Egamberdieva Zebo Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sutdor sigirlarni oziqlantirish ratsionlarida gidropon yashil ozuqalardan foydalanish”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1365
Ilmiy rahbar: Narbaeva Mavlida Kasimovna, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shodlik Nazarovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, dotsent; Giyasov Xusan Abdullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sutdor sigirlar ratsioniga xo‘jalik sharoitida bug‘doy donidan o‘stirilgan gidropon yashil ozuqalardan turli miqdorda kiritilganda, ularning sut mahsuldorligi va sutining sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyatining fermer xo‘jaligi sharoitida golshtin zotli sigirlar ratsioniga gidropon yashil ozuqa kiritilganda sigirlarning sut sog‘imi miqdorini 154 – 361 kg (5,6 – 13,2 %) ga oshirish usuli ishlab chiqilgan;
sigirlarni birinchi urug‘lantirishdan otalanish darajasi ratsioniga gidropon yashil ozuqadan kiritilgan sigirlarda nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘lib, urug‘lanish indeksi 13,3% ga ustun, servis – davri 13 kunga (13,7 %) qisqaroq va podani takror to‘ldirish koeffisienti 3,6 % ga yuqoriroq bo‘lishi isbotlangan;
sigirlar ratsionidagi kuchli em ozuqalarni to‘yimliligi bo‘yicha 35 % miqdorida gidropon yashil ozuqadanga almashtirish laktatsiyadagi sut sog‘imi nazorat guruhiga nisbatan 353,0 kg (8,3 %) ga, sut yog‘ining chiqimi 12,9 kg (8,0 %) ga, sut oqsilining chiqimi 12,8 kg (9,3 %) ga oshishi aniqlangan;
ratsioniga gidropon yashil ozuqadan turli miqdorlarda kiritilganda sut mahsuldorligining ko‘rsatkichlari ratsiondagi kuchli em ozuqalar 35 % ga almashtirilganda eng yuqori bo‘lib, laktatsiyadagi sut sog‘imi kuchli em ozuqalar 25 % va 45 % ga almashtirilgan guruhlarga nisbatan tegishlicha 151,4 kg (3,4 %) hamda 102,8 kg (2,3 %) ga yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sutdor sigirlarni oziqlantirish ratsionlarida gidropon yashil ozuqalardan foydalanish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
gidropon yashil ozuqalardan foydalanish Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Mustafoqul polvon dalasi” fermer xo‘jaligidagi qoramolchilik fermasida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 29 noyabrdagi № 02123 – 671 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida har bir sigir hisobiga 1237 ming so‘m ko‘proq sof foyda olingan va sut ishlab chiqarishning rentabellik darajasi 8,9 % ga oshgan.
Golshtin zotli sigirlarni oziqlantirishda gidropon yashil ozuqalardan foydalanib, sut mahsuldorligini oshirish va sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari Samarqand viloyati Narpay tumani “Agro Gold Spring” fermer xo‘jaligiga qarashli qoramolchilik xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 29 noyabrdagi № 02123 – 671 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarning laktatsiyadagi sut mahsuldorligi oshgan va har bir sigir hisobiga o‘rtacha 1212 ming so‘m foyda olinib, mahsulot tannnarxi 7 % ga arzonlashgan hamda sut ishlab chiqarishning rentabellik darajasi 8,5 % ga oshgan.
Golshtin zotli sigirlar ratsionidagi kuchli em ozuqalarni to‘yimliligi bo‘yicha 35 % miqdorida gidropon yashil ozuqaga almashtirish Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Suyunov Jo‘ra bobo” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 29 noyabrdagi № 02123 – 671 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sigirlarning sut mahsuldorligi oshishi natijasida har bir sigir hisobiga o‘rtacha 1207 ming so‘m qo‘shimcha foyda olingan, mahsulot tannarxi 6,5 % ga arzonlashgan va sut ishlab chiqarishning rentabellik darajasi 8,2 % ga oshgan.