Muxamadieva Laziza Nizomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston ASSRda harbiy matbuot: shakllanishi, faoliyati, o‘ziga xos jihatlari (1918-1924 yy)” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1117.
Ilmiy rahbar: Nabiev Farxod Xamidovich tarix fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Saidov Ilxom Muxiddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanovar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1918-1924-yillarda Turkistonda harbiy-davriy nashrlarning shakllanishi, faoliyati va o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiston o‘lkasida harbiy nazoratni kuchaytirish maqsadida bolsheviklar hukumati harbiy matbuotni joriy etganligi, u orqali qizil armiyaga qarshi qurolli harakatga “salbiy” baho berganligi, mahalliy aholini esa yangi hukumatga xizmat etishga targ‘ib etganligi dalillangan;
harbiy davriy nashrlarda Turkiston o‘lkasi aholisi orasidan sovet idoralariga xizmat qiluvchi kishilarni tayyorlash, boshqaruv tizimini mustahkamlashda ulardan foydalanish, mahalliy aholi o‘rtasida bolsheviklar hukumatiga ishonchni oshirishga qaratilgan maqolalar berilganligi aniqlangan;
sovetlar tomonidan milliy manfaatlarni poymol qilgan holda metropoliya manfaatlarini ifodalagan bir qancha harbiy gazeta va jurnallar, “Krasnoarmees”, “Krasniy front”, “Gornist”, “Proletarskaya misl`”, “Nabat revolyusii”, “Kommunisticheskaya misl`”, “Voennaya misl`” kabi harbiy nashrlar (o‘ttizta gazeta va o‘nga yaqin jurnallar) faoliyat yuritganligi aniqlangan;
harbiy matbuotning 1918-1924-yillar keng faoliyat olib borgan davri bo‘lib, sovetlar harbiy nashrlar orqali qizil armiya saflarini kengaytirish uchun g‘oyaviy-mafkuraviy harakat qilganligi, natijada bu g‘oyalar mahalliy aholi manfaatlariga zid bo‘lganligi bois, ushbu yillardagi targ‘ibot Turkiston o‘lkasida bolsheviklar kutgan natijani bermaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Turkiston ASSRda harbiy matbuot: shakllanishi, faoliyati, o‘ziga xos jihatlari” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
Turkiston o‘lkasida harbiy nazoratni kuchaytirish maqsadida bolsheviklar hukumati harbiy matbuotni joriy etganligi, u orqali qizil armiyaga qarshi qurolli harakatga “salbiy” baho berganligi, mahalliy aholini esa yangi hukumatga xizmat etishga targ‘ib etganligi haqidagi ma’lumotlar Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi hujjatlar fondida saqlanayotgan Turkiston ASSRga oid hujjatlarida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 25-martda berilgan 04-05/1036-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy natijalar Turkiston ASSRning harbiy-siyosiy va ma’muriy-boshqaruv sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni ochib berishga xizmat qilgan;
sovetlar tomonidan milliy manfaatlarni poymol qilgan holda metropoliya manfaatlarini ifodalagan bir qancha harbiy gazeta va jurnallar, “Krasnoarmees”, “Krasniy front”, “Gornist”, “Proletarskaya misl`”, “Nabat revolyusii”, “Kommunisticheskaya misl`”, “Voennaya misl`” kabi harbiy nashrlar (o‘ttizta gazeta va o‘nga yaqin jurnallar) faoliyat yuritganligi hamda ushbu harbiy nashrlarda Turkiston o‘lkasi aholisi orasidan sovet idoralariga xizmat qiluvchi kishilarni tayyorlash, boshqaruv tizimini mustahkamlashda ulardan foydalanish, mahalliy aholi o‘rtasida bolsheviklar hukumatiga ishonchni oshirishga qaratilgan maqolalar berilganligi kabi masalalar arxiv hujjatlari va tarixiy manbalar asosida yoritib berilgan bo‘lib, (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2024-yil 5-iyunda berilgan 95-son ma’lumotnoma) tadqiqot natijalari Qurolli kuchlar davlat muzeyi ekspozisiyalarini qiziqarli ma’lumotlar, muhim tarixiy faktlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Turkistonda 1918-1924-yillar harbiy matbuotning keng faoliyat davri bo‘lganligi, sovetlar harbiy nashrlar orqali qizil armiya saflarini kengaytirish uchun g‘oyaviy-mafkuraviy harakat qilganligi, natijada bu g‘oyalar mahalliy aholi manfaatlariga zid bo‘lganligi bois, ushbu yillardagi targ‘ibot Turkiston o‘lkasida bolsheviklar kutgan natijani bermaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024-yil 12-fevralda berilgan 02-31-209 son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy xulosalari Turkiston o‘lkasi davriy nashrlar faoliyatidagi o‘zgarishlarni ochib berishga xizmat qilgan;
harbiy davriy nashrlarda Turkiston o‘lkasi aholisi orasidan sovet idoralariga xizmat qiluvchi kishilarni tayyorlash, boshqaruv tizimini mustahkamlashda ulardan foydalanish, mahalliy aholi o‘rtasida bolsheviklar hukumatiga ishonchni oshirishga qaratilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024-yil 12-fevralda berilgan 02-31-209 son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar jamoatchilikda sovet davri gazeta jurnallari va matbuotning holati haqidagi ma’lumotlarining boyishiga xizmat qilgan.