Xayitova Feruza Abdixalikovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida toponimlarning lingvokulturologik tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil.1669
Ilmiy rahbar: Ruzikulov Fazliddin Shukurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Raximov G‘anisher Xudoyqulovich filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi toponimlarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash hamda ularning struktur, semantik va etimologik xarakteristikalarini hisobga olgan holda ingliz va o‘zbek tillaridagi universal, differensial va milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek  tillari toponimlarining tasnifiy, funksional xususiyatlari chogʻishtirma kesimda ochib berilib, ularning struktur, semantik va etimologik jihatlariga ko‘ra lingvomadaniy farqlanishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi toponimlar shakllanishiga taʼsir ko‘rsatuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillar yoritilgan hamda toponimlar semantikasidagi diniy, mifologik, etnografik, aksiologik qiymatli kabi etnomadaniy axborotning milliy-madaniy fonda voqelanish imkoniyatlari asoslangan;
metaforik asosli toponimlarda somatizm, zoonim, fitonim komponenlar, shuningdek rang, shakl, xil-xususiyat anglatuvchi belgili ramzlarning ishtirokini komponent izohlash asosida har ikki til toponimlarida metaforik modellarning semantik-struktur xususiyatlari ochib berilgan;
toponimlarni madaniy ahamiyatli axborotni verballashtiruvchi, saqlovchi hamda ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlari vakillarining olamni idrok etish va talqin qilish xususiyatlarini aks ettiruvchi lingvomadaniy konstantalar sifatida ko‘rib chiqish o‘rinli ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek toponimlarining lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida olingan nazariy xulosalar va amaliy natijalar asosida:
Ingliz va o‘zbek  tillari toponimlarining tasnifiy, funksional xususiyatlari chogʻishtirma kesimda tekshirilib, ularning struktur, semantik va etimologik jihatlariga ko‘ra lingvomadaniy farqlanishi ko‘rsatib berilganligiga oid  xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli grant loyihasida qo‘llanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil, 18-apreldagi 04/1-982-son maʼlumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida aholining til xususiyatlarini, joy nomlarining etimologiyasi, lugʻaviy maʼnolari, fonetik va morfologik tarkibiy tuzilishlari, toponimlarning lingvistik tabiatiga xos lisoniy, onomastik-grammatik, onomastik-morfologik, onomastik-sintaktik xususiyatlaridan dasturning tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan. Natijada, loyiha doirasida o‘zbek va ingliz  tillardagi toponimlarning elektron platformadagi sifat va miqdor jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi toponimlar shakllanishiga taʼsir ko‘rsatuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillar yoritilgan hamda toponimlar semantikasidagi etnomadaniy (diniy, mifologik, etnografik, aksiologik qiymatli) axborotning milliy-madaniy fonda voqelanish imkoniyatlari asoslanganligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining taʼlimiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil, 24-apreldagi 04/1-1053-son maʼlumotnomasi). Natijada, toponimlarning shakllanishi va semantik xususiyatlarini aniqlashga doir umumiy lingvistik qarashlarning mukammallashuviga erishilgan;
toponimlarni madaniy ahamiyatli axborotni verballashtiruvchi, saqlovchi hamda ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatlari vakillarining olamni idrok etish va talqin qilish xususiyatlarini aks ettiruvchi lingvomadaniy konstantalar sifatida ko‘rib chiqish o‘rinli ekanligi dalillanganligiga doir nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil, 23-apreldagi 0231-534-son maʼlumotnomasi). Natijada, turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlash jarayonida toponimlarning lingvomadaniy xususiyatlarini yoritish kengaytirilib, ularning madaniy merosni uzatish va milliy tafakkurni aks ettirishdagi o‘rni boyitilgan;
metaforik asosli toponimlarda somatizm, zoonim, fitonim komponenlar, shuningdek rang, shakl, xil-xususiyat anglatuvchi belgili ramzlarning ishtirokini komponent tahlil qilish  asosida har ikki til toponimlarida metaforik modellarning semantik-struktur xususiyatlari yoritilganligida oid nazariy xulosalardan Evropa Ittifoqining “ERASMUS + dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil, 4-martdagi 492/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki tilga oid toponimlarning qiyosiy tahlili orqali har ikkala xalqning madaniy kodlari, tarixiy tajribasi va ijtimoiy ongida muhim o‘rin tutgan omillarni aniqlash imkoniyati takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish