Matyakubova Shaxodat Xamidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: V-XI asrlarda Xorazm vohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar 2077.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Eshov Bahodir Juraevich, tarix fanlari doktori, professor; Turganov Baxit Kurbanbaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. V-XI asrlarda Xorazm vohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Afrig‘iylar sulolasi vakillari tamg‘alarining yuedji tangalaridagi tamg‘alar bilan o‘xshashligi asosida afrig‘iylar turkiy sulola vakillari bo‘lishi mumkin degan g‘oya dalillandi shuningdek Xorazm vohasidagi har bir shahar hokimi o‘zini “shoh” unvoni bilan ataganligi aniqlandi;
Ilk o‘rta asrlarda Eron sosoniylari tasiriga tushmasdan Xorazm o‘zining qadimiy urf odat va an’analarini saqlab qolganligi shuningdek bu davrda Xorazm davlatining Baqtriya, Sug‘d, sharqiy Evropa, Vizantiya, Xitoy bilan ham aloqalari mavjud bo‘lganligi dalillandi;
Xorazm davlati hududidan topilgan tangalar asosida hukmdorlarning ismlari va hukmronlik qilgan davrlari aniqlangan. Bu manbalar yozma manbalar bilan qiyosiy solishtirilib, tamg‘alardagi o‘zgarishlar asosida afrig‘iylarning 700 yil davomida hukmronlik qilgan davrida bir sulolaga mansub turli xil xonadon vakillari hokimiyatda bo‘lgan bo‘lishlari mumkinligi asoslandi;
Ma’mun II tomonidan 1004-yilda “Ma’mun akademiya” sining tashkil etilishi zaminida Xorazm vohasidagi ilm va fan taraqqiy eta boshlashi natijasida bu hududga boshqa davlatlardan ham ilm ahlining to‘planish jarayoni bevosita bog‘liqligi dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. V-XI asrlarda Xorazm vohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
Afrig‘iylar sulolasi vakillari tamg‘alarining yuedji tangalaridagi tamg‘alar bilan o‘xshashligi asosida afrig‘iylar turkiy sulola vakillari bo‘lishi mumkin degan g‘oya dalillandi shuningdek Xorazm vohasidagi har bir shahar hokimi o‘zini “shoh” unvoni bilan ataganligi bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 28-martdagi 10/693-son dalolatnomasi). Natijalar Tadqiqotda ilgari surilgan goyalardan Afrig‘iylar sulolasi vakillari tamg‘alarini boshqa hududlardan topilgan tamg‘alar bilan qiyosiy solishtirish va uning ildizini aniqlash imkonini bergan;
Ilk o‘rta asrlarda Eron sosoniylari tasiriga tushmasdan Xorazm o‘zining qadimiy urf odat va an’analarini saqlab qolganligi shuningdek bu davrda Xorazm davlatining Baqtriya, Sug‘d, sharqiy Evropa, Vizantiya, Xitoy bilan ham aloqalari mavjud bo‘lganligi dalillanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 28-martdagi 10/693-son dalolatnomasi).. Natijada, ular teletomoshabinlarning Xorazm vohasi V-XI asrlarga oid tarixiy ma’lumotlardan tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan;
Xorazm davlati hududidan topilgan tangalar asosida hukmdorlarning ismlari va hukmronlik qilgan davrlari aniqlangan. Bu manbalar yozma manbalar bilan qiyosiy solishtirilib, tamg‘alardagi o‘zgarishlar asosida afrig‘iylarning 700-yil davomida hukmronlik qilgan davrida bir sulolaga mansub turli xil xonadon vakillari hokimiyatda bo‘lgan bo‘lishlari mumkinligi asoslangan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” teleradiokanali DM tomonidan 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2025-yil 9-apreldagi 05-09-450-son ma’lumotnomasi). Natijalar loyiha doirasida tayyorlangan dastur, monografiya va elektron resurslarni mazmunan boyitish imkonini bergan;
Ma’mun II tomonidan 1004-yilda “Ma’mun akademiya” sining tashkil etilishi zaminida Xorazm vohasidagi ilm va fan taraqqiy eta boshlashi natijasida bu hududga boshqa davlatlardan ham ilm ahlining to‘planish jarayoni bevosita bog‘liqligi dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” teleradiokanali DM tomonidan 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining 2025-yil 9-apreldagi 05-09-450-son ma’lumotnomasi). Natijalar Tadqiqotda ilgari surilgan goyalardan Afrig‘iylar sulolasi vakillari tamg‘alarini boshqa hududlardan topilgan tamg‘alar bilan qiyosiy solishtirish va uning ildizini aniqlash imkonini bergan.