Jalolova Gulnoz Mannob-qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy O‘zbekiston badiiy filmlarida kinodekoratsiya san’atining rivojlanish muammolari” 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San169.
Ilmiy rahbar: Qodirova Dilafro‘z Muxsinovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020.San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Kuryazova Darmon, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Xaydarova Nigora, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri O‘zbekiston kino san'atida kinodekoratsiyaning rivojlanish bosqichlarini, badiiy filmlardagi kino obrazlar, muhit va makon tasviri badiiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek kinodekoratsiyaning yangi tamoyillari uchinchi renessans ta’sirida tarixiy reprezentatsiya obraz va makonlarni real ko‘rinishlarini tiklash bilan birgalikda kino ekranida tarixni ulug‘vor, ramziy va estetik boy vizual vositalar orqali ifodalaganiga ko‘ra madaniy-milliy g‘oyani etkazuvchi vosita sifatida talqin qilinishi dalillangan;
o‘zbek kino san’atining tadrijiy evolyusiyasida janrlarning o‘zaro sintezi va xilma-xilligi kuzatilib, bu kinorassomlar uchun har bir sahnani falsafiy-estetik ifoda shaklida qurish imkonini yaratdi va o‘zbek kinodekoratsiyasini estetik konseptualizm yo‘nalishlari shakllanib, tarixiy janrdagi filmlarda realistik, melodrama janrdagi filmlarda syurealistik va ekspressionistik, drama janridagi filmlarda minimalistik yo‘nalishlar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
so‘nggi yillarda kino rassomlarning digitalizatsiyadan foydalanishga o‘tishi, an’anaviy dekoratsiyalarni qurish va eskizlar yaratish ehtiyojini kamaytirganligi, filmning tasviriy echimida gibrid usullarning qo‘llashga turtki bo‘lgani, bu uslub orqali o‘zbek kino san’atida klassik “noir-neo-noir” uslubidagi ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan filmlar yaratilishiga ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
milliy badiiy filmlar tasviriy echimida rivojlanish jarayonida tarixiy, milliy-etnografik xususiyatlarga ega badiiy filmlar modifikatsiyasi (1991-2005yy.), xususiy kinostudiyalar va mualliflik filmlarining rivojlanishi, badiiy filmlar tasviriy echimida eksprimental, majoziy, badiiy, ifodaviy taviriy vositalarning shakllanishi (2005-2017), zamonaviy texnologiyalar ta’sirida yaratilgan kinodekoratsiyalarning digitalizatsiyalangan yangi formatlari (2017-2024) yuzaga kelgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zamonaviy O‘zbekiston badiiy filmlarida kinodekoratsiya san’atining rivojlanish muammolari” nomli tadqiqot doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek kino san’atining tadrijiy evolyusiyasida janrlarning o‘zaro sintezi va xilma-xilligi kuzatilib, bu kinorassomlar tomonidan yaratilgan tasviriy echimlarda: tarixiy janrdagi filmlarda realistik oqim, melodrama janrdagi filmlarda syurealistik va ekspressionistik oqim, drama janridagi filmlarda minimalistik oqim rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatganligiligi hamda so‘nggi yillarda kino rassomlarning digitalizatsiyadan foydalanishga o‘tishi, an’anaviy dekoratsiyalarni qurish va eskizlar yaratish ehtiyojini kamaytirganligi, filmning tasviriy echimida gibrid usullarning qo‘llashga turtki bo‘lgani, bu uslub orqali o‘zbek kino san’atida klassik “noir-neo-noir” uslubidagi ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan filmlar yaratilishiga ta’sir ko‘rsatganligi isbotlanganligi haqidagi ilmiy nazariy xulosalar K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2024-yilning 2-10-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kino rassomlarining o‘zbek badiiy filmlariga ishlagan eskiz, raskadrovka va kostyum eskizlaridan tashkil topgan ko‘rgazmada o‘zbek professional kinorassomlarining turli janrdagi filmlarga ishlagan sara eskizlari, raskadovkalari va kostyum eskizlaridan hamda “Chegarasiz hudud: Tasvirdan ekrangacha” nomli guruhli ko‘rgazmani tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2024-yil 20-dekabrdagi 03-09/158-1881-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalar “Chegarasiz Hudud: Tasvirdan Ekrangacha” ko‘rgazmasining badiiy ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qildi va keng ommaga ma’lum bo‘lmagan san’at asarlari bilan tomoshabin ma’naviy olamini va estetik didini o‘stirish imkonini bergan;
milliy badiiy filmlar tasviriy echimida rivojlanish jarayonida tarixiy, milliy-etnografik xususiyatlarga ega badiiy filmlar modifikatsiyasi davri(1991-2005yy.), xususiy kinostudiyalar va mualliflik filmlarining rivojlanishi, badiiy filmlar tasviriy echimida eksprimental, majoziy, badiiy, ifodaviy taviriy vositalarning shakllanishi davri (2005-2017), zamonaviy texnologiyalar ta’sirida yaratilgan kinodekoratsiyalarning digitalizatsiyalangan yangi formatlari davri (2017-2024) yuzaga kelgani aniqlanganligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Madaniyat va ma’rifat" telekanalida efirga uzatilgan "Kinotalqin" ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi davlat muassasi 2021-yil 15-dekabrdagi 01-02-227-son ma’lumotnomasi). Natijada keng auditoriyani o‘zbek kinodekoratsiyasi rivojlanishining uch asosiy davri va xususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalar bilan boxabar qilishga va o‘zbek kinodekoratsiyalariga oid tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
o‘zbek kinodekoratsiyaning yangi tamoyillari mazmunida: mustaqillikning ilk o‘n yilligida tarixiy madaniy me’rosni o‘rganish tamoyili; keyingi o‘n yillikda milliy o‘ziga xoslikning turli janrlar kesimida namoyon bo‘lishi va semantik tamoyil; so‘nggi o‘n yillikda uchinchi renessans ta’sirida tarixiy rekonstruksiya va reprezentatsiya tamoyili kinorassomlar ijodida takomillashgani dalillanganligi bo‘yicha olingan xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O‘zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan "Taqdimot" ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi davlat muassasining 2024-yil 18-dekabrdagi 02-28-1317-son ma’lumotnomasi). Natijada, "Imom al-Buxoriy", "Buyuk Amir Temur", "Islomxo‘ja", "Ihaq", "Elparvar", "Qo‘qon shamoli" kabi tarixiy filmlar kinodekoratsiya va tasviriy echimlari orqali O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi keng namoyish etilib, milliy g‘urur hamda o‘zlikni shakllantirish omili sifatida e’tirof etilganligiga oid ma’lumotlar bilan keng ommani xabardor qilish imkoniyatini bergan;