Mamatov Kamol Shavqievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxonalarda pomidorni zararkunandalardan himoya qilishning zamonaviy usul va vositalarining ilmiy asoslari”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx43.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Shomil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Haytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Anorbaev Azimjon Raimkulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Issiqxonalarda pomidor zararkunandalarining tur tarkibi, tarqalishi, biologik va ekologik rivojlanish hususiyatlari, keltiradigan zarari va ularga qarshi kurashning zamonaviy usul va vositalarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagidardan iborat:
issiqxonada etishtiriladigan pomidor agrobiotsenozida 3 ta sinf, 6 ta turkum, 9 ta oilaga mansub bo‘lgan 31 ta turga kiruvchi zararkunandalarning tur tarkibi hamda tarqalishi aniqlangan;
pomidor kuyasining rivojlanishi uchun foydali harorat yig‘indisi (pastki rivojlanish chegarasi – 10,1°S bo‘lganida) tuxumdan kapalakkacha bo‘lgan davrda 253,0 ºS ga teng bo‘lishi, bitta avlodning to‘liq  rivojlanishi uchun o‘rtacha 20 ºS da 21,1 kun, 25 ºS da 16,9 kun, va 30 ºS da esa 14,1 kun kerak bo‘lishi va o‘simlik gullashning boshlanish fazasida zararlanganda 68,9-88,1%, meva pishishning boshlanish fazasida zararlanganda 41,2-44,7% hosil yo‘qotilishi isbotlangan;
pomidor zararkunandalarining iqtisodiy zarar etkazish darajasini belgilaydigan miqdor mezoni kuzgi tunlam 1 m2   da 1 ta, g‘o‘za tunlami 100 o‘simlikda 4-6 ta, gamma tunlami 100 o‘simlikda  7-8 ta, pomidor kuyasi o‘simlik 20-25% zararlansa, g‘ovaklovchi pashsha gullash davrida 1 ta bargda 0,06 ta, meva pishish davrida esa 0,42 ta va undan ortiq bo‘lganda; janub bo‘rtma nematodasi: 25 g tuproqda 2-3 ta, shira o‘simlik 15-20% zararlana boshlanganda, oqqanot shonalash davrda 20-25% o‘simlik zararlansa, hamda zang kanasi tarqagan hududlarda oldini olish uchun kurash choralarini qo‘llash kerakligi aniqlangan;
issiqxonada pomidor agrobiotsenozida 2 ta sinf, 6 ta turkum, 10 ta oila va 14 turga mansub tabiiy kushandalar (entomofaglar) uchrashi aniqlangan. So‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kushandalarni 1:5, 1:10, 1:15 va 1:20 nisbatlarda qo‘llanilganda 54,6–84,8% biologik samaradorlikka erishilishi aniqlangan;
pomidorni kuyadan himoya qilishda issiqxona formugalari, yon tomoni hamda kirish eshiklariga kapron setka qoplab, jinsiy feromon tutqichlarni qo‘llash natijasida 91,8% hosil saqlanib qolishi hamda tunlam kapalaklariga qarshi jinsiy feromonlarni bashorat qilishi uchun gektariga 3-5 ta, himoya uchun 5-30 ta, kapalaklarni chalg‘itish uchun esa 300 ta qo‘llash usuli ishlab chiqilgan;
issiqxona sharoitida pomidorda uchrovchi so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi ta’sir etuvchi moddasi diafentiuron, buprofezin+imidakloprid,, atsetamiprid, novaluron+bifentrin, abamektin bo‘lgan preparatlar qo‘llanilganda shira, oqqanot, zang kanasining  85-94% kamayganligi, kemiruvchi zararkunandalarga qarshi indoksakarb, emamektin benzoat, imidakloprid+ lyamdatsigalotrin, xloratraniliprol, indoksakabr+ abamektin asosdagi preparatlar qo‘llanilganda tunlamlar, g‘ovaklovchi pashsha hamda pomidor kuyasining 85,7-95,9% nobud bo‘lishi aniqlangan;
pomidorda so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo‘llanilgan abamektin, imidakloprid, xlorantraniliprol hamda atsetamiprid ta’sir etuvchi moddaga ega bo‘lgan preparatlarning toksik qoldiq miqdori aniqlangan.
issiqxona sharoitida etishtiriladigan pomidorda uchraydigan zararkunandalarga qarshi jinsiy feromon tutqich qo‘yish, entomofaglarni hamda mikrobiologik va kimyoviy vositalarni qo‘llashga asoslangan kurash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiqxona sharoitida etishtiriladigan pomidor ekiniga zarar etkazadigan zararkunandalarini tur tarkibi, bioekologik rivojlanish xususiyatlari keltiradigan zararini o‘rganib, ularga qarshi kurashda zamonaviy usul va vositalar hamda uyg‘unlashgan himoya qilish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
“Sabzavot, poliz hamda kartoshka ekinlarining zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurash choralari bo‘yicha tavsiya” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 noyabrdagi №05/05–04-566-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilib kelmoqda;
pomidorda uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalardan: oqqanot, poliz shirasi va zang kanaga qarshi spirotetram+imidakloprid, sipermetrin, buprofezin+ imidakloprid, atsetamiprid, diafentiuron, novaluron+bifentrin, abamektin, indoksakarb+abamektin, sipermetrin+atsetamiprid asosidagi preparatlarni qo‘llash Toshkent viloyati Qibray tumani “G‘ulom Islom Fayz” f/x – 0,2 ga, “Sevara brend style” f/x – 0,3 ga, “O.Shomurod o‘g‘li” MChJ – 1,0 ga, Samarqand viloyati Narpay tumani “Armug‘on” MChJda – 0,4 ga, Andijon viloyati Andijon tumani “Saxovat erlari” f/x – 0,2 ga hamda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar “Agrobiznes Agro Aziya”MChJ – 0,4 ga, jami 2,5 ga maydondagi issiqxonalarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida  bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 noyabrdagi №05/05–04-566-son ma’lumotnomasi). Natijada, 85,0-95,0% biologik samaradorlikka erishilgan va har gektarda 173,0-190,0 s hosil saqlab qolingan;
pomidorni kemiruvchi zararkunandalardan (kuzgi tunlam, ko‘sak qurti, gamma tunlami, g‘ovak hosil qiluvchi pashsha) himoya qilish uchun indoksakarb, emamektin benzoat, imidakloprid+lyamdatsigalotrin, xloratraniliprol, indoksakabr+abamektin, profenofos, del`tametrin asosli kimyoviy preparatlarni qo‘llash Toshkent viloyati, Qibray tumani, “O.Shomurod o‘g‘li” MChJ – 0,5 ga, Samarqand viloyati, Narpay tumani “Armug‘on” MChJ – 0,6 ga, Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Gold agro fresh” MChJ – 0,4 ga, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida – 1,0 ga (jami 2,5 ga) maydondagi issiqxonada joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 noyabrdagi № 05/05–04-566-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik samaradorlik 84,9-94,8% ga teng bo‘lib, 237,1-239,3 s/ga hosil saqlanib qolingan va olingan sof foyda 244 912,0-247 416,3 ming so‘mni tashkil etgan;
pomidor kuyasiga qarshi Mekar (0,1–0,2l/ga), Abamek (0,3 l/ga), Altakor (0,1–0,12l/ga), Benzoat super (0,15–0,25l/ga), Konfidet (0,5 l/ga), Koragen (0,2 l/ga), Avaunt (0,45 l/ga). Ampligo (0,8 l/ga) preparatlarini qo‘llash Toshkent viloyati Qibray tumani “Sevara brend style” f/x – 0,4 ga, Samarqand viloyati Narpay tumani “Armug‘on” MChJ – 0,6 ga (jami 1,0 ga) maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 noyabrdagi №05/05–04-566-son ma’lumotnomasi). Natijada, 80,0-93,0% gacha biologik samaradorlikka erishilgan va o‘simliklarni himoya qilishning foydaliligi (rentabellik) 325-373% ga teng bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish