi). Natijada, 2012-2023 yillarda 300000 tonna neft moylarini tozalab, 280000 tonna sifat va ekologik ko‘rsatkichlari yaxshilangan maxsulot ishlab chiqarish imkonini bergan;
himoya qatlami katalizatordan foydalanish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida joriy etilgan (SANEG «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XKning 2025 yil 11 martidagi 001-0332-0555-2025-sonli ma’lumtonomasi). Natijda, asosiy qatlam katalizatori AKM ximoyalanib, koks qoldiqlari, korroziya metal zarralarini kamayishi, bosim oshishini oldini olish va ishlash vaqtini uzayishi xisobiga yillik korxonaning 4,5 miliard so‘m daromad ko‘rish imkoniyatini bergan.