Nadirova Zoyira Payanovnaning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intuitiv bilishning falsafiy-sinergetik jihatlari” mavzusidagi 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fal244
Ilmiy maslahatchi: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Davronov Ziyod, falsafa fanlari doktori, professor; Ortiqov To‘lanboy Ortiqovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intuitiv bilishning ilmiy-falsafiy, metodologik- sinergetik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intuisiya ta’lim, fan, san’at sohasida kognitiv va innovatsion qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi sinergetik jarayon sifatida ilmiy progressga xizmat qilishi ilmiy asoslandi;
intuitiv bilish jarayoni Sharq, G‘arb falsafiy taraqqiyotida tafakkur uslubi sifatida olamni bilish imkoniyatlarining sinergetik, onto-gnoseologik xususiyatlari, ya’ni tartibsizlikdan tartibga tomon o‘tishi va aksincha holatda namoyon bo‘lishining ilmiy-metodologik ahamiyati yoritildi;
intuisiya miyaning ichki faoliyati, neyronlarning assotsiativ bog‘lanishlari, frontal, temporal, oksipital loblarning uyg‘unlashishi jarayonida ro‘y beruvchi noyob hodisa sifatida shaxslarning faoliyatida tasodifiy vaziyatlarda qarorlar qabul qilish, ijrosini ta’minlash metodologiyasi sifatida namoyon bo‘lishi dalillandi;
intuisiyaning ratsional va irratsional xossalar dialektikasi insonning ongsiz faoliyati mahsuli sifatida namoyon bo‘lishi, ijodiy tafakkurning imkoniyati sifatida ijtimoiy ong dinamikasiga konstruktiv va destruktiv ta’sir etishi isbotlandi;
intuisiyaning ijtimoiy bashorat dialektikasi tadrijiy jarayonlarni rejalashtirish, jamiyat taraqqiyotidagi beqarorlikdan barqarorlikka o‘tish usuli sifatidagi dialektik-sinergetik mohiyati ilmiy asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intuitiv bilishning falsafiy – sinergetik jihatlarini tadqiq etish asosida:
intuisiya ta’lim, fan, san’at sohasida kognitiv va innovatsion qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi sinergetik jarayon sifatida ilmiy progressga xizmat qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan (buyurtma asosida) nashr ettirilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari falsafiy tarixiy merosi ensiklopediyasi”ni boyitishda foydalanilgan (Ma’lumotnoma №02/245. 2024.11.06) Natijada, ilmiy tadqiqotda ilgari surilgan yangiliklarning joriy qilinishi Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ta’limotlarida intuisiyaning dialektika va sinergetika bilan bog‘liq jihatlariga oid g‘oyalar qiyosiy tahlil etilishiga xizmat qilgan;
intuitiv bilish jarayoni Sharq, G‘arb falsafiy taraqqiyotida tafakkur uslubi sifatida olamni bilish imkoniyatlarining sinergetik, onto-gnoseologik xususiyatlari, ya’ni tartibsizlikdan tartibga tomon o‘tishi va aksincha holatda namoyon bo‘lishining ilmiy-metodologik ahamiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” kanali “Taqdimot” ko‘rsatuvining 2024 yil 21 fevral kuni soat 16:00 da efirga uzatilgan navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Ma’lumotnoma №02-31-667). Natijada, eshittirish va ko‘rsatuvni ssenariysini mazmunan boyitishga hamda keng jamoatchilikka falsafa tarixida intuitiv bilimlarning rivojlanish jarayoni, ilmiy bilish jarayonining tizimli yondoshuvi va bunda tartib va xaos holatlarining sinergetik ahamiyatini yoritishga xizmat qilgan;
intuisiya miyaning ichki faoliyati, neyronlarning assotsiativ bog‘lanishlari, frontal, temporal, oksipital loblarning uyg‘unlashishi jarayonida ro‘y beruvchi noyob hodisa sifatida shaxslarning faoliyatida tasodifiy vaziyatlarda qarorlar qabul qilish, ijrosini ta’minlash metodologiyasi sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining turli targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Ma’lumotnoma 3-16-21-2779). Natijada xizmat qilgan. Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy amaliy tadqiqotlar orqali yosh tadqiqotchilar ilmiy faoliyatida ratsional va irratsional tafakkur, intuitiv sinergetik tafakkurning yangi imkoniyatlarini topishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ilmiy faoliyat ishlari uchun samarali xizmat qilgan;
intuisiyaning ratsional va irratsional xossalar dialektikasi insonning ongsiz faoliyati mahsuli sifatida namoyon bo‘lishi, ijodiy tafakkurning imkoniyati sifatida ijtimoiy ong dinamikasiga konstruktiv va destruktiv ta’sir etishiga oid xulosalardan materiallaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Ma’lumotnoma №228) Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda “Ma’rifatli jamiyat” barpo etishda davlat fuqarolik xizmatchilari kasbiy ma’naviyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
intuisiyaning ijtimoiy bashorat dialektikasi tadrijiy jarayonlarni rejalashtirish, jamiyat taraqqiyotidagi beqarorlikdan barqarorlikka o‘tish usuli sifatidagi dialektik-sinergetik mohiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ijtimoiy-siyosiy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (Ma’lumotnoma №01-05/243). Natijada, mamlakatimizda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy istiqbolni yaratish yo‘lidagi partiyaning kelgusi o‘n yillikdagi platformasi hamda saylovoldi dasturlarini shakllantirishga xizmat qilgan.