Xasanov Mardon Maqsudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazmda islom dini va madaniyati tarixi (VIII – XII asrlar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1340.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Aminov Bobir Bomuradovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlibaev Makset Abdibaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Mavlonov Uktam Mahmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. VIII – XII asrlarda Xorazmda islom dini va madaniyati tarixini muayyan bir tizimga solgan holda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Arab xalifaligi davrida Xorazm vohasiga islom dinining kirib kelishi, uning mahalliy aholi tomonidan qabul qilinishi hamda yangi monoteistik dinga mahalliy xalqning munosabati tadqiq qilindi;
islom dinining Xorazmda yoyilishi borasidagi mavjud qarashlar ilmiy tahlil qilinib, bu boradagi tarix fanida shakllangan turli fikr-mulohazalarning tarixiy haqiqatga mos kelmasligi hamda islom dinining mazkur hududlarga jang yo‘li bilan kirib kelganligi, lekin ilm-ma’rifat yo‘li bilan yoyilganligi dalillandi;
Xorazmning arablar tomonidan fath etilishi, o‘lkaning arab-islom dunyosi bilan o‘zaro munosabatlari, zardushtiylarning islom dinini qabul qilishi va bu masaladagi ziddiyatlar, yangi islomiy urf-odatlar, marosimlarning bu hududda joriy etilishi tarixiy nuqtai-nazardan tahlil qilindi;
VIII – XII asrlarda yashab ijod qilgan xorazmlik olimlarning ilmiy merosi izchil ilmiy tahlil qilinib, Sharqdagi musulmon ta’lim muassasalarida ularning (xususan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va Mahmud al-Chag‘miniy) asarlaridan foydalanilgani va shu usulda saboq berilganligi isbotlandi;
o‘rta asrlarda Xorazm ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan ta’lim metodlari, ta’lim tizimining faqat ushbu o‘lkaga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlari, jumladan Xorazmda ta’lim asosan aqliy dalillarga asoslangan holda olib borilganligi yozma manbalar asosida dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazmda islom dini va madaniyatini o‘rganish va yoritish bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq qilish hamda tahlilini amalga oshirish bilan erishilgan natijalar asosida:
VIII – XII asrlarda Xorazmda yashab ijod qilgan olimlarning ilmiy merosi izchil ilmiy tahlil qilinib, o‘rta asrlarda Sharqdagi madrasalarning mudarrislari va talabalari xorazmlik olimlarning asarlarini o‘qiganligi va ulardan o‘z ilmiy ishlarida foydalanganligi aniqlangan bo‘lib, xulosa va ilmiy yangiliklar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlari doirasida foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ma’naviy tadqiqotlar instituti 23.12.2024 yildagi № 10/227-sonli dalolatnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari va ilmiy yangiliklari targ‘ibot ishlari doirasida yaratilgan materiallar mazmunini boyitishda ishlatilgan;
o‘rta asrlarda Xorazm ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan ta’lim metodlari, ta’lim tizimining faqat ushbu o‘lkaga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlari, jumladan Xorazmda ta’lim asosan aqliy dalillarga asoslangan holda olib borilganligi bilan bog‘liq xulosa va ilmiy yangiliklar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusidagi targ‘ibot ishlari doirasida foydalanildi (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ma’naviy tadqiqotlar instituti 23.12.2024 yildagi № 10/227-sonli dalolatnomasi). Natijada keng jamoatchilikda Xorazmdagi ta’lim tizimi to‘g‘risidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan;
tadqiqot ishida aholisining asosiy e’tiqodi zardushtiylik bo‘lib kelgan Xorazmga islom dinining kirib kelishi, zardushtiylik va islom tarafdorlari o‘rtasidagi ziddiyat, o‘sha davr jamiyatida islomning tarqalishi jarayoni, me’morchilik, adabiyot va ilm-fan sohalaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan xulosalardan Xalqaro “Oltin meros” jamoat fondi tomonidan nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash va targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi doirasida foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 5-sentyabridagi 01-35 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xalqaro jamoat fondi qoshidagi “Avesto” muzeyi Xorazmda islomdan oldingi va undan keyingi davrdagi madaniy jarayonlar tarixiga oid materiallar bilan boyishiga imkoniyat yaratildi.
o‘rta asrlarga oid “Mizdaxqon”, “Qalmiqqirilgan”, “Vayangon qal’a” kabi arxeologik yodgorliklar o‘rganilishi natijasida qo‘lga kiritilgan voha aholisining islom davridagi dafn inshootlari va marosimlari bo‘yicha ilmiy xulosalardan Xalqaro “Oltin meros” jamoat fondi tomonidan nomoddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash va targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi doirasida foydalanildi (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2024-yil 5-sentyabridagi 01-35 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar yoshlarda Xorazmning islom davriga oid dafn marosimlari haqidagi bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.