Xaydarov Shovkatjon Madaminjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsionida biologik faol qo‘shimchalar samaradorligini gigienik baholash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3772.
Ilmiy rahbar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Mukaddas Djaloldinovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk unversiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim yoshidagi nez-tez kasallanuvchi bolalarning ovqat ratsionini biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitishni gigienik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar va qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan bolalar orasida tez-tez kasallanuvchi bolalarning salomatlik holatiga ta’sir qiluvchi gigienik xavf omillari ichida ovqatlanish tartibi, kunlik ratsioni tarkibidagi vitamin va minerallarning keskin kamayganligiga bog‘liqligining o‘rni isbotlangan;
shahar va qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsionida makro va mikronutrientlarda hayvon mahsulotlari orqali tushadigan oqsil va yog‘larining etishmovchiligi va monosaxaridlarning belgilangan fiziologik me’yordan ortiqchaligi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsioni tarkibiga kiritilgan «Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining toksikologik xavfsizligi, tarkibidagi makro- va mikronutrient, vitamin va minerallarning miqdoriy darajasi gigienik jihatdan isbotlangan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning kunlik ratsioni tarkibiga kiritilgan biologik faol qo‘shimchaning bolalar organizmidagi rux, selen, yod, temir moddalari va A, D, E hamda B guruh vitaminlar miqdorining sifat jihatdan ko‘payishini «Quantum resonance magnetic analyzer» apparati yordamida baholash tartibining yangi varianti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsionida biologik faol qo‘shimchalar samaradorligini gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asoslanganligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: shahar va qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan bolalar orasida tez-tez kasallanuvchi bolalar kontingentini kun sayin ortishi yil davomida murojaatlar va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, kunlik ovqatlanish tartibi va ratsionining gigienik talablarga mos kelmasligi bilan bog‘liqligining o‘rni asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/105-t-son bilan tasdiqlangan ««Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 04 i–son hamda Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.02.2024 yildagi 13-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: shahar va qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan bolalar orasida tez-tez kasallanuvchi bolalar kontingentini kun sayin ortishi yil davomida murojaatlar va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarning izdan chiqishi va sifatining pasayishi, kunlik ovqatlanish tartibiga rioya qilmasligi, ratsion tarkibining fiziologik va o‘rtacha kunlik me’yorlarga javob bermasligi, nonushta sifatining pasayishi, fast-fud, kolbasa mahsulotlari va monosaxaridlarning keskin ortishi bilan bog‘liqligi natijasida ularni me’yorlashtirish, erta tashxsilash orqali kasalliklarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarni kunlik ratsion tarkibini yod, gemli temir, rux, selen, mis va vitaminlar kompleksi bilan boyitilgan «Nutromix» BFQni kunlik ratsionga kiritish orqali bolalarni yiliga pediatrga qatnovlar sonini kamaytirish, shifoxonaga yotishini oldini olish natijasida bir kunlik davolanishga sarflanadigan 109000-180000 so‘m, 1 kurs uchun 1090000-1800000 so‘m, umumiy nazorat ostidagilar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: maktabgacha ta’lim yoshidagi shahar va qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsioni tarikbida makro va mikronutrientlarda hayvon oqsil va yog‘lar, meva va sabzovotlarning etishmovchiligi va monosaxaridlarning ortiqcha iste’molining o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/105-t-son bilan tasdiqlangan ««Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 04 i–son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.02.2024 yildagi 13-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktabgacha ta’lim yoshidagi shahar va qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsioni tarikbida makro va mikronutrientlarda hayvon oqsil va yog‘lar, meva va sabzovotlarning etishmovchiligi va monosaxaridlarning ortiqcha iste’moli natijasida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotlar, vitamin va minerallar miqdorining ratsiondagi kamligi hisobiga o‘suvchi organizmining o‘sish va rivojlanishidagi o‘zgarishlar bilan bir qatorda, tana tarkibiy tuzilishidagi kal`siy, yod, temir, rux, selen, moddalar hamda vitaminlar etishmasligini erta tashxislash orqali, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishini yashirish holatini erta baholash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarni kunlik ratsion tarkibini yod, gemli temir, rux, selen, mis va vitaminlar kompleksi bilan boyitilgan «Nutromix» BFQni kunlik ratsionga kiritish orqali bolalarni yiliga pediatrga qatnovlar sonini kamaytirish, shifoxonaga yotishini oldini olish natijasida bir kunlik davolanishga sarflanadigan 109000-180000 so‘m, 1 kurs uchun 1090000-1800000 so‘m, umumiy nazorat ostidagilar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsioni tarkibiga kiritilgan «Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining toksikologik xavfsizligi, tarkibidagi makro- va mikronutrient, vitamin va minerallarning miqdoriy darajasi gigienik jihatdan yuqoriligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/105-t-son bilan tasdiqlangan ««Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 04 i–son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.02.2024 yildagi 13-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarning kunlik ratsioni tarkibiga kiritilgan «Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining toksikologik xavfsizligi, tarkibidagi vitamin va minerallarning miqdoriy darajasi gigienik jihatdan yuqoriligi natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kunlik ratsioni tarkibidagi vitamin va minerallar miqdorini boyitish orqali o‘suvchi organizmining o‘sish va rivojlanishidagi o‘zgarishlarni korreksiyalash bilan bir qatorda, tana tarkibiy tuzilishidagi etishmovchiliklarni erta tashxislash, oldini olish hamda jismoniy va aqliy rivojlanishini gormonikligini ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarni kunlik ratsion tarkibini yod, gemli temir, rux, selen, mis va vitaminlar kompleksi bilan boyitilgan «Nutromix» BFQni kunlik ratsionga kiritish orqali bolalarni yiliga pediatrga qatnovlar sonini kamaytirish, shifoxonaga yotishini oldini olish natijasida bir kunlik davolanishga sarflanadigan 109000-180000 so‘m, 1 kurs uchun 1090000-1800000 so‘m, umumiy nazorat ostidagilar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning kunlik ratsioni tarkibiga kiritilgan «Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining bolalar organizmidagi rux, selen, yod, temir moddalari va A, D, E hamda B guruh vitaminlar miqdorining sifat jihatdan ko‘payishini «Quantum resonance magnetic analyzer» apparati yordamida baholash tartibining yangi varianti ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 24 avgustda 08-23/105-t-son bilan tasdiqlangan ««Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining toksikologik xususiyatlarini baholash tartibi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi bo‘yicha 02.02.2024 yildagi 04 i–son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.02.2024 yildagi 13-P-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning kunlik ratsioni tarkibiga «Nutromix» biologik faol qo‘shimchasining kunlik ratsionga kiritilishi, kunlik ratsionni korreksiyalash, qisman oqsillar, bolalar organizmidagi rux, selen, yod, gemli temir va A, D, E hamda B guruh vitaminlar miqdorining sifat jihatdan ko‘payishini «Quantum resonance magnetic analyzer» apparati yordamida baholash orqali organizmining o‘sish va rivojlanishi, tana tarkibiy tuzilishidagi kal`siy, fosfor, yod, gemli temir, rux, selen moddalar hamda vitaminlar etishmasligining ijobiy tomonga o‘zgarishi va kasallanish asoratlarini oldini olish hamda jismoniy va aqliy rivojlanishini gormonikligini ta’minlashga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: maktabgacha ta’lim yoshidagi tez-tez kasallanuvchi bolalarni kunlik ratsion tarkibini yod, gemli temir, rux, selen, mis va vitaminlar kompleksi bilan boyitilgan «Nutromix» BFQni kunlik ratsionga kiritish orqali bolalarni yiliga pediatrga qatnovlar sonini kamaytirish, shifoxonaga yotishini oldini olish natijasida bir kunlik davolanishga sarflanadigan 109000-180000 so‘m, 1 kurs uchun 1090000-1800000 so‘m, umumiy nazorat ostidagilar uchun 350980000 so‘mdan 579600000 so‘mgacha mablag‘lar iqtisod qilinadi.