Tursunalieva Muxlisaxon Voxidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped4413.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nasibaxon Juraevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Baxriev Axmad Raxmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldoshev Umid Yuldoshevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari tinglash va tushunishga mos axborot almashish komponentlarini ijtimoiylikka yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda muloqotning individualligini qayta aloqali vektorida ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojalantirish texnologiyalari axborotning semantik tomonini kuchaytiruvchi vizual topshiriqlarni nutqiy faoliyatning yakka va jamoaviy shakllarida integrallashuvini ta’minlovchi barqaror faollik muhitiga ta’limda ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning funksional modeli nutqiy vaziyatlarni verbal, noverbal muloqot jarayoniga o‘zaro muvofiqlashtirish va apperseptiv kommunikatsiya negizida singdirish asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti individual qobiliyatlarni rivojlantiruvchi muloqot mashqlarini musiqa ta’limi maqsadlari identivligiga ko‘ra kognitiv ustanovkalar vositasida reglamentli adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari tinglash va tushunishga mos axborot almashish komponentlarini ijtimoiylikka yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda muloqotning individualligini qayta aloqali vektorida ta’minlash asosida takomillashtirishga doir xulosa va takliflardan “Musiqiy pedagogika va psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy bosqichlari aniqlanib uning metodik ta’minotini boyitishga erishilgan;
musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojalantirish texnologiyalari axborotning semantik tomonini kuchaytiruvchi vizual topshiriqlarni nutqiy faoliyatning yakka va jamoaviy shakllarida integrallashuvini ta’minlovchi barqaror faollik muhitiga ta’limda ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir xulosa va takliflardan FZ-202001064 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-maydagi 4/17/-4/3-2024-114-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning funksional modeli nutqiy vaziyatlarni verbal, noverbal muloqot jarayoniga o‘zaro muvofiqlashtirish va apperseptiv kommunikatsiya negizida singdirish asosida takomillashtirishga doir xulosa va takliflardan “Musiqiy pedagogika va psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida verbal va noverbal muloqot jarayoniga o‘zaro muvofiqlashuvi aniqlanib, bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga shart-sharoit yaratilgan;
bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning didaktik ta’minoti individual qobiliyatlarni rivojlantiruvchi muloqot mashqlarini musiqa ta’limi maqsadlari identivligiga ko‘ra kognitiv ustanovkalar vositasida reglamentli adaptivlashtirish asosida takomillashtirishga doir xulosa va takliflardan 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan FZ-202001064 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-maydagi 4/17/-4/3-2024-114-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning individual yondashuvga asoslangan didaktik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi ortgan.