Allayarov Nodirjon Juraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Manzarali dukkakdoshlar (Leguminosae) oilasiga mansub daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilish choralarini ishlab chiqish”, 06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx628.
Ilmiy rahbar: Nafasov Zafar Nurmaxmadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xaytmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Umarov Zafar Abdishukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Dukkakdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt zararkunandalarining tarqalishi, tur tarkibi, zarar etkazish darajasi, bioekologik xususiyatlari, dominant turlarning tabiiy kushandalari va kamzaharli insektisidlarni o‘rganish hamda ularga qarshi ekologik xavfsiz, samarali kurash choralarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikamizda manzarali dukkakdoshlar (Leguminosae) oilasiga mansub daraxtlarda 11 ta turdagi, shulardan Coleoptera turkumiga mansub 5 ta, Lepidoptera 2 ta, Ortoptera 1 ta, Hemiptera turkumiga mansub 3 ta tur zararkunandalar aniqlangan;
asosiy zararkunandalarning iqtisodiy zarar miqdor mezoni (IZMM) tasodifiy tanlangan o‘simlik barglarining 10-15% qismi shiralar bilan qoplanganligi hamda bargda bujmayish belgilari kuzatilishi, kuzgi tunlam va buzoqbosh qo‘ng‘izlari lichinkalari har metr kvadratda 1,5 -2,0 ta qurt bo‘lishi, akatsiya soxta qalqondorida 10 sm novdada 25 tadan ortiq qalqondor bo‘lishi aniqlangan;
dukkakdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxtlarga zarar keltiruvchi so‘ruvchi zararkunandalarning 9 ta tur entomofaglari, jumladan, 5 ta tur Coleoptera turkumi Coccinellidae oilasi, 1 ta tur Diptera turkumi Syrphidae oilasi, 2 ta tur Neuroptera turkumi Chrysopidae oilasi, 1 ta tur Hymenoptera turkumi Formicidae oilasiga mansub tabiiy kushandalar aniqlangan;
so‘ruvchi zararkunandalardan akasiya shirasi va akasiya soxta qalqondoriga qarshi mikrobiologik preparatlardan Bioslip BT (2,0-3,0 kg/ga) va Bioslip BV (2,0-3,0 l/ga) 75,1-89,7 % gacha bilogik samaradorlikka erishilishi isbotlangan;
donxo‘rlar (lat. Bruchidae) oilasiga mansub urug‘ zararkunandalariga qarshi Karate, 5% em.k. 0,5 l/ga 87-92%, Bagira, 20% em.k. (0,3-0,4 l/ga) qo‘llanilganda 75-95%, Entolucho, 20% sus.k. (0,3 l/ga) preparati qo‘llanilganda esa 92,0% gacha biologik samara berishi aniqlangan;
ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib manzarali dukkakdoshlar oilasiga mansub daraxatlarda asosiy zararkunandalarga qarshi ekologik xavfsiz himoya qilish choralari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zararkunandalarga qarshi kurashning ekologik xavfsiz himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida:
“Manzarali daraxtlarni zararli organizmlariga qarshi kurash bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28-maydagi №05/05-02-388-sonli ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyanoma manzarali daraxtlar ko‘chatchiligi bilan shug‘ullanadigan dehqon fermer va o‘rmon xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda.
Manzarali daraxtlar ko‘chatzorlarida buzoqbosh qo‘ng‘izlar, quyruqli buzoqbosh qo‘ng‘iz, kuzgi tunlamlar ildiz zararkunandalariga qarshi qarshi Desis 10% em.k. (0,1-0,2 l/ga), Effekt-Ekstra, 80% em.k. (1,0-1,5 l/ga) preparatlarini qo‘llash Xorazm viloyati “Anor” f/x 33,5 gektar maydonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28-maydagi №05/05-02-388-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dukkakdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxtlar ko‘chatxonalarida yuqori biologik va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
So‘ruvchi zararkunandalardan akasiya shirasi, akasiya soxta qalqondoriga qarshi mikrobiologik preparatlardan Bioslip BT (2,0-3,0 kg/ga) va Bioslip BV (2,0-3,0 l/ga) 82,0 % gacha bilogik samaradorlikka erishilgan. Karate, 5% em.k. 0,5 l/ga 87-92%, Bagira, 20% em.k. (0,3-0,4 l/ga) qo‘llanilganda 75-95%, Entolucho, 20% sus.k. (0,3 l/ga) preparati qo‘llanilganda esa 92,0% gacha biologik samaradorlikka erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28-maydagi №05/05-02-388-sonli ma’lumotnomasi). Bunda so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi «Bagira» preparati 0,3-0,4 l/ga me’yorda qo‘llash tizimi Qashqadaryo o‘rmon xo‘jaliklarida va manzarali daraxtlar ko‘chatchiligi bilan shug‘ullanuvchi dehqon fermer xo‘jaliklarida 49 301 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28-maydagi №05/05-02-388-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tajribalar o‘tkazilgan yillarga bog‘liq holda «Bagira» preparati 0,3-0,4 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 1 so‘m sarflanganda 5-7 so‘mdan iqtisodiy samaradorlikka erishilgan hamda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmalari, o‘rmon xo‘jaliklari, manzarali daraxtlar ko‘chatchiligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining xarajatlarini qisqartirishga erishilgan.